LABORATORIYA ISHI №12
ELEKTROLIZ JARAYONI
Asbob va reaktivlar:
Elektrolizyor, o’zgarmas tok manbai, fenolftalein,
lakmus,
kaliy yodid, natriy sulfat, qalay (II) xlorid,
mis sulfat eritmalari.
Ishning maqsadi:
Elektroliz jarayoni va akkumulyatorda ishlatiladigan
elektrolitni xossalarini aniqlash.
Kaliy yodid eritmasining elektrolizi
Elektrolizyor hajmining ¾ qismiga
kaliy yodid eritmasidan solib,
eritmaning ichiga grafit elektrodlarini tushuring va ularni o‘zgarmas tok
manbai bilan ulang. Katodda vodorod pufakchalarini, anodda yod ajralib
chiqishini kuzating. So‘ngra tok berishni to‘xtatib, katodga, ya’ni
vodorod
ajralib chiqayotgan tomonga 1-2 tomchi fenolftalein, anodga, ya’ni yod
ajralib chiqayotgan tomonga tayyorlangan kraxmal eritmasidan 2-3 tomchi
tomizing. Nima kuzatiladi? Katod va anod
atrofida eritmaning rangini
o‘zgarish sababini tushuntiring. Reaksiya tenglamasini yozing. Katod va
anodda qanday jarayon borishini tushuntiring.
Natriy sulfat eritmasining elektrolizi
Bitta kichik 50 ml li stakanda natriy sulfat eritmasi bilan neytral lakmus
eritmasini
aralashtirib, elektrolizyorga soling. Eritmaga elektrodlarni
tushurib, o‘zgarmas tok manbaini ulang. Katod va anotda ajralib chiqayotgan
moddalarni kuzating. Eritma rangini o‘zgarish sababini tushuntiring.
Reaksiya tenglamasini yozing.
Qalay (II) – xlorid eritmasining elektrolizi
Elektrolizyorning ¾ qismiga qalay (II) – xlorid eritmasidan soling.
Eritmaga grafit elektrodlarni tushurib o‘zgarmas tok manbaini ulang.
Katodda yaltiroq qalay metalini yig‘ilishini kuzating. Katodda qalay
oksidlanadimi yoki qaytariladimi? Anodda qanday jarayon boradi? Reaksiya
tenglamasini yozing.
Mis sulfat tuzining eritmasini grafit va mis elektrodi bilan elektrolizi
Elektrolizyorga mis sulfat tuzining eritmasidan soling. Eritmaga grafit
elektrodlarini tushurib, o‘zgarmas tok manbaini ulang.
Bir necha daqiqadan
so‘ng katodda yupqa mis qavati hosil bo‘lishini kuzating.
Elektrodlarni o‘rnini almashtirib, yana eritmaga tushuring va eritmadan
tok o‘tkazing. Mis bilan qoplangan anodda qanday jarayon boradi? Katodda
qanday modda ajraladi?
Elektrodlarda boradigan oksidlanish – qaytarilish jarayonlarining reaksiya
tenglamasini yozing.
SAVOL VA MASALALAR
1.
Elektroliz deb nimaga aytiladi?
2.
Katod va anodda boradigan jarayonlarni tushuntiring?
3.
Elektroliz qonuni qanday ta’riflanadi?
4.
Tok kuchi 2,5 amper bo‘lganda SnCl
2
eritmasidan 30
daqiqa davomida
2,77 g qalay ajralib chiqadi. Qalayning ekvivalentini aniqlang.
5.
NiS, NaCl va Al
2
(SO
4
)
3
elektrolit eritmalardan tok o‘tkazilganda katod va
anodlarda qanday moddalar hosil bo‘ladi?