Shaxsiy himoya vositalari.
Аvariya oqibatlarini yo’qotishda, tsexlarda ko’plab chang va gazlar ajralib chiqayotganda, kislota va ishqorlar ta`siridan organizmni himoya qilishda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish muhim rol o’ynaydi.
Kishining badani maxsus korjoma, oyoqlari maxsus poyafzal, boshlari maxsus bosh kiyimlari, qo’llarga esa himoya qo’lqoplari bilan himoyalanadi. Erigan va cho’g’ holatdagi metal zarrachalaridan badanni saqlash uchun kanop, brezent va jun matolardan tikilgan korjoma kiyiladi. Kislota va ishqorlar ta`siridan saqlanish uchun esa rezina yoki perxlorvinil matolar ishlatiladi.
Ko’zni himoya qilish uchun, mexanik ta`sirdan, issiqlik nurlanishidan kislota va ishqorlar ta`siridan va har xil changlardan saqlaydigan turli xildagi ko’zoynaklar ishlatiladi.
Nafas a`zolarining chang va gazlardan saqlash maqsadida respiratorlar va gazniqoblar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |