68
qanday tavsiyalar berish borasidagi qarorlarini qabul qilishga
o‗z hissalarini qo‗shadilar. Tarixan shunday shakllanganki,
Kongress byudjetning umumiy holatiga va iqtisodiy siyosatga
byudjet bo‗yicha rezolyutsiyani qabul qilish chog‗ida e‘tibor
qaratadi. Daromadlar va xarajatlar darajasi defitsit bilan (yoki
ayrim hollarda profitsit bilan) o‗rnatiladi. Soliq stavkalari
ularning yuqori yoki past bo‗lishi kerakligi to‗g‗risidagi
munozaralar asosida davriy ravishda qonunchilik bilan
o‗rnatiladi. So‗ng G‗aznachilik Departamenti soliq ma‘murchi-
ligi uchun javobgarlikni amalga oshiradi. Xarajatlar bir qator
qonun loyihalari bilan o‗rnatiladi, ularning har bir moddasi
alohida podkomitetlar tomonidan ishlab chiqilib, ularning ijrosi
uchun alohida ijrochi organlar mas‘ul bo‗ladi. Boshqarish va
byudjet Byurosi (The Office of Management and Budget - OMB)
xarajatlar tuzilmasiga proporsional taqsimlash orqali bir qadar
ta‘sir ko‗rsata oladi.
Iqtisodiy masalalarda federal hukumatning muhim rolini
bilgan holda, prezident Klinton 1993-yilda Milliy iqtisodiy
kengashning (National Economic Council - NEC) tuzilishiga
asos soldi. NEC iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish masalalari
uchun javob beradi hamda unga parallel bo‗lgan tashkilot –
Milliy xavfsizlik kengashi (National Security Council - NSC)
milliy xavfsizlik masalalari uchun mas‘uldir. NEC prezident
maslahatchisi bo‗lgan ko‗p sonli kabinetlar va prezidentning
ijrochi apparati agentliklari, shu jumladan, iqtisodiy
maslahatchilar Kengashi (Council of Economic Advisers - CEA),
OMB va G‗aznachilik Departamenti o‗rtasida koordinator bo‗lib
xizmat qiladi.
47
NECning funksiyalari ijroiya hokimiyatining
iqtisodiyot bo‗yicha xatti-harakatlari prezidentning iqtisodiy
siyosatiga mos kelishini ta‘minlashga qaratilgan.
Oxirgi davrlarda barcha ajratmalar bo‗yicha hisoblarni
siyosiy jihatdan boshqara olmaslik, federal byudjetning
47
Exec. Order No. 12835, 3 C.F.R. 6189; National Economic Council (2011).
Overview.
Retrieved
November
14,
2011,
from
http://
www
.whitehouse.gov/administration/eop/nec.
69
defitsitligi, shuningdek, xarajatlarning kamaytirilishi bilan
daromadlarning oshirilishi o‗rtasidagi uzilishning chuqurlashib
ketishi umumiy byudjetning va iqtisodiyotning holatini
ko‗rsatmoqda. Kelishuvga erishish yoki hech bo‗lmaganda
kelishish uchun muzokaralar o‗tkazish natijasida prezident,
Palata spikeri, Senatdagi ko‗pchilik va Kongressning hal
qiluvchi ba‘zi a‘zolari, shuningdek, Federal Rezerv Tizimi raisi
doirasida chegaralandi.
Do'stlaringiz bilan baham: