3. Moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari va tamoyillari
Moliyaviy tahlil oldiga qo‘yiladigan asosiy vazifalar:
- xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash;
- reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish;
- faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash;
- xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash.
- iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash;
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil etishda fanning muhim prinsiplari sifatida quyidagilar tarkiblanadi. Mazkur tamoyillar mikro ko‘lamdagi tahlilning barcha turlariga xosdir.
1.5-jadval
Tahlil tamoyillari
Tamoyillar
|
Tasnifi
|
Davlat manfaati nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili
|
Iqtisodiy hodisalarni, xo‘jalik jarayonlari natijalarini baholashda davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va xalqaro siyosatlarini va qonunchiliklarini inobatga olish lozimligini tasniflaydi
|
Ilmiylik
|
Dialektik bilish nazariyasiga asoslanishi, ishlab chiqarishni rivojlantirishning iqtisodiy qonunlari talablarini hisobga olishi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, ilg‘or tajribalarni va iqtisodiy tadqiqotning eng yangi usullarini hisobga olishi lozim
|
Tizimlilik
|
O‘rganilayotgan obyekt murakkab dinamik tizim va u bir qator mayda unsurlardan va ularning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topgan deb qaralishi lozim
|
Kopmlekslik
|
Tahlil qilinayotgan obyektning barcha birliklari, bo‘g‘inlari va tomonlarini hisobga olish hamda ularning o‘zaro bog‘liqliklarini atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi
|
Obyektivlik, aniqlik va ishonchlilik
|
Haqiqatni aks ettiradigan ishonchli va tasdiqlangan tahlil ishonchli, tekshirilgan va real voqelikni aks ettiruvchi ma’lumotlarga asoslanishi zarur. Faqat shundagina tahlil natijalari talabga javob beradi. Shu sababli ham korxonada doimo hisob, nazorat (audit) takomillashtirib borilishi talab etiladi
|
Ta’sirchanlik
|
Tahlil ishlab chiqarish jarayonlarining borishiga uning natijalariga bevosita aralashishi, rezervlarni, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni qidirib topishga bevosita ta’sir ko‘rsatishi lozimligini ifoda etadi
|
Rejalilik
|
Bu tamoyilga muvofiq korxonalarda amalga oshiriladigan analitik ishlar rejalashtirilishi, uni bajaruvchilar o‘rtasida taqsimlanishi va nazorat qilib borilishi lozimligini ifoda etadi
|
Samaradorlik
|
Tahlilni o‘tkazish uchun ketgan sarf-xarajatlar bir necha barobar qoplanishi kerakligini ifoda etadi
|
Operativlik
|
Bu tamoyil iqtisodiy tahlilni o‘tkazish, qarorlar qabul qilish va ularni amaliyotga joriy qilishda aniq va tezkorlikni taqozo qiladi
|
Demokratik
|
Tahlilni o‘tkazishga korxonaning keng jamoatchiligini jalb qilish va tahlil natijalarini muhokama qilishda keng jamoatchilik ishtirokini taqozo qiladi
|
Tahlil so‘zi grekcha “analyzis” so‘zini o‘zbek tilidagi tarjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga (unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy qismini o‘rganish tushiniladi. “Tahlil” deganda o‘zi nimani tushunamiz? Tahlil o‘zi nimani o‘rganadi yoki o‘rgatadi? Tahlil bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko‘p uchratamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishda faqat tahlilni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa usullardan ham foydalanishga zaruriyat tug‘iladi. Shu jihatda tahlilga muqobillikda “sintez” usuli ham tarkiblanib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklari orasidagi aloqalar va o‘zaro bog‘liqliklari aniqlanadi. “Sintez” atamasi ham grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib, “birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi. Ma’lumki, tahlil tushunchasi juda keng ma’noga ega bo‘lib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish mumkin: iqtisodiy, moliyaviy, ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular albatta bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi. Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgarish tendensiyalarini, rivojlanishi va taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, o‘lchov vositalaridan foydalanib bo‘lmaydi.
ХULОSА
Iqtisоdiyotni mоdеrnizаstiyalаsh jаrаyonidа hаr bir kоrхоnа mоliyaviy jаrаyonlаri, hоlаti, to’lоv qоbilyati to’g’ridаn-to’g’ri uning dеbitоrlik vа krеditоrliк mаjburiyatlаri хоlаti vа аylаnuvchаnligi bilаn bоg’liq.
хo’jаlik yurituvchi kоrхоnаlаrdа dеbitоrlik qаrzlаrini kаmаytirish mаqsаdidа shаrtnоmаviy munоsаbаtlаrini yanаdа kuchаytirish; хizmаtlаr hаjmini оshirish vа sifаtini yaхshilаsh; mаhsulоt yеtkаzib bеruvchilаr vа хаridоr коrхоnаlаrning mоliyaviy аhvоlini o’rgаnish vа hокоzаlаr.
Хulоsа qilib аytgаndа, kоrхоnаlаr qаrzdоrligining ijtimоiy-iqtisоdiy оqibаtlаri vа ulаrning аsоsiy tеndеnstiyalаri bilаn bоg’liq mаsаlаlаr yuzаsidаn аmаlgа оshirilgаn tаdqiqоtlаr nаtijаsi shuni ko’rsаtmоqdаki, mаmlаkаtimiz kоrхоnа vа tаshkilоtlаri mаvjud huquqiy-tаshkiliy imkоniyatlаrdаn fоydаlаngаn hоldа qаrzdоrliкni bаrtаrаf etish muhim mаsаlаlаrdаn hisоblаnаdi, chunki uning ijtimоiy jihаtdаn sаlbiy оqibаtlаri nаfаqаt kоrxоnаning mоliyaviy fаоliyatigа, bаlki iqtisоdiyotning bаrchа jаbhаlаrigа, shu jumlаdаn аhоlining turmush dаrаjаsigа sаlbiy tа’sir ko’rsаtаdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
R 29 Moliyaviy tahlil. Darslik. / M.Y.Raximov, N.N.Kalandarova; – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. – 736 b.
www.el.tfi.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |