Davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarining diskont stavkalari
6
Qimmatli qogʻozlar turlari
11.04.2018
holatiga
03.2018
holatiga
03.2017
holatiga
Bir yillik qimmatli qogʻozlar
boʻyicha
2.09
2.03
1.04
91
kunlik qimmatli qogʻozlar
boʻyicha
1.72
1.67
0.83
182
kunlik qimmatli boʻyicha
1.88
1.85
0.95
Qayta sotib olinuvchi shartnomalar (Repurchase agreements). Korxonalar
davlat qimmatli qogʻozlarini qayta sotib olish sharti bilan boshqa shaxsga sotishi
mumkin. Bunda qancha miqdorda va qachon qaytarib sotib olish oldindan kelishib
olinadi. Aksariyat qayta sotib olinuvchi shartnomalar 3 kundan 14 kungacha
boʻlgan muddatga ega boʻlsada ayrim hollarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha ham
boʻlishi mumkin.
Depozit sertifikatlari bank tomonidan emissiya qilinuvchi qimmatli qogʻoz
boʻlib, oʻzida muddatni hamda foiz stavkasini aks ettiradi. Ushbu turdagi qimmatli
qogʻoz oraliq instrument boʻlib, belgilangan muddat tugagandan soʻng ushbu
sertifikatni bankga taqdim etgan shaxs asosiy summani hamda foiz toʻlovini qoʻlga
kiritadi. AQSH misolida koʻradigan boʻlsak, depozit miqdori $100 000 dan $10
milliongacha boʻladi.
Real sektor korxonalari tomonidan emissiya qilinadigan pul bozori
instrumenti bu tijorat qogʻozi (Sommercial paper) hisoblanadi. Tijorat qogʻozi
taʼminlanmagan qarz majburiyatini ifodalovchi, korxonalari tomonidan emissiya
qilingan qimmatli qogʻoz boʻlib, odatda muddati 270 kungacha boʻladi. Sababi
ushbu qimmatli qogʻoz taʼminlanmagan boʻlib, buning muddatini uzaytirish
bankrotlik riskini oshirib yuboradi. Faqatgina kreditga layoqatli korxonalar ushbu
turdagi qimmatli qogʻozni emissiya qilish imkoniga ega. Ularni emissiya qilish
talablari mavjud boʻlib, unga koʻra ularning muddati AQSH amaliyotida 270
kundan oshmasligi lozim. Bundan koʻzlangan maqsad ushbu qimmatli qogʻozni
registratsiyadan oʻtkazishdan qochish, yaʼni qonunchilikda 270 kundan ortiq
muddatga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar Qimmatli qogʻozlar va ularni
ayriboshlash komissiyasidan roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Asosiy qimmatli
qogʻozlar asosan 20 kundan 45 kungacha boʻlgan muddatga ega boʻlib, asosan
diskontlash asosida emissiya qilinadi. Taxminan 60% tijorat qogʻozlari bevosita
emitentdan investorga sotiladi. Bu turdagi qimmatli qogʻozlar uchun ikkilamchi
bozor mavjud emas.
Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy. Pul bozori instrumentlarining
daromadlilik darajasi qanday aniqlanadi? Ular emissiya qilingandan soʻng oʻzining
nominal bahosidan past narxda sotiladi va muddati kelganda esa uni sotib olgan
investor qimmatli qogʻozni emitentga taqdim etib, qimmatli qogʻozning
6
https://www.bankrate.com/rates/interest-rates/treasury.aspx
19
nominaliga teng boʻlgan summani qaytarib oladi. Shundan kelib chiqib, ularning
daromadlilik darajasi quyidagicha aniqlanadi.
7
𝑖
discount
=
F−P
F
х
360
n
(1)
Bunda:
𝑖
discount
– yillik diskont stavka;
𝐹
–
qimmatli qogʻozning nominal bahosi;
𝑃
–
sotish bahosi;
n–
muddati (kunda);
Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) XII asrdan boshlab qoʻllanila
boshlagan. Aniqrogʻi shu turdagi operatsiyalar amalga oshirilishining ilk
bosqichlari oʻsha davrga toʻgʻri keladi. Ushbu qimmatli qogʻoz sotuvchidan
xaridorga hali yetkazilmagan mahsulotni moliyalashtirish uchun ishlatiladi.
Tasavvur qilamiz, ABC kompaniyasi Yaponiyaning XYZ kompaniyasidan
buldozer sotib olmoqchi, ammo XYZ kompaniyasi pulni qoʻlga kiritishdan oldin
buldozerni yuborish niyatida emas, sababi u kompaniya haqida unda yetarli
maʼlumot yoʻq. Oʻz navbatida ABC kompaniyasi ham buldozerni qabul qilishdan
avval pulni oʻtkazib berish niyatida emas. Ushbu vaziyatda bank Bankerʻs
acceptanceni emissiya qilish orqali eksport qiluvchi tomon nomidan import
qiluvchi tomonga kafolat beradi. Ushbu qimmatli qogʻoz qisqa muddatli yaʼni 30
kundan 180 kungacha boʻlib, ikkilamchi bozorda ushbu muddat tugaguniga qadar
sotilishi ham mumkin. Bank bu vaziyatda oʻz xizmati uchun 2-3% atrofida haq
oladi.
Yevrodollar (Eurodollars). Dollarning barqaror valyuta ekanligini inobatga
olgan holda aksariyat shartnomalar dunyo boʻyicha AQSH dollarida amalga
oshiriladi. Shu sababdan koʻplab kompaniyalar va davlatlar dollarda zaxira
saqlashni afzal koʻradi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Yevrodollar nima? Yevrodollar
xorijiy banklar yoki Amerika banklarining xorijiy filiallarida dollarda
shakllantirilgan depozitlar hisoblanadi.
Pul bozori instrumentlarini taqqoslaydigan boʻlsak, ularning foiz stavkalari
orasida deyarli tavofut yoʻq. Ularning barchasi diskontlash amaliyotini qoʻllash
orqali soʻndirilishini inobatga oladigan boʻlsak, diskont stavkalarining yuqori yoki
past boʻlishi faqatgina ushbu qimmatli qogʻozlarning muddatiga bogʻliq
hisoblanadi.
Ularning likvidlilik darajasini taqqoslaydigan boʻlsak, davlat qisqa muddatli
qimmatli qogʻozlarining likvidlilik darajasi tijorat qogʻozlarinikiga nisbatan
yuqoriroq hisoblanadi, sababi, tijorat qogʻozlarini sotishning aksariyat hollarda
imkoni yoʻq, shu sababli investorlar ushbu qimmatli qogʻozni soʻndirilish
muddatini kutadi.
Tijorat banklari tomonidan taqdim etiladigan overdraft, overnayt kreditlari
ham
pul bozorida keng qoʻllaniladigan amaliyotlardan
hisoblanadi.
7
Frederic S. Mishkin, Stanley G. Eakins, Financial Markets and Institutions, US Prentice Hall 2013, P. 261
20
Mamlakatimizdagi tijorat banklari tomonidan overdraft kreditlari keng doirada
qoʻllanila boshlanganligini ham shu oʻrinda qayd etib oʻtish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |