17.2.Laboratoriya ishini bajarish tartibi
PVNE - elektr qizdirgichli qurilma asbob tuzilishini o'rganib
chiqish va uning tasvirini chizish.
Tekshirilayotgan suyuqlikmng o't olish haroratini aniqlash.
Yonuvchi suyuqlikmng o't olish haroratini PVNE asbobi bilan aniqlash
uchun ish oldidan tigelni benzin yoki efir bilan yuvib, yaxshilab quritiladi.
Tigelning ichidagi chiziqqa qadar uning ichiga tekshirilayotgan yonuvchi
suyuqlik quyiladi. Tigel havo vannasining ichiga o'rnatib, qopqoq bilan
berkitiladi. Havo vannasining og'ma trubkasiga termometr o'rnatiladi.
LATR orqali elektr toki tarmog'iga PVNE ning elektr qizdirgichi ulanadi.
PVNE ning kuchlanishini 150V dan oshirish man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |