16.1-rasm. Neft mahsulotlari chaqnash haroratini aniqlash asbobi.
1-qizdiruvchi qism, 2-elektr yordamida qizdirish vannasi, 3- yondiruvchi pilik, 4-termometr, 5- suyuqlik joylashtirilgan tigelning qopqog‘i. 6-latundan yasalgan tigel, 7-aralashtiruvchi, 8-issiqlikni ixotalovchi material tо‘ldirilgan qobiq.
5. Chaqnash harorati qiymati taxminan 10oC qolganda pilikni yoqib sinab kо‘rishni boshlash kerak. Chaqnash harorati 50oC gacha bо‘lgan suyuqliklar sinalayotganda pilik har 1oC da va chaqnash harorati 50oC dan yuqori bо‘lganda yesa har 2oC da yoqib sinab kо‘riladi. Cinov paytida suyuqlikni aralashtirish tо‘xtatilib, asbobning maxsus dastasi bilan tigelning qopqog‘i ochiladi va yonib turgan pilik havo bilan qizdirilayotgan suyuqlik bug‘i aralashmasiga yaqinlashtiriladi. Bu operatsiya juda tez bajarilishi /taxminan 1 sekund/ kerak, aks holda tigelning yuqori qismida tо‘plangan suyuqlik bug‘lari chiqib ketishi va tajriba aniq natija bermasligi mumkin. Agar chaqnash yuz bermasa tigelniig qopqog‘ini yopib, aralashtirishni davom ettiring va har 1 yoki 2oC da qaytaring.
Chaqnash harorati deb sinalayotgan suyuqlik yuzasida dastlabki kо‘k alanga paydo bо‘lgandagi harorat olinadi. Bunda haqiqiy chaqnashni, asbobning yondiruvchi moslamasining chaqnashi bilan aralashtirib yubormaslik hamda noaniq chaqnash bо‘lganda tajriba davom ettirilishi va keyingi 1 yoki 2 oC da yoqilganda tasdiqlanishi kerak.
6. Chaqnash harorati 50oC dan past bо‘lgan suyuqliklarni xona sharoitida kо‘rilayotgan haroratdan kamida 26oC gacha pastga tushirish kerak. Laboratoriya sharoitida bu tigelni shamollatish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun asbob ichidan tigelni oling va uni ochiq deraza tokchasiga metall taglik ustiga qо‘yib, xona ventilyatorini yо‘naltiring. Bu tadbir tigelning tez sovishiga va xonadan ifloslangan havoning tashqariga chiqarib yuborilishiga olib keladi. Cinalayotgan suyuqlikning chaqnash haroratini aniqlash maqsadida tajriba uch marta takrorlanadi. Bunda har gal tigeldagi suyuqlik yangilanib turiladi.
7. Suyuqliklarning chaqnash harorati uchta sinov natijalarining о‘rta arifmetik qiymati orqali topiladi.
Atmosfera bosimi 760 mm.sim.ust. qiymatidan 10 mm.sim.ust. dan ortiq farq qiluvchi yerlarda aniqlangan chaqnash harorati qiymatiga tuzatish kiritiladi va quyidagi formula orqali hisoblanadi.
Dt= 0,00012(760- Ra)(273+tchaq) (16.1)
bu yerda Ra-suyuqlik sinalayotgan yerdagi atmosfera bosimi, mm.sim.ust.
tchaq- sinalayotgan suyuqlikning aniqlangan chaqnash harorati °C.
Tuzatish /Dt / bosim 760 mm.sim.ust. dan kichik bо‘lganda qо‘shiladi, katta bо‘lganda yesa ayriiladi.
Sinov natijalari quyidagi aniqlik darajasida qayd qilib boriladi. - harorat 1oC
- atmosfera bosimi - 2 mm.sim.ust.
8. Ish natijalari asosida jadvalni tо‘ldiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |