Nazorat savollar:
1. Tahlilni amalga oshirishda indikator trubkasi va filtrli patron qo’llaniladi, ularning funktsiyasini tshuntirib bering
2. Zararli gazning mikdorining ulchov birligi
3. Qaysi hujjatlarda ishlab chiqarishdagi zararli gaz va bug’larni YKBKsi me`yorlashtiriladi?
4. Gazlanganlikni aniqlovchi ushbu uslubning kamchiliklari va zamonaviy darajadagi gazoanalizatorni qanday ko’rishni hoxlar edingiz.
5-LABORATORIYA ISHI
QUVURLARDA HARAKATLANAYOTGAN HAVO MIQDORINI О‘LCHASH
Ishning maqsadi: Quvuridagi harakatlanayotgan havoning miqdorini aniqlashni о‘rganish.
5.1.Umumiy ma’lumotlar
Agar kо‘ndalang kesim yuzasi doira shaklida bо‘lgan havo о‘tkazgichda, havo v m/s tezlik bilan harakatlansa, uning о‘tish miqdorini quyidagi formula orqali topish mumkin.
Q=F•V, m3/s ( 5.1)
Agar havo quvurini kо‘ndalang kesim yuzasi - tо‘g‘ri tо‘rtburchak bо‘lsa, unda uning yuzasi ikki qо‘shni tomonlarining kо‘paytmasiga teng. agarda havo quvurining kо‘ndalang kesimi doira bо‘lsa quyidagi formuladan topiladi:
(5.2)
bunda: d - havo quvurining diametri.
Shunday qilib, kо‘ndalang kesim yuzasi doira shakliga ega bо‘lgan havo quvurlaridan о‘tayotgan havoning miqdori quyidagi formuladan aniqlanadi:
Q=0,785d2V, m3/s (5.3)
Bu yerda havoning tezligi V ni о‘lchash usuli bilan aniqlaymiz. Bu usulning qiyinchiligi shundaki havo quvurida havoning tezligini bevosita asbob yordamida о‘lchab bо‘lmasligini hisobga olib, uni havoning dinamik bosimi Rdin orqali topiladi. Ma’lumki, Bernulli qonuniga asosan havo quvuridagi harakatlanayotgan gazning tо‘liq bosimi, statik bosim bilan dinamik bosimning yig‘indisiga teng.
Rt=Rst+Rdin (5.4)
ya’nibundan Rdin= Rt- Rst
Quvur ichida harakatlanayotgan havoning tezligi dinamik bosimga bog‘langandir.
(5.5 )
bunda; g - erkin tushish tezlanishi, g=9,81 m/sek2
ρ - harakatlanayotgan havoning zichligi. Injenerlik hisoblarda havoning zichligi ρ=1,23 kg/m3 qabul qilish mumkin, bunlay holla /18/ formulani quyidagicha yozish mumkin:
(5.6)
Bu formula havo quvurida harakatlanayotgan havoning harorati 15 dan 25oC gacha bо‘lganda aniq natija beradi. Endi dinamik bosimni о‘lchashni kо‘rib chiqamiz. Buning uchun har xil tuzilishga ega bо‘lgan pnevmometrik naychalar ishlatiladi. 5.1-rasmda Prandtlya (a) va LIOT (b) tuzilishdagi naychalar kо‘rsatilgan. Pnevmometrik naychalar ikki kanaldan iborat. Ulardan "T" harfi bilan belgilangani havo oqimiga qarshi ochiq va tо‘liq bosimni о‘lchaydi. Naycha oxirida rezinkali ichak kiygiziladigan qismiga "+" belgisi qо‘yilgan. Boshqa "C" harfli kanal havo oqimiga perpendikulyar yо‘nalishda ochiq Prantlya naychasida bu halqani teshik «K» xarfi bilan belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |