Navbatdan tashqari yo‘riqnoma.
Navbatdan tashqari yo‘riqnoma quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
- texnologik jarayon o‘zgarishi, bir uskuna o‘rniga boshqa uskuna o‘rnatilishi va h.k. mehnat sharoitini o‘zgartirganda;
- sexda, bo‘limda yoki brigadada baxtsiz xodisa yoki avariya ro‘y berganda;
- ishlarni xavfsiz bajarish bo‘yicha yangi qoida va yo‘riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati tug‘ilgan hollarda;
- ishlab chiqarish intizomi qoida va yo‘riqnomalarning talablari buzilishi aniqlangan hollarda.
Navbatdan tashqari yo‘riqnomada ishchilarga dastlabki yo‘riqnomaning shu yo‘riqnoma o‘tilishiga sabab bo‘lgan qismigina ko‘rib chiqiladi.
Navbatdan tashqari yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma kabi bevosita boshliq (usta) tomonidan o‘tkaziladi.
Navbatdan tashqari yo‘riqnoma ham dastlabki va davriy yo‘riqnoma kabi jurnalga yozib rasmiylashtiriladi, faqat bunda sababi ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |