O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus talim vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti bino va inshootlar qurilishi fakulteti >kafedrasi fanidan
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta-maxsus talim vazirligi TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI << Geologiya >>kafedrasi <> fanidan
Reja: 1. Geologiya fanining mohiyati va uni fan sifatida vujudga kelishi. 2. Geologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. 3. Geologiya fanining o’rganish ob’ektlari.
1.Geologiya – yer haqidagi fan bo’lib yunoncha Geo - yer logos – fan demakdir. Geologiya tabiiy fanlar qatoriga kiradi va u yer sayorasining rivojlanish qonunlarini o’rganadi. Xozirgi vaqtda geologiyaning astranomiyaning birgalikdagi izlanishidan koinotda joylashgan boshqa osmon jinslarini o’rganuvchi geologiyaning yangi bir tarmog’i, kosmogoniya fani vujudga kelgan. Yer nima degan savolga olimlar turlicha javob beradilar. Astronomlar yerni shar shaklidagi fizik jism deb, Quyosh sistemasida juda katta tezlikda (bir soniyada 30 km) aylanuvchi sayora sifatida tekshiradilar. Geograflar, geodezislar va geomorfologlar yer ustki qismining shaklini, relyefini o’rganadilar. Biologlar esa yerdagi hayotni – Yerning o’simlik va xayvonot olami rivojlanadigan qismini ya'ni biosferani o’rganadilar. Shuningdek tuproqshunoslar yerning tirik organizmlari rivojlanadigan ustki, tuproq qatlamini o’rganadi.
Yuqorida qayd etilgan fan sohalari yerning faqat ustki qatlamida sodir bo’ladigan voqea – hodisalarning rivojlanishini va o’zgarishinigina tekshiradilar. Geologiya fani bu sohalarni o’z qamroviga tortgani xolda, yerning ustki va ichki qismini, undagi mavjud hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini ham o’rganadi. Geologlar yerga turli mineral va tog’ jinslaridan tarkib topgan va doimo uzgarib turuvchi sharsimon fizik jism deb qaraydilar. Yer qobig’i neorganik qismining paydo bo’lishi va rivojlanishi hayvon va o’simliklarni xayoti bilan bevosita bog’liq bo’lib, ularni o’rganishda yer qatlamlari orasida saqlanib qolgan tamg’alargina yordam beradi. Hozirgi geologiya –qidiruv ishlari har bir rayonning geologik tuzilishini va unda uchraydigan foydali qazilmalarni sinchiklab o’rganish asosida o’tkaziladi. Keyin bu yerda mavjud bo’lgan foydali qazilmalarni qazib olish yo’llari aniqlanadi. Geologiya fani va geologiya razvedka ishlarining tarixi ruda haqida olingan batafsil ma'lumotlar, tog’ jnislari va minerallar, yerning tarkibi va tuzilishi haqidagi aniq ilmiy tushunchalar, odamlarning asirlar davomida yer bag’ridan foydalanishidan to’plangan tajribalar natijasida vujudga kelgan.