O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet384/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Surunkali pielonefrit 
Surunkali piyelonefrit buyrakning oraliq (interstitsial) to'qimasining 
bakteriyalar ta'siri tufayli o'ziga xos surunkali yallig'lanishi bo'lib, 
buyrak jomlari va parenximasi shikastlanadi. Ko'pchilik hollarda 
surunkali piyelonefrit o'tkir piyelonefritning to’liq davolanmasligi 
tufayli kelib chiqadi. 
Etiologiyasi va patogenezi.
Surunkali piyelonefritni ichak 
tayoqchasi va enterokokklar keltirib chiqaradi. Siydik ekib ko'rilganda, 
bulardan tashqari, streptokokk, stafllokokk, vulgar protey, shuningdek 
xilma-xil 
boshqa 
mikroorganizmlar 
topiladi. 
Siydikdagi 
mikroorganizmlar turi va mikroorganizmlarga antibiotiklarning ta'siri 
kasallikni davolash jarayonida o'zgarishi mumkin. Infeksiya buyrak 
to’qimalariga quyidagi yo’llar orqali o’tadi: 1. Qon orqali. 2. Siydik 
chiqaruv yo'llarining devori orqali. 3. Siydik qopi-siydik chiqarish 
naychasi reflyuksi natijasida. 4. Limfogen yo’l orqali. Siydik yo'llarining 
infeksiyasi kasallikning avj olishiga yo'l ochadi. Piyelonefrit ba'zan tez 
o'tadigan interstitsial nefritdan keyin ham rivojlanadi. Endogen va 
ekzogen zaharlar, ayrim dori moddalari (gentamitsin) ta'siri ostida ham 
vujudga kelishi mumkin. Autoimmun o'zgarishlar piyelonefrit 
rivojlanishiga turtki bo'ladi. Buyrak toshi, siydik yo'lining toshi yoki 
uning torayib qolishi, qiyshayishi, uning tashqaridan o'smalar tasirida 
qisilishi, siydik ajratish yo'llarining g'ayritabiiyligi piyelonefrit 
keltiruvchi omillardan hisoblanadi. Piyelonefrit qandli diabet, podagra, 


400 
kolit, prostatitga chalingan surunkali kasallarda, homilador ayollarda va 
tizimli kasalliklardan keyin ko'proq uchraydi.
Patologik anatomiyasi.
Surunkali piyelonefrit uchun patologik 
jarayonniing buyrak jo’mragi va buyrakning miya qavatidan po'stloq 
qavati tomoniga qarab tarqalib borishi xosdir. Pirovardida shikastlangan 
buyraklar g'adir-budur, bujmaygan, ancha kichiklashgan bo'ladi. Buyrak 
massasi 50-60 g gacha kamayib ketishi mumkin. Aksariyat holatlarda 
buyrak kattalashadi. Buyrak to'qimasining bazi hijayralarida kapsulaga 
o'ralgan yallig'lanish o'choqlari saqlanib qoladi. Bu kasallikdan o’lgan 
bеmorlar buyragi morfologik tеkshirilganida buyrak kattalashadi, 
loxanka, buyrak to’qimalarida, shilliq qavatlarida yalli’lanish, shish, 
yaralar, yiringli sohalarini ko’rishimiz mumkin.
Klinikasi.
Kasallikning belgilari uning turiga va bosqichiga, qanday 
kechayotganligiga, dardning bir yoki ikkala buyrakka tarqalganligiga, 
siydik yo'llari o'tkazuvchanligining qanchalik buzilganligiga bog'liqdir. 
Surunkali pielonefritning quyidagi turlari: 1) yashirin kechadigan; 2) 
xuruj bilan kechadigan ; 3) qon bosimi oshishi bilan kechadigan; 4) 
azotemik turlari tafovut qilinadi. Yashirin turi klinik belgilarining juda 
ham kam bo'lishi bilan ifodalanadi. Kasallar umumiy darmonsizlik, tez 
charchab qolish, ba'zan subfebril harorat ko’tarilishidan shikoyat 
qiladilar. Ba'zan kasallarda siydik tez-tez (pollakiuriya), kam, achishib 
ajraladi. Pasternatskiy simptomi musbat bo'lib chiqadi, buyrak 
sohasidagi og'riq kasallik qo'ziganda kuchayadi. Asta-sekin siydikning 
nisbiy zichligi pasayib boradi (1006-1008). 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish