Kimyoviy ko’pik bilan o’t o’chirish qurilmasi. Engil yonuvchan suyuqliklar omboriga ko’pik generatorlari o’rnatish maqsadga muvofiqdir. Ko’pik bu uskunada kukun (natriy bikorbonati bilan alyumin oltingugurti aralashmasi) bilan suv aralashmasi orqali hosil bo’ladi. 1 kg ko’pik kukuni va 10 litr suvdan 40-60 litr ko’pik olinadi.
Ko’pik yonib turgan suyuqlik yuzasiga tushganda uni yonish zonasini qoplab oladi va uni havodan ixotalaydi. Ya`ni undan ajralib chiqayotgan yonuvchan bug’lar yana qaytib alangaga kelolmaydi. Bug’lanish jarayonini to’xtatishi bilan birga yonayotgan suyuqlikning qizigan yuzasini sovutadi. Yong’in paytida rezervuarlarga ko’pikni yuborish uchun maxsus ko’pik quyuvchi kameralar, rezervuarlarning o’ziga o’rnatilgan statsionar uskunalar, ko’chma ko’pik ko’tarib beruvchi vertikal yoki itqitib tushiriadigan uskunalar qo’llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |