Mamlakatimizda moliya institutlari tomonidan chiqarilgan
aksiyalar emissiya hajmi, mlrd soʻmda
Yuqoridagi rasmdan koʻrinib turibdiki, moliya institutlari ichida aynan
investitsiya fondlari ulushni nihoyatda past.
14.3. Pay fondlari faoliyat mexanizmi
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida ikki va undan ortiq
shaxslarning — investorlarning oʻzi ishonchli boshqaruvga bergan pul mablagʻlari
yigʻindisi
pay fondi
dir. Pay fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin:
0,00
2 000,00
4 000,00
6 000,00
8 000,00
10 000,00
12 000,00
Banklar
Birjalar
Investitsiya
fondlari
Lizing
kompaniyalari
Sug‘urta
kompaniyalari
11 704,63
64,76
2,32
140,24
130,08
178
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan
fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlgan pay
fondi;
- chiqarilgan investitsiya paylarini ishonchli boshqaruvchi tomonidan
fondning mablagʻlari hisobidan qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlmagan
pay fondi.
Pay fondining turi pay fondini ishonchli boshqarish shartnomasida
koʻrsatiladi.
Pay fondi yuridik shaxs boʻlmaydi.
Oʻz egalarining pay fondidagi ulushini tasdiqlovchi hujjatsiz qimmatli
qogʻoz investitsiya payidir. Investitsiya payiga boʻlgan huquqlar Qimmatli
qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan investitsiya paylari egasining depo
hisobvaragʻidan beriladigan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Pay fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror ishonchli boshqaruvchi
tomonidan qabul qilinadi. Investor ishonchli boshqaruvchi bilan tuziladigan,
investorlarning pul mablagʻlarini umumiy ulushli mulk huquqi asosida pay fondiga
birlashtirish nazarda tutiladigan shartnoma asosida pay fondiga pul mablagʻlarini
kiritadi. Ishonchli boshqaruvchi oʻzining alohida bank hisobvaragʻiga investorlar
pul mablagʻlarini kiritganidan keyin ikki ish kuni ichida ularga investitsiya
paylarini beradi. Investitsiya paylarini joylashtirish barcha investorlar uchun
yagona narx boʻyicha amalga oshiriladi.
Pay fondining pul mablagʻlari investitsiya deklaratsiyasiga binoan
investitsiya qilinadi.Pay fondini ishonchli boshqarish jarayonida olingan
daromadlar ishonchli boshqaruvchining alohida bank hisobvaragʻida jamlanadi.
Pay fondi u Pay fondlarining yagona reyestriga kiritilgan va tegishli axborot
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining
hamda Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining rasmiy veb-saytlarida eʼlon
qilingan paytdan eʼtiboran tashkil etilgan deb hisoblanadi. Pay fondlarining yagona
reyestrini yuritish qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli
davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Pay fondining hisobi pay fondi Pay fondlarining yagona reyestriga
kiritilganidan keyin investitsiya paylarini hisobga qoʻyish orqali Qimmatli
qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya paylari pay fondini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan
paytdan eʼtiboran bir hafta ichida hisobga qoʻyilishi kerak.
Investitsiya paylarini hisobga qoʻyish chogʻida investorlarga Qimmatli
qogʻozlar markaziy depozitariysida depo hisobvaraqlari ochiladi, bu
hisobvaraqlarda investorlarga tegishli investitsiya paylariga boʻlgan huquqlarning
hisobi yuritiladi.
Ishonchli boshqaruvchi pay fondi Qimmatli qogʻozlar markaziy
depozitariysida hisobga qoʻyilganidan keyin investorlarning pul mablagʻlarini
tasarruf etishga haqli. Pay fondining pul mablagʻlari ishonchli boshqaruvchining
rahbari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining vakolatli mansabdor
shaxsi tomonidan imzolanadigan toʻlov hujjati asosida sarflanadi.
179
Pul mablagʻlaridan hamda boshqa investitsiya aktivlaridan foydalanishning
maqsadi va yoʻnalishlari ishonchli boshqarish shartnomasi shartlariga, shu
jumladan investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq boʻlishi kerak.
Investitsiya aktivlari boʻyicha olingan daromadlar pay fondining investitsiya
paylari egalari oʻrtasida yilda bir marta taqsimlanadi yoxud investitsiya paylarining
barcha egalari roziligiga koʻra qayta investitsiya qilinadi. Pay fondining
investitsiya paylari egalariga daromadlarni toʻlash ishonchli boshqaruvchi
tomonidan amalga oshiriladi.
Ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay fondi nomidan va ushbu fond
mablagʻlari hisobidan tuziladigan shartnomalar Qimmatli qogʻozlar markaziy
depozitariysida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Pay fondining pul mablagʻlari:
- fond investitsiya aktivlarining 10 foizidan ortiq miqdorda bir emitentning
qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushlariga
investitsiya qilinishi;
- tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini
nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga
investitsiya qilinishi;
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan
qimmatli qogʻozlarga, shuningdek ularning ustav kapitalidagi ulushlarini olishga
investitsiya qilinishi;
- investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yoʻnalishlar boʻyicha
foydalanilishi;
- fond investitsiya aktivlari umumiy summasining 10 foizidan ortiq
miqdorda investitsiya qilinishi (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno)
mumkin emas.
Investitsiya payining muomalasi uning fond birjasidagi oldi-sotdisi va
investitsiya payining egasi almashishiga olib keladigan boshqa harakatlarni
bajarish orqali amalga oshiriladi.
Ishonchli boshqarish shartnomasida pay fondining investitsiya paylarini
ularning egasi talabiga koʻra, ayni bir ishonchli boshqaruvchining ishonchli
boshqaruvida boʻlgan boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirish
imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Bunda bir pay fondining investitsiya
paylarini boshqa pay fondining investitsiya paylariga almashtirish almashtirilishi
lozim
boʻlgan
investitsiya
paylarini
muomaladan
chiqarish
sanasi
almashtirilayotgan investitsiya paylarini berish sanasiga mos kelgan taqdirdagina
amalga oshirilishi mumkin.
Pay fondini tugatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
- barcha investitsiya paylarini muomaladan chiqarish uchun buyurtmalar
kelib tushganda;
- ishonchli boshqaruvchining litsenziyasi bekor qilinganda, agar uning pay
fondini ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlari
180
litsenziya bekor qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida boshqa ishonchli
boshqaruvchiga berilmagan boʻlsa;
- pay fondi hujjatlarida koʻrsatilgan pay fondini tashkil etish va uning
faoliyatini amalga oshirish maqsadiga erishilganda;
- investitsiya paylari egalarining pay fondini tugatish toʻgʻrisida bir ovozdan
qabul qilingan qarori mavjud boʻlganda.
Pay fondining investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchi tomonidan fond
birjasida (qimmatli qogʻozlar uchun) va kimoshdi savdosida realizatsiya qilinishi
lozim. Pay fondining investitsiya aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan
mablagʻlar pay fondining investitsiya paylari egalariga oʻzlariga tegishli boʻlgan
investitsiya paylari soniga mutanosib ravishda toʻlanishi kerak.
Pay fondi investitsiya paylari egalarining pay fondi negizida investitsiya
fondini taʼsis etish toʻgʻrisida bir ovozdan qabul qilingan qarori pay fondini
tugatish haqidagi qaror deb eʼtirof etiladi.
Pay fondi tugatilganda mazkur pay fondi ishonchli boshqaruvchisining
faoliyati auditorlik tashkiloti tomonidan majburiy auditdan oʻtkazilishi kerak.
Investitsiya payini muomaladan chiqarish pay fondi tugatilganda amalga
oshiriladi. Investitsiya payini muomaladan chiqarish quyidagilar orqali amalga
oshirilishi mumkin:
- investitsiya payining qiymatini ishonchli boshqaruvchi tomonidan pay
fondi mablagʻlari hisobidan pul mablagʻlari bilan toʻlash;
- investitsiya payini pay fondi negizida tuzilgan investitsiya fondining
aksiyalariga ayirboshlash.
Investitsiya va pay fondlari faoliyatini tartibga solish qimmatli qogʻozlar
bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan quyidagilar
orqali amalga oshiriladi:
- investitsiya va pay fondlarini ishonchli boshqarish tartibini, shu jumladan
ushbu fondlarning investitsiya aktivlari hisobini yuritish hamda ularning faoliyati
toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish tartibini belgilash;
- ishonchli boshqaruvchi mansabdor shaxslarining hamda affillangan
shaxslarining investitsiya va pay fondlari operatsiyalarida ishtirok etishini
cheklash;
- investitsiya deklaratsiyasining mazmuniga hamda investitsiya va pay
fondlarining boshqa hujjatlariga doir talablarni belgilash;
- investitsiya va pay fondlarining, ishonchli boshqaruvchilarning va
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining faoliyatini nazorat qilish.
Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma asosida ishonchli
boshqaruvchi nomidan va uning hisobidan faoliyat yurituvchi Qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysigina investitsiya paylarini berish, muomaladan chiqarish va
almashtirish boʻyicha agent boʻlishi mumkin. Qimmatli qogʻozlar markaziy
depozitariysining investitsiya paylarini berish, muomaladan chiqarish va
almashtirishga doir faoliyati tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish
boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
181
Investitsiya aktivlarining hisobini yuritish va ushbu aktivlar boʻyicha
hisobotlar tuzish
ishonchli boshqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiyalar pay fondining mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan taqdirda,
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrida va xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis
hujjatlarida ishonchli boshqaruvchi koʻrsatilib, u pay fondining ishonchli
boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritayotganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Investitsiya va pay fondlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oshkor etish
ishonchli boshqaruvchi tomonidan quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
-
axborotni
investitsiya
fondlarining,
pay
fondlari
ishonchli
boshqaruvchisining, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli
davlat organining, shuningdek fond birjasining rasmiy veb-saytlarida qonun
hujjatlariga muvofiq eʼlon qilish;
- axborotni belgilangan tartibda soʻrovga koʻra taqdim etish.
Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi
va fond birjasi yuqorida nazarda tutilgan axborotni oʻz rasmiy veb-saytlarida eʼlon
qilganlik uchun haq olishga haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |