16.2.Kerakli asbob va uskunalar
Suyuqliklarning chaqnash haroratini aniqlash uchun quyidagilar ishlatiladi:
chaqnash haroratini aniqlovchi asbob /PVNE/.
barometr;
sekundomer;
kuchlanishni tartibga solib turuvchi /LATR tipidagi/ asbob /regulyator/;
havosi sо‘rib turiladigan shkaf.
16.3.Ishni bajarish tartibi
1.Sinalayotgan suyuqlikni PVNE asbobining toza va quruq tigelining
belgisigacha tо‘ldirib quying (16.1-rasm).
2.Asbobning oldindan moylab qо‘yilgan /mashina moyi, transformator
moyi va h.k./ piligini yoqing.
Shu paytdagi atmosfera bosimini barometrdan yozib oling.
Tigel ichidagi sinalayotgan suyuqlikni qizdirish maqsadida, asbobning
qizdirish vannasini elektr tokiga ulang, sinalayotgan suyuqlikning chaqnash harorati 50 oC gacha bо‘lsa, qizdirish tezligi minutiga 1-1,5 oC bо‘lishi 50o dan
150 oC gacha bо‘lganda 5-8 oC bо‘lishi va tegishlicha 150 oC dan yuqori bо‘lganda
qizdirish tezligi minutiga 10-12 °C bо‘lishi kerak. Bunda suyuqlik vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi. Cuyuqlikning harorati kutilayotganiga taxminan 30oC qolganda qizdirish tezligi minutiga 1,5-2 °C rejimiga tushirilib,uzluksiz aralashtirib turiladi.
Qizdirish tezligi berilayotgan kuchlanish orqali boshqarib turiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |