172
Byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblar.
Byudjetlararo o‗zaro
hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari
o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‗rtasida yuzaga
keladigan o‗zaro pul munosabatlaridir. Byudjetlararo o‗zaro
hisob-kitoblar byudjet masalalari bo‗yicha qonun hujjatlari
qabul
qilinganligi,
mahalliy
byudjetlar
daromadlari
prognozlarining aniqlashtirilishi, byudjet tashkilotlari va
byudjet mablag‗lari oluvchilarning bo‗ysunuvi o‗zgarishi
natijasida ularning xarajatlari bir byudjetdan boshqa byudjetga
o‗tkazilganligi, kapital qo‗yilmalar limitlari byudjetlar darajalari
o‗rtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga
keladi. Byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim
bo‗lgan summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan
aniqlanadi.
Maqsadli ijtimoiy transfertlar.
Mahalliy byudjetlarga
moliyaviy
yordamning
mazkur
turi
O‗zbekiston
Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi ―Soliq va byudjet
siyosatining 2018-yilga mo‗ljallangan asosiy yo‗nalishlari qabul
qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining
ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish
to‗g‗risida‖gi O‗RQ-454-sonli qonuni
106
bilan amaliyotga joriy
qilingan bo‗lib, yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi
byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va
yagona ijtimoiy to‗lovlar bo‗yicha xarajatlarini qoplash uchun
ajratiladi. Ularning miqdorlari ham tegishincha, asosiy
makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlar
prognozlari
va
davlat
byudjetining asosiy parametrlari to‗g‗risidagi qarorlar bilan
hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy
byudjetlar
parametrlari
to‗g‗risidagi
qarorlari
bilan
tasdiqlanadi. Shuningdek, joriy moliya yilida foydalanilmagan
maqsadli ijtimoiy transfertlar yil oxirida tegishli yuqori turuvchi
106
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son.
173
byudjetga qaytarilishi kerakligi qonun bilan belgilab
qo‗yilgan
107
.
Byudjetlararo transfertlar harakati yuqori turuvchi
byudjetining shaxsiy g‗azna hisobvarag‗idan quyi turuvchi
byudjetning, shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari
byudjetlarining shaxsiy g‗azna hisobvaraqlariga g‗azna
memorial orderlari asosida o‗tkazib berish yo‗li bilan amalga
oshiriladi.
Byudjet ssudalari.
Byudjet ssudasi shaklidagi byud-
jetlararo transfert byudjet manbalarining to‗liq safarbar
qilinishi tegishli byudjetlarda nazarda tutilgan xarajatlarni
qoplamagan taqdirda qaytarish sharti bilan va foizsiz beriladi.
Prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar
o‗rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun
byudjet ssudasi
to‗qqiz oygacha
bo‗lgan muddatga, daromadlar
tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‗rtasida
kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun
esa
olti oygacha
bo‗lgan muddatga beriladi.
Rejali byudjet ssudasi quyi byudjetlarga ularning prognoz
qilingan o‗z va tartibga soluvchi daromadlari, ular uchun
nazarda tutilgan subvensiya, o‗tkazib beriladigan daromadlar,
maqsadli
ijtimoiy
transfertlar,
dotatsiya
ham
ayrim
choraklardagi xarajatlarining qoplanishini ta‘minlamagan
hollarda beriladi.
Byudjet ssudasi respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan
– Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjetiga,
viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining
shahar byudjetiga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari
byudjetlariga, mazkur byudjetlardan esa (davlat maqsadli
jamg‗armalari byudjetlari bundan mustasno) tumanlar va
shaharlar byudjetlariga ularning daromadlari va xarajatlari
o‗rtasidagi rejali (9 oygacha) yoki kutilayotgan (6 oygacha)
vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi.
107
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 138
1
-modda.
174
Byudjet ssudalarini berishning majburiy sharti ulardan
belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek joriy moliya yili
mobaynida ularni o‗z vaqtida qoplashdan iborat.
Byudjet ssudasi Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jam-
g‗armasini taqsimlovchi organ rahbarining byudjet ssudasiga
bo‗lgan ehtiyojni asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilingan yozma
so‗rovi asosida beriladi. Byudjet ssudasi berish to‗g‗risidagi
yozma so‗rovni ko‗rib chiqishda moliya organi qaror qabul
qilish uchun zarur bo‗lgan axborot va hisob-kitoblarni so‗rab
olish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: