O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 5,02 Mb.
bet222/246
Sana11.01.2022
Hajmi5,02 Mb.
#339117
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   246
Bog'liq
2 5339034254649070535

III. Ishni bajarish tartibi.

  1. «Tayyor» tugmasini bosish trenajerning boshlang‘ich holatini bildirib, odamning klinik о‘lim holatiga mos keladi (ya’ni anatomik tirilish alomatlari, nafas olish, tomir urish sezilmaydi. Kо‘z qorachiqlari kengaygan holatda bо‘ladi).

  2. Yuragi kichrayib borayotgan, lekin nafas olishi tо‘xtagan odamning holatini imitatsiya qilish uchun «Puls» tugmasini bosing. Bunda uyqu arteriyasida chastotasi 1 Gs (minituga 60 marta) qon tomiri urayotganini, kо‘z qorachig‘i kichrayib borayotganini va nafas olish (kо‘krak qafasini kо‘tarilishi) yо‘qligini kо‘ramiz. Tabloda kichrayayotgan yurak va siqilgan о‘pka kо‘riladi.

  3. «Tirik odam» holatini imitatsiya qilish uchun «puls» va «nafas» tugmalarini bosing. Bunda uyqu arteriyasida qon tomiri urishi va kо‘z qorachig‘ining kichrayishi seziladi. Nafas olish paydo bо‘ladi (ya’ni, kо‘krak qafasining minutiga 12-20 marta harakati seziladi). Tabloda siqilayotgan yurak va kengayayotgan о‘pka kо‘rinadi.

  4. Reanimatsiya amallarini trenajerda «klinik о‘lim» holatidan boshlab bajariladi. Buning uchun bir marta о‘pkaga puflanadi, bundan sо‘ng reanimatsiyaning nazorat vaqtini hisoblash boshlanadi. Bunda, tabloda yurakning bо‘shashgan va о‘pkaning siqilgan holatlari kо‘rinadi. Reanimatsiyani bajarish jarayonida tabloda uning asosiy kо‘rsatkichlar beligilanib turadi. Masalan:

a) berilgan havo hajmi yetarli bо‘lmasa (1000 ml dan kam bо‘lsa) ekranda siqilgan о‘pka kо‘rinadi.

b) berilgan havo hajmi yetarli bо‘lsa, (1000-1300 ml dan kо‘p) ekranda normal о‘pka kо‘rinadi.

v) berilgan havo hajmi kо‘p bо‘lsa (1500 ml dan kо‘p) ekranda meyoridan ortiq shishgan о‘pka kо‘rinadi.

g) yurakni massaj qilishda yetarli kuch bilan bosilmasa ekranda yurakning bо‘shashgan holati (diastola) kо‘rinadi.

d) yurakni massaj qilishda meyoridagi kuch bilan (130-340 N kuch bilan, о‘rtacha qiymai 230 N) bosilsa ekranda yurakning siqilib borayotgan holati (sistola) kо‘rinadi.

ye) yurakni massaj qilishda haddan ortiq (meyoridan 1,5-2 marta) kuch bilan bosilsa tabloda yonib-о‘chib turuvchi nuqtalar paydo bо‘ladi.

5. «Tayyor» tugmasini bosib, og‘izdan puflang, bunda tabloda avtomatik ravishda reanimatsiya nazorat vaqti hisoblana boshlaydi.

Shu ondan boshlab «tibbiy yо‘riqnomaga» asosan «1:5» yoki «2:15» tartibida suniy nafas beri shva yurakni massaj qilishni boshlang. Tartibni tumbler orqali о‘rnating.

6. Reanimatsiyaning nazorat vaqti (60 sek) tugagach yorug‘lik tablosining yuqori chap burchagidagi nuqta о‘lchadi. Agar reanimatsiyaning amallarini tо‘g‘ri bajargan bо‘lsangiz tablo ekranida qisqarib borayotgan yurak va kattalashayotgan о‘pka kо‘rinadi. Trenajerning о‘zida esa «anatomik tirilish» alomatlari seziladi.

7. Yurakni yetarli kuch bilan bosilmasa yoki о‘pkaga yetarli havo berilmasa, reanimatsiyaning nazorat vaqti tugagandan keyin ham tabloda bо‘shashgan yurak va siqilgan о‘pka tasviri qolaveradi.

8. Yurakni massaj qilishda qо‘lni kо‘krakka notо‘g‘ri qо‘yish yoki og‘izga puflashda trenajer boshini notо‘g‘ri о‘rnatilsa tabloda «kattalashgan oshqozon» tasviri kо‘rinadi. Bu, oshqozonga havo kirib qolganligini bildiradi. Uni oshqozondan chiqarib tashlash uchun trenajerni yon tomonga burish kerak bо‘ladi.

9. Trenajerni ishning yangi sikliga tayyorlash uchun «tayyor» tugmaini bosing. Ishni bajarish davomida har bir talaba quyidagi mashqlarni bajarishi kerak:

1-mashq. Avval о‘zining, dо‘stining va sо‘ngra trenajerning uyqu arteriyasini topish.

2-mashq. Trenajerda «og‘izdan-og‘izga» usulida sun’iy nafas berish.

3-mashq. Trenajerda yopiq massaj qilish.


Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish