NAQD PUL TUShUMLARI SOLINGAN SUMKANI (QOPNI) BANKNING KASSA XODIMIGA TOPShIRISh BLANKI
NAQD PULLAR SOLINGAN ____________-SONLI SUMKANI (QOPNI) ILOVA QAYDNOMASI
SUMMA
20___ yil “ ____” ___________________
Sumkani (qopni) topshiruvchi shaxs _________________________________________________________
(F.I.O.)
DEBET
Qabul qiluvchi bank nomi ____________________________________________
Bank kodi
KREDIT
Pul kirim qilinadigan h/r ________________________________________________
(xo‘jalik subyektini yoki bank hisobvarag‘ini nomi)
Bank kodi
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
Summa so‘z bilan_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
_________________________________________________________________________________________________
Sumkani (qopni) topshiruvchi shaxs imzosi:
________Naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar solingan hamda og‘zi plombalangan ______________-sonli sumka (qop) (naqd pul tushumlari va boshqa qimmatliklar sanalmasdan), belgilangan tartibda bank kassasiga qabul qilindi.
5 Hujjatlarning rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab ular bo‘yicha operatsiyalar bajarilgunga qadar bo‘lgan vaqt ichidagi tartibli harakatiga bank operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar aylanishi deyiladi.
Hujjatlar aylanishi operatsiyalarning qonuniyligi,hujjatlarning xaqiqiyligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini,hamda ularning hisobda to‘g‘ri aks ettirilishini tekshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi.Hujjatlar aylanishi bank operatsiyalarining o‘z vaqtida to‘g‘ri va qonuniy tarzda amalga oshirilishda katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun xar bir bankda hujjatlarning aylanishi va mijozlarga xizmat qo‘rsatish vaqti grafiklarda aks ettiriladi.
Bankning xar bir ish kunining3,5 - 4soati bevosita mijozlarga xizmat qo‘rsatishga ajratiladi.Kunning qolgan qismida esa avvalgi kun hisob materiallari tekshiriladi,shu kunning operatsiyalariga yakun yasaladi va ertangi kun operatsiyalariga tayyorgarlik qo‘riladi.
Banklar bank ish kuni yakunlangandan so‘ng, lekin keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo‘natadilar.
Banklarda ish kuni bank operatsiyalari buxgalteriya hisobotida to‘liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so‘ng yakunlanadi.
3. Banklarda bugalteriya hujjatlarining saqlanish tartibi va unga mas'ul shaxslarning javobgarligi. Banklar buxgalteriya hujjatlarini but saqlanishini ta’minlashlari shart. Buxgalteriya hujjatlarini saqlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etilishi hamda bu ishlar to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun javobgarlik banklar rahbarlari va bosh buxgaltyerlari zimmasiga yuklatiladi. Bank rahbari va bosh buxgalter bank xodimlariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishi, xodimlarga hujjatlarni javonlar va boshqa omborlarda saqlash uchun muayyan joylarni ajratib berishi va biriktirib qo‘yishi, zarur hollarda hujjatlarni bexatar joylarga olib chiqish tartibi va navbatini belgilashi lozim.
Banklarda har kuni bank amaliyoti kuni tugallanganidan keyin axborotlar o‘rnatilgan tartibda arxivlanadi.
Bank amaliyot kuniga tegishli buxgalteriya hujjatlari ularning saqlash muddatlari bo‘yicha alohida yig‘majildlarga tikilgan holda saqlanadi. Hujjatlarni tayyorlash bilan yig‘majildlarni rasmiylashtirish vazifasi topshirilgan xodim shug‘ullanadi.
Kunlik yig‘majildga quyidagi hujjatlar tikiladi:
bank mijozlari to‘lov hujjatlarining yoki bank mijozlarining hisobvaraqlariga qo‘yilgan talablar bo‘yicha qog‘ozda taqdim etilgan to‘lov hujjatlarining asl nusxasi;
bank mijozlari bilan shartnomada belgilangan hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lovlar uchun qo‘llanilgan memorial ordyerlarning birinchi nusxasi;
bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan to‘lov hujjatlarining ro‘yxati.
bankning barcha hisobvaraqlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning ikkinchi tartibli balans hisobvaraqlari bo‘yicha umumiy summasi ko‘rsatilgan ro‘yxati.
kunlik balans hisoboti.
Kunlik buxgalteriya jurnali elektron ko‘rinishda o‘rnatilgan tartibda saqlanadi va zarur hollarda hujjatlar ro‘yxati kunlik buxgalteriya jurnalining tegishli qismidan dasturiy yo‘l bilan olinadi.
Kassa hujjatlari “Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma” (ro‘yxat raqami 3028, 2018-yil 29-iyun) talablari asosida kassa xodimlari tomonidan alohida yig‘majildga tikiladi. Kunlik buxgalteriya yig‘majildiga kirim va chiqim kassa jurnallari o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan holda tikiladi.
Qimmatbaho metallar, chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalar va boshqa bank ichki xo‘jalik operatsiyalarga doir, ya’ni asosiy vositalar, bankning daromad hamda xarajatlar operatsiyalari bo‘yicha hujjatlarning saqlash muddatlari turlicha bo‘lganligi uchun ular alohida yig‘majildlarga joylanadi.
Asosiy vositalar va turli daromad hamda xarajatlar bilan bog‘liq operatsiyalar, bankning boshqa xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha hujjatlar yig‘majildiga to‘lov hujjatlari bilan birga kassa hisobvarag‘i bilan korrespondensiyalashgan va kassa ordyerlarini (to‘lovnomalar, ish haqi to‘lash qaydnomalari, arizalar va boshqalar) to‘ldirishda asos bo‘lgan asl nusxadagi hujjatlar ham tikiladi.
Taxlanib tikilgan (broshyuralangan) hujjatlar kunlik buxgalteriya jurnalidagi ro‘yxat bilan solishtirilib chiqiladi va ularning summasi aylanmalarining yig‘ma ma’lumotlarini aylanmalar yakunlari bilan (bunda ayrim hisobvaraqlarning aylanmalaridan tashqari) taqqoslanadi.
Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, axborotni shaxsiy kompyuterga kiritish uchun tayyorlangan hujjatlar bog‘lamlari shakllantirilishi mumkin. Bunda hujjatlar yig‘majildiga ularni dasturiy yo‘l bilan chiqarilgan ro‘yxati (kunlik buxgalteriya jurnali)ning tegishli qismi bilan joylashtiriladi.
Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga tegishli hujjatlar ham hisoblab chiqilib, ularning summalari buxgalteriya jurnallaridagi ma’lumotlar bilan yoki aylanmalar jamlanma ma’lumotlari bilan taqqoslanadi.
Taxlangan hujjatlarga shu hisobvaraqni yurituvchi mas’ul ijrochi buxgalteriya xodimi imzolagan kunlik buxgalteriya operatsiyalari ro‘yxatining tegishli qismi ilova qilinadi. Agar hujjatlar dastalangan bo‘lsa, ular dastalarni mas’ul ijrochi buxgaltyerlar qirqimi bo‘yicha kunlik buxgalteriya jurnaliga qarab hisoblab chiqilishi mumkin, biroq bu hujjatlarni tayyorlagan xodim kun davomida o‘tkazilgan buxgalteriya operatsiyalariga doir barcha hujjatlarning shu dastada borligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Hujjatlarni tayyorlash topshirilgan mas’ul xodim ilovasi bor bo‘lgan hujjatlarda bu ilovalar qanchaligi ko‘rsatilganini va ular haqiqatan ham mavjudligini sinchiklab tekshirishi lozim.
Yakunlangan kun hujjatlari keyingi bank ish kunidan kechiktirilmay, yuqorida qayd etilgan tartibda rasmiylashtirilishi lozim. Rasmiylashtirish tugallanmagan hujjatlar albatta metall shkaflarda saqlanishi lozim. Uzoq vaqt saqlanadigan, shuningdek bankning ichki operatsiyalarga taalluqli hujjatlari alohida yig‘majildlarga joylanishi kerak.
Qoida bo‘yicha bu hujjatlar har kuni tayyorlanadi. Muqovada buxgalteriya hujjatlari soni va umumiy summasi bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlagan xodim, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolari bilan tasdiqlanadi.
Operatsiyalar hajmi kam bo‘lgan banklarda o‘tgan yilga tegishli bo‘lgan uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar bank rahbari xohishiga ko‘ra, yil yakunlangandan so‘ng shakllantirilishi mumkin. Bunday hollarda yil tugagunicha bu hujjatlar yig‘majildda to‘plab borilishi va omborda yoki metall shkafda bosh buxgalter javobgarligi ostida saqlanishi lozim.
Uzoq muddat saqlanadigan hujjatlar taxlanayotganda yig‘majildda har bir kun uchun qistirma varaqlar qo‘shilishi, ularda shu kun uchun buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo‘yicha hujjatlar summalari ko‘rsatilishi kerak, yig‘majild muqovasida esa buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslangan har bir hisobvaraq debeti va krediti bo‘yicha hujjatlarning umumiy summasi qayd etiladi.
Buxgalteriya va kassa hujjatlari umumiy yig‘majildlariga bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari imzolagan ma’lumotnomalar joylanadi. Bu ma’lumotnomalar har bir hisobvaraq debeti, shuningdek alohida yig‘majildlarda saqlanayotgan har bir “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘ining kirim va chiqimi bo‘yicha hujjatlar summalari to‘g‘risida tuzilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatlarni saqlashga mas’ul xodim hujjatlarning to‘la va but saqlanishini ta’minlashi shart. Ular bosh buxgalter, uning o‘rinbosari yoki bo‘lim boshlig‘ining ruxsatisiz boshqalarga hujjatlarini ko‘rib chiqishlariga yo‘l qo‘ymasliklari lozim.
Quyidagi hujjatlar saqlanishi shart:
Omborda yoki metall shkaflarda:
a) tugagan yil uchun yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda so‘nggi tugagan oy uchun oylik balans va uning barcha ilovalari;
b) joriy oyning birinchi kuni uchun tekshiruv qaydnomalari;
v) fuqarolar omonatlari bo‘yicha amaldagi shaxsiy hisobvaraqlari;
g) oxirgi 12 oy uchun kassa hujjatlari;
d) joriy oy uchun kirim-chiqim hujjatlari;
e) binolar va inshootlar, xo‘jalik anjomlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar bo‘yicha daftarlar.
Qo‘riqlanadigan xonadagi metall shkaflar, sandiqlar yoki qutilarda:
a) amaldagi shaxsiy hisobvaraqlar kartotekalari (omonatlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardan tashqari), amaliyot jurnallari, kitoblar, imzolar namunalari qo‘yilgan kartochkalar, ish haqi to‘lash uchun berilgan mablag‘lar hisobini yuritish kartochkalari, foizlarni hisoblash qaydnomalari;
b) amal qilib turgan va arxivdagi pensiya varaqlarining hamda bir marta pensiya va nafaqalar to‘lash to‘g‘risidagi topshiriqnomalarning kartotekalari.
Mijozlarning ularga hisobvaraqlar ochish to‘g‘risidagi arizalari barcha zarur hujjatlar bilan birga har bir mijoz bo‘yicha tutiladigan alohida yig‘majidlarda saqlanishi lozim. Bunday yig‘majildlardan hujjatlarning chiqarib olinishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu yig‘majildga imzo huquqi o‘zgargani to‘g‘risidagi yozishmalar, hisobvaraqni tasarruf etish vakolatini belgilovchi hujjatlar, ssuda hisobvaraqlari ochish to‘g‘risidagi majburiyat arizalari, shuningdek hisobvaraqlar ochish haqidagi farmoyishlarning nusxalari tikiladi. Har bir yig‘majildga talab qilib olingunga qadar saqlanadigan depozit hisobvarag‘ining raqami qo‘yiladi.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni saqlash vazifasi bosh buxgalter (Bek-ofis boshlig‘i) yoki uning o‘rinbosari, yetakchi buxgalter zimmasiga yuklatiladi. Ushbu yig‘majildlar qulflanadigan javonlarda saqlanishi lozim. Amaldagi imzo namunalari amaliyot bo‘limi xodimlarining qulflanadigan kartotekalarida saqlanishi lozim.
Hisobvaraqlarni yuridik rasmiylashtirish bilan bog‘liq o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar yig‘majildda qoldiriladi va ular ustiga chiziq tortilib yangi hujjatlar bilan almashtirilgani yozib qo‘yiladi. Imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha almashtirilayotganda o‘z kuchini yo‘qotgan varaqchalar nusxalaridan biri mijozning yuridik yig‘majildiga tikiladi, qolganlari esa yo‘q qilinadi.
Buxgalteriya hisobiga tegishli barcha materiallar (o‘tgan oylar uchun buxgalteriya hujjatlari bank arxiviga topshirilgunga qadar, buxgalteriyaning stellajlar va temir javonlar bilan jihozlangan joriy arxiv hujjatlar but saqlanishi uchun javob beradigan maxsus ajratilgan xodim qo‘l ostida bo‘ladi.
Agar omborda joy yetmasa, aynan shu xodim buxgalteriyadagi temir javonlarda saqlanadigan hujjatlarning daxlsizligiga javob beradi.
Omborda va joriy arxivda saqlanayotgan buxgalteriya hujjatlariga doir ma’lumotlar kassa hujjatlari bo‘yicha javobgar xodim huzurida, bosh buxgalter yoki uning o‘rinbosari (bo‘lim boshlig‘i) imzolagan talabnomalar asosida olinadi. Ma’lumot olish uchun ruxsat berilgan bank xodimi kassir yoki joriy arxivni boshqaruvchi xodim kuzatuvida ishlashi lozim. Hujjatlar uchun javobgar shaxslar ma’lumot olishga ruxsat berilgan xodimlar tomonidan hujjatlarga biror-bir tuzatishlar va yozuvlar kiritilmasligini kuzatib turishlari shart.
Ombor va joriy arxivdan kirim-chiqim hujjatlari bosh buxgalterning yozma ruxsati bo‘yicha beriladi. Kun oxirida hujjatlar qaytarilishi shart.
Arxiv hujjatlari faqat qonunchilik hujjatlarining talablari asosida olinishiga yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatning asl nusxasi olinayotganda bu haqda ikki nusxada dalolatnoma yoki bayonnoma tuzilib unga bank rahbari yoxud uning o‘rinbosari, bosh buxgalter va hujjatni talab qilgan tashkilot vakili imzo chekadi. Dalolatnoma yoki bayonnomada aynan qanday hujjat olinayotgani, uning kimning talabiga va ruxsatiga ko‘ra olinayotgani aniq ko‘rsatilishi kerak. Dalolatnoma yoki bayonnomaning ikkinchi nusxasi yuqorida qayd etilgan vakilga topshiriladi. Hujjatning olingan asl nusxasi o‘rniga bosh buxgalter tasdiqlagan nusxa hamda dalolatnoma yoki bayonnomaning birinchi nusxasi va hujjatni olish xususidagi talabnoma qo‘yiladi. Bu talabnomada asl hujjatni olgan shaxs imzosi ham bo‘lishi lozim. Hujjat olingani to‘g‘risida bosh buxgalter shu hujjat turgan yig‘majild muqovasiga yozib, imzo chekadi.6 Hulosa:
Hulosa qilib aytadigan bo’lsak o’zbekiston Respublikasida bank tizimi ikki pog’onali bank tizimi bo’lib Markaziy bank tijirat banklarida amalga oshiriladigan barcha operatsiyalarni nazorat qilib turadi. Bundan ko’zlangan maqsad bank tizimining barqarorligi va ishonchliligini taminlashdan iborat.
Tijorat banklarida hujjatlarning amalga oshirilishida va saqlash tartibiga keladigan bo’lsak, tijorat baklarida amalga oshiriladigan hujjatlar har tomonlama aniq va Ravshan qilib Markaziy bank tomonidan tasdiqlab berilgan.
Tavsiyaviy hulosa sifatida shuni aytishim mumkinki bank tizimida ba’zi operatsiyalar uchun juda ko’p hujjatlar talab etiladi. Natijada mijozlar uchun noqulayliklar va qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun tijorat banklari bazi rivojlangan bank tizimlaridan andozalar olib hujjatlashtirish jarayononi osonlashtirish va tez amalga oshiriladigan tizimga aylantirish kerak.
Misol uchun yevropa va amerika davlatlarida mijoz bank hizmatlarini olish uchun bank ofisiga boroshi va kun bo’yi navbat kutib ovora bo’lishi shart emas. Ular uchun bank hizmatlari to’liqligicha masofadan turib amalga oshiriladi.
So’ngi yillarda mamlakatimizda ham masofaviy hizmatlar joriy qilinmoqda masalan mobile banking hizmatlari orqali online kreditlar olish depozit hisob raqam ochish yoki komunal va boshqa to’lovlarni amalga oshiruvchi bank hizmatlari joriy etildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1.Normativ-huquqiy hujjatlar: 1. O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi Qonuni. 2019-yil 11-noyabr.
2. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonuni. 2019-yil 11-noyabr.
3. O’zbekiston Respublikasining “Bank siri to’g’risida”gi Qonuni. 2003-yil 30-avgust.
4. “Valyutani tartibga solish to’g’risida”gi Qonuni. 2019-yil 22-oktabr.
5. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.
6. O‘zbekiston respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida Markaziy banki boshqaruvining 2000-yil 22-fevraldagi (3-son bayonnomasi) 432-son
7. O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma. 1834-sonli yo’riqnoma.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari: 1. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” – Toshkent. “O’zbekiston” NMIU, 2017.
2. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017.
3. Internet saytlari: www.president.uz
www.cbu.uz
www.lex.uz
www.finekonom.com
www.kun.uz
1 O’zbekiston Respuplikasi Prezidenti Shavkat Miromonivoch Mirziyoyev 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilishdan.
2 https://kun.uz/uz/news va cbu.uz satlaridan olindi.
4O‘zbekiston respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish tartibi to‘g‘risida Markaziy banki boshqaruvining 2000-yil 22-fevraldagi (3-son bayonnomasi) 432-son
5 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining Qarori Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnomani tasdiqlash haqida[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3028]
6 O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga
1-ILOVA