1.2-jadval
Moliyaviy tahlil fanining vujudga kelishi va tarixiy taraqqiyot jarayonida atalgan nomlari
Nomlanishi
|
Izoh
|
Balansshunoslik
|
Ko‘rsatkichlarning davriy o‘zgarishlariga baho berish zaruriyati tufayli
|
Balansni tahlil qilish
|
Davriy o‘zgarishlarda erishilgan natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlarga qarab kelajakni baholash zaruriyatining paydo bo‘lishi bilan
|
Hisobot tahlili
|
Moliyaviy hisobot shakllarining sonini ko‘payishi va ularda aks etuvchi elementlarni baholash zaruriyati tufayli
|
Hisobot tahlili
|
Moliyaviy hisobot shakllarining sonini ko‘payishi va ularda aks etuvchi elementlarni baholash zaruriyati tufayli
|
Iqtisodiy tahlil
|
Barcha iqtisodiy o‘zgarishlarga bo‘lgan talabning kuchayishi bilan
|
Sotsial-iqtisodiy tahlil
|
O‘rganiladigan masalalar ko‘lamining faqat iqtisodiy jihatlarini emas, balki ijtimoiy jihatlarini ham o‘rganishga zaruriyatning paydo bo‘lishi bilan
|
Xo‘jalik faoliyati tahlili
|
Xo‘jalik faoliyatining barcha qirralarini qamrab olinishiga bo‘lgan talab tufayli
|
Moliyaviy va boshqaruv tahlili
|
Buxgalteriya hisobining moliyaviy va boshqaruv hisobi tarkiblanishiga uyg‘unlikda
|
Moliyaviy tahlil, Moliyaviy hisobot tahlili
|
Rivojlangan davlatlarning umumkasbiy va ixtisoslik fanlar tizimiga uyg‘unlikda
|
Buxgalteriya hisobi, auditning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi ham iqtisodiy, moliyaviy tahlil fanining paydo bo‘lishiga muhim turtki bo‘ldi deyish mumkin. Uning shakllanishi va rivojlanishiga oid manbalarda italyan matematigi Luka Pochiolining “Schyotlar va yozuvlar haqidagi traktati” alohida o‘rin tutadi. Tahlil fanining fan sifatida shakllanganligiga uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Unga doir chop etilgan fundamental manbalar XX asrning 20–30-yillariga kelibgina chop etila boshlandi. Fanlarning yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Dunyoni bilish nazariyasini iqtisodiyotga bog‘langan so‘rovlarini hal etishda muhim vosita hisoblangan tahlil nafaqat aniq fan sifatida balki barcha fanlarga metodologik asos sifatida ham qaraladi. Tahlil fanining predmetiga keng ma’noda e’tibor beradigan bo‘lsak, u tahlil qilinayotgan obyekt (firma, kompaniya, konsernlar)ning butun xo‘jalik faoliyatidir. Tahlil fani xo‘jalik faoliyatida nafaqat sodir bo‘lgan, balki bo‘layotgan va kelgusida bo‘ladigan jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ushbu fan boshqa fanlardan tubdan farq qiladi. Tahlil fanining predmetiga manbalarda berilgan ta’riflar shu darajada ko‘p bo‘lishiga qaramasdan ularning barchasini bir mazmunda tushunish mumkin. Bu mazmun, jarayonlarning doiraviyligi, faoliyat natijalarining manbalarda ifoda etilganligi, ko‘rsatkichlar tizimida baholanishi, sabab-oqibat bog‘lanishlari, ichki va tashqi omillar ta’sirida o‘rganishning yagonaligi bilan izohlanadi. Tahlil fanining predmeti – turli mulkchilik shaklidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, uning samaradorligi va natijaviyligini ko‘rsatkichlar tizimida, uzviylik va aloqadorlikda, omillarga bog‘liq ravishda turli axborot manbalaridan foydalangan holda davriy o‘rganishga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |