O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 2,24 Mb.
bet4/12
Sana08.09.2017
Hajmi2,24 Mb.
#19861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.4. ILK ISLOM SHOIRLARI


Darsning maqsadi: talabalarni islomning dastlabki davridagi shoirlari ijodi bilan tanishtiriladi.

Tayanch so’zlar va iboralar: Kaab ibn Zuhayr, da’vat, vasf, xitoba.
VII asr o‘rtalarida jadal kechgan voqealar – Arabistonda yangi dinning tarqalishi va davlatning shakllanishi – albatta, o‘sha davr she’riyatida o‘z aksini topmasligi mumkin emas edi. Islom dini tarqalishi bilan she’riyatning tashqi umumiy xususiyati asosan o‘zgarmadi (avvalgi janrlar mavjud bo‘lishda davom etdi, qasidaning an’anaviy kompozisiyasi saqlanib qoldi va h.k.). Biroq, she’riyatga yangi mavzu kirib keldi. Shoirlar yangi dinni qabul qilib, diniy madhiyalar yarata boshladilar. Ularda islom dini va Muhammad payg‘ambar ulug‘landi, «kofirlar»ga qarshi muqaddas urushga da’vat qilindi. Hajviyalarda esa, islom dinining dushmanlariga hujum qilindi. Ushbu shoirlar odatda ilk musulmon shoirlari deb atalgan.

Islom dinini qabul qilgan va Muhammad tarafida diniy kurashga faol qo‘shilgan shoirlar orasida Ka’ab ibn Zuhayr (vafoti 662 yil) va Hasan ibn Sobit (vafoti 674 yil) alohida o‘rin tutganlar. Islomgacha bo‘lgan davrdagi mashhur shoir Zuhayrning o‘g‘li Ka’b Muhammad yangi dinni targ‘ib qilishidan ancha avval mashhur shoir bo‘lib tanilgan edi. Yangi ta’limotni u dushmanlik bilan qarshi oldi, Muhammadga qarshi bir qancha o‘tkir hajviyalar yaratdi, payg‘ambarning salaflariga qarshi kurashda ishtirok etdi va hatto, nizolardan birida jarohatlandi ham. Islom dini yanada ko‘proq xayrixohlarga ega bo‘lgani sayin Ka’ab o‘zining yangi dinga munosabatini o‘zgartirib bordi, Muhammad tarafiga o‘tdi va unga atab «al-Burda» deb nomlangan qasida bag‘ishladi. Chunki, rivoyatlarga ko‘ra, payg‘ambar ushbu madhiyasi uchun uni o‘z chakmoni bilan mukofotlagan. Keyinchalik mashhur bo‘lib ketgan mazkur qasida an’anaviy lirik muqaddima, tuya tavsifi hamda asosiy qismdan iboratdir. Asosiy qismda shoirning Muhammadga murojaat qilib sodir etgan gunohlarini kechirishni so‘ragani va payg‘ambarga maqtovlari keltirilgan:


Haqiqatda ham Allohning elchisi bu

Haq yolini yorituvchi yaraqlagan qilichdir
An’anaviy lirik muqaddima, xuddi an’anaviy tuya tavsifi singari, islomgacha bo‘lgan shoirlarning qasidalaridagi tegishli qismlardan deyarli farq qilmaydi. Biroq biz ularda tabiat va hayotni idrok etishdagi yangilikni uchratmaymiz.

Islomgacha bo‘lgan she’riyat an’analariga sodiqlik Ka’ab qasidasining asosiy qismida ham seziladi. Masalan, Muhammadga qarata aytilgan gunohlarni kechirish haqidagi iltimoslar bor. Ka’ab Muhammadning donoligini maqtaydi. Kechirishini so‘rab duo qiladi, his etayotgan azoblaridan shikoyat qiladi.

Ka’ab ibn Zuhayr qadimgi arab shoirlarining usullariga qat’iy amal qiladi.

Ilk islom shoirlari qatoriga Hasan ibn Sobit (taxm. 563–674) ham kiradi. Uning hayot yo‘li islom dini yuzaga kelgan davr shoirlariga juda xosdir. Hasan ibn Sobit bir vaqtlar Yamandan ko‘chib o‘tgan Hijozdagi xazraj qabilasining zodagon oilasidan chiqqan. Yoshlikda u she’r to‘qiy boshlagan va shoirona so‘zlari bilan o‘z qabiladoshlarini ularning aus qabilasiga qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlagan. Keyinchalik u Hasaniylar saroyiga ko‘chib, saroy shoiriga aylangan. Ammo u Hasaniylarning raqiblari – Xira hukmdorlariga ham maqtovlar bag‘ishlagan. Yoshi o‘tganda islom dinini qabul qilgan Hasan ibn Sobit Muhammad va uning xalifalarining sadoqatli shoiriga aylandi.

Qabila shoirining ana shunday saroy shoiriga, so‘ngra esa islomning ashaddiy himoyachisiga aylanishi VI–VII asrlarda urug‘-qabilachilik tashkilotidan kuchli markazlashgan davlatgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Arabiston boshidan o‘tkazgan tadrijiy rivojlanish bilan chambarchas bog‘liqdir.

Hasan ibn Sobitning shoirlik faoliyati dastlabki bosqichda islomgacha bo‘lgan boshqa shoirlarning ijodidan farq qilmagan. U qabilalararo kurashning faol ishtirokchisi bo‘lib, o‘z qabilasining himoyachisi sifatida maydonga chiqqan, qabila jasoratini va o‘z qahramonliklarini sharaflagan. Hasan ibn Sobit Xasaniylar va Laxmiylar poytaxtlarida bo‘lgan davrda nihoyatda xushomadgo‘y va olg‘ir saroy shoiriga aylanadi. Uning qasidalari avvalgidek an’anaviy xususiyatga ega bo‘lib, eski davr asarlaridan o‘zi yozgan shoirlik qismi bilan ajralib turadi. Ushbu qismida u maqtalayotgan shaxsning qahramonliklari va shaxsiy xislatlarini balandparvoz ifodalar orqali tavsiflaydi.

Shoirning islomni qabul qilishi va Muhammadning shoiriga aylanishi uning tadrijiy rivojlanishidagi tabiiy yakun bo‘lgan. Hasanning Muhammad va uning salaflari sha’niga yozgan madhiyalari Arabiston hukmdorlarini sharaflab yozilgan madhiyalaridan ko‘p ham farq qilmagan. Ularda faqat mukofot so‘rab xiralik bilan qilingan iltimoslar bo‘lmagan. Zero, islomni himoya qilish ishi shoir uchun o‘z-o‘zicha sharafli ish bo‘lgan. Ushbu qasidalarda Muhammad but-sanamlarga sig‘inuvchilarga qarshi kurashchi, yangi dinning sobit targ‘ibotchisi sifatida ulug‘langan:
Payg’ambar bu to’gri yolning chirog’i

U xuddi, o’tkir yaraqlagan qilich kabi nurlanadi

U bizni do’zax olovidan himoya qildi va jannat haqida xabar berdi

U bizga islomni berdi va biz Allohga sajda qilamiz.
Hasan ibn Sobit madhiyalarining tuzilishi islomgacha bo‘lgan shoirlar asarlaridan biroz farq qilgan. An’anaviy lirik muqaddimani Hasan eng kam darajagacha qisqartiradi va asosiy mavzuga maxsus kirish iborasi – «buni qo‘ya turaylik» iborasi bilan o‘tadi. Bu bilan u lirik muqaddimaning majburiyligi sun’iy ekanligini o‘zi ham tushunishini ko‘rsatadi, go‘yoki Hasan ibn Sobit turli kirish tavsiflaridan ham qochadi, bu esa uning qasidasiga maqsadga qaratilganlik va mantiqiylik tusini beradi.

Hasan ibn Sobit, shuningdek, shaklan an’anaviy hajviyalar ham yozgan. Ammo ularda shoir dastlabki yillarda islomning tarqalishiga qarshilik ko‘rsatgan majusiy-qurayshiylarga hujum qilgan, ularning bilimsizligi, baxilligi, qo‘rqoqligi va boshqa qusurlari ustidan kulgan.

Hasan ibn Sobitda, xuddi boshqa ilk islom shoirlaridagi kabi, islomning ta’siri she’rlarining ruhida, yangi falsafiy va axloqiy (gunohlardan poklanish va gunohlar uchun jazo olish, hayotning mazmunini yangicha tushunish) g‘oyalarida seziladi.

Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar


  1. Qur’onda nechta sura bor?

  2. Hadislarning eng obro’li to’plamlari kimga tegishli?

  3. Yurtimizda yetishib chiqqan muhaddislar kimlar?

  4. “Kutub as-Sitta” mualliflari.

  5. Ilk islom davridagi she’riyatning mazmun-mohiyatini aytib bering.

  6. “Qasidat al-Burda” va uning muallifi.

  7. Hasan ibn Sobit ijodining bosqichlari.

Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar

  1. Imom-al Buxoriy hayoti va ijodi.

  2. Ilmga oid hadislar.

  3. “Al-adab al-Mufrad” asari – odobnomaning ilk namunasi.

  4. Imom-at-Termiziyning “Ash-Shamoilu an-Nabaviya” asari.

  5. Tafsir va mufassirlar.

  6. Kaab ibn Zuhayr hayoti va ijodi.




Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish