O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent temir yo'l muhandislari instituti



Download 5,02 Mb.
bet196/246
Sana11.01.2022
Hajmi5,02 Mb.
#339117
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   246
Bog'liq
2 5339034254649070535

Nazorat savollari

1.Havo quvurlarida harakatlanayotgan havoning hajmi qaysi kattaliklardaо‘lchanadi?

2.Havo quvurlarining diametri о‘zgarmaganda, ventilyatorning aylanish
tezligi havoning hajmi va tezligiga ta’sir qiladimi?

3.Havoning hajmi va tezligini aniqlashda qaysi asbobdan


foydalanamiz?

4. Ventilyatorning aylanish tezligi о‘zgarmaganda havo quvuri


diametrining kichrayishi havoning hajmiga qanday ta’sir qiladi?
7-LABORATORIYA ISHI

TABIIY YORITILGANLIKNI TADQIQ QILISH
Ishning maqsadi:Ish joylarida tabiiy yoritilganlikni aniqlash, hisoblash va meyorlashtirish tartibi bilan tanishish.

7.1.Umumiy ma’lumotlar:

Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini ratsional yoritish mehnat muhofazasining asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. Tо‘g‘ri loyihalangan va amalga oshirilgan ishlab chiqarish sexlaridagi yorug‘lik quyidagilarga xizmat qiladi:

  • kо‘zni kam toliqtirish, kо‘rish ishlari sharoitini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash;

  • ishlab chiqarish muhitiga va ishchilarning psixologiyasiga ijobiy ta’sir kо‘rsatish;

- ishning xavfsizligini oshirish va ishlab chiqarishda jarohatlarni kamaytirish.

Hamma ishlab chiqarish xonalarida kunduzi ishlash uchun, meditsina-sanitariya talablari nuqtai nazaridan, mukammal va iqtisodiy jihatdan arzon bо‘lgan tabiiy yorug‘likni qо‘llash maqsadga muvofiqdir.

Tabiiy yorug‘lik tuzilishi bо‘yicha uch turli bо‘lib, binoning yon tomonidan, yuqorisidan va ikkovining birgalikda qо‘llanishi holatida amalga oshiriladi.

Yon tomondan beriladigan yorug‘likka, binoning tashqi devorlaridagi oyna derazalari orqali quyosh nurlari kirib sexni yoritadi. Yuqoridan beriladigan tabiiy yorug‘lik bilan esa, binoning tomidagi fonar, shed va zenit gumbazlari orqali yoritiladi.

Kombinatsiyalangan yoki qurama yorug‘lik sexni ham yon tomonidan, ham yuqoridan birgalikda yoritishdir. Sexlarni tabiiy yorug‘lik bilan yoritishning bu turi ancha ratsional bо‘lib, sex bо‘yicha bir tekis yoritilganlik hosil qiladi.

Ishlab chiqarish xonalarining yoritilishi bо‘yicha ish yuzlarining lyukslarda belgilangan yoritilganlik yorug‘lik texnikasining muhim xususiyatlaridan biridir.

Tabiiy yorug‘likda, sexlardagi yoritilganlik juda keng chegaralarda о‘zgaradi. Bu о‘zgarishlar kunning vaqti, yilning fasli, joyning geografik kengligi, meteorologik omillari, yer yuzasining nur qaytarish xususiyati va boshqalar bilan belgilanadi. Shuning uchun, tabiiy yorug‘likni ish joylarida yoritilganlikning absolyut kattaligi sifatida ifodalash mumkin. Tabiiy yoritilganlikni meyorlovchi kattalik sifatida, nisbiy kattalik bо‘lmish tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti qabul qilingan. Bu ishlab chiqarish xonasi ichidagi yoritilganlikni /Yei/, shu vaqtning о‘zida tashqarida gorizontal yuzada ulangan yoritilganlikka Yet/ nisbati bilan foizlarda о‘lchanadigan kattalikdir.

(7.1)

Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyentining ishlab
chiqarish xonalari uchun qiymati

7.1-jadval


Kо‘zda bajariladigan ishlarning ta’rifi

Obyektni ilg‘ab olish mumkin bо‘lgan eng kichik о‘lchami

Kо‘zda bajariladigan ishning razryadi

Tabiiy yorug‘likdagi ye ning qiymati, %

Yuqori va kombinatsiya

Yon tomondan yoritilganda

Bajariladigan ishlar:













-eng yuqori aniqlikdagi

0,15

I

10,0

3,5

-juda yuqori aniqlikdagi

0,15-0,3

II

7,0

2,5

-yuqori aniqlikdagi

0,3-0,5

III

5,0

2,0

-о‘rta aniqlikdagi

0,5-1,0

IV

4,0

1,5

-past aniqlikdagi

1,0-5,0

V

3,0

1,0

-dag‘al

5,0 dan katta

VI

2,0

0,5

-issiq sexlarda о‘z-о‘zidan nurlanuvchi materiallar bilan ishlash

-

VII

3,0

1,0

-texnologik jarayonni umumiy nazorat qilib turish

-

VIII

1,0

0,3

-vaqti-vaqti bilan uskunalar holatini nazorat qilish

-




0,7

0,2

-mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalash-magan omborlarda ishlash

-

IX

0,5

0,1


Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti /t.yo.k/ 7.1-jadvaldan quyidagi omillar asosida aniqlanadi:

- kо‘zda bajariladigan ishning tabiati /kо‘rilayotgan predmetning kо‘zilg‘ay olish kattaligi, masalan yigiruvchi va tо‘quvchilari shida ipning yо‘g‘onligi, soatsozda soatning mayda qismlari, о‘quvchida sarf о‘lchamlari va boshqalar/.

- yorug‘lik sistemasi;


  • yorug‘likiqlimi koeffitsiyenti /bu kattalik binoning joylashganmintaqasiga bog‘liq/.

  • kungaylik koeffitsiyenti /bu kattalik binoning qaysi tomonga qarab tushganligiga bog‘liq. Bino sharq, tomonga qarab tushgan bо‘lsa - kungay tomon deyiladi.

Tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti eksperimental о‘lchovlar asosida hisoblanadi. Buning uchun lyuksmetr asbobi yordamida xonaning ichki /YEI/ va tashqi /YET/ yoritilganligi gorizontal tekislikda о‘lchanadi. Tashqaridagi yoritilganlik о‘lchanganda lyuksmetr fotoelementiga atrofdagi bino va inshootlarning soyasi tushmasligiga ahamiyat berish kerak.


Download 5,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish