O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm.  Mahalliy byudjetlarga subvensiya va



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
7.5-rasm.
 Mahalliy byudjetlarga subvensiya va 
dotatsiyalarni ajratish tartibi 
 
O‗tkazib beriladigan daromadlar. 
Tegishli ma‘muriy-
hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori 
turuvchi byudjetga o‗tkaziladigan daromadlar ular qaysi 
ma‘muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo‗lsa, o‗sha 
ma‘muriy-hududiy birlik byudjetiga o‗tkazib berilishi mumkin. 
Ularning hajmlari ham yuqoridagi tartibda tasdiqlanadi.
Respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga 
tushumlari o‗tkazib beriladigan xo‗jalik yurituvchi subyekt-
larning hamda ular tomonidan to‗lanadigan soliqlar va boshqa 
majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati O‗zbekiston Respublikasi 
Respublika 
byudjeti 
QRning 
respublika 
byudjeti 
Viloyatlarning 
viloyat 
byudjetlari 
Toshkent 
shahrining 
shahar byudjeti 
Asosiy makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar prognozi va 
davlat byudjetining asosiy 
parametrlari asosida 
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi Vazirlar 
Kengashi qarorlari asosida 
viloyatlar hokimlari
qarorlari asosida 
Toshkent shahar hokimi 
qarorlari asosida 
QR byudjeti, viloyatlar 
va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari 
tumanlar va shaharlar 
byudjetlari 
subvensiya, 
dotatsiya 
tumanlar va shaharlar 
byudjetlari 
tumanlar
byudjetlari 
subvensiya, 
dotatsiya 
subvensiya, 
dotatsiya 
subvensiya, 
dotatsiya 


171
Moliya vazirligi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‗mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tumanlar va 
shaharlar byudjetlariga tushumlari o‗tkazib beriladigan xo‗jalik 
yurituvchi subyektlarning hamda ular tomonidan to‗lanadigan 
soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarning turlari ro‗yxati 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va 
Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan Qora-
qalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat 
soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi. 
O‗tkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli 
quyi byudjetga tushishi lozim bo‗lgan o‗z daromadlarini hisobga 
olgan holda, ular bo‗yicha tasdiqlangan hajmdan ortiq 
bo‗lmagan miqdorda, haqiqatda tushgan tushumlar doirasida 
o‗tkazib beriladi. 
Byudjet dotatsiyalari. 
Subvensiyalar va o‗tkazib beriladi-
gan daromadlarni hisobga olganda ham quyi turuvchi byudjet 
xarajatlarining 
rejalashtirilgan 
hajmi 
mazkur 
byudjet 
daromadlarining prognoz qilingan hajmidan oshib ketgan 
taqdirda yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga 
dotatsiya ajratiladi. 
Davlat maqsadli jamg‗armalari xarajatlarining rejalash-
tirilgan hajmi ular daromadlarining (ularning yil boshidagi 
qoldiqlarini ham hisobga olganda) prognoz qilingan hajmidan 
oshib ketgan taqdirda, jamg‗armalar byudjetlariga respublika 
byudjetidan dotatsiya ajratilishi mumkin. 
Hududiy va mahalliy byudjetlarga dotatsiyalarning 
miqdorlari ham 7.5-rasmda ko‗rsatilganidek, tegishincha, 
asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlar prognozi va davlat 
byudjetining asosiy parametrlari to‗g‗risidagi qarorlar bilan 
hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy 
byudjetlar 
parametrlari 
to‗g‗risidagi 
qarorlari 
bilan 
tasdiqlanadi. 


172
Byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblar. 
Byudjetlararo o‗zaro 
hisob-kitoblar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari 
o‗zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o‗rtasida yuzaga 
keladigan o‗zaro pul munosabatlaridir. Byudjetlararo o‗zaro 
hisob-kitoblar byudjet masalalari bo‗yicha qonun hujjatlari 
qabul 
qilinganligi, 
mahalliy 
byudjetlar 
daromadlari 
prognozlarining aniqlashtirilishi, byudjet tashkilotlari va 
byudjet mablag‗lari oluvchilarning bo‗ysunuvi o‗zgarishi 
natijasida ularning xarajatlari bir byudjetdan boshqa byudjetga 
o‗tkazilganligi, kapital qo‗yilmalar limitlari byudjetlar darajalari 
o‗rtasida qayta taqsimlanganligi munosabati bilan yuzaga 
keladi. Byudjetlararo o‗zaro hisob-kitoblarga kiritilishi lozim 
bo‗lgan summa yuqori turuvchi moliya organi tomonidan 
aniqlanadi. 
Maqsadli ijtimoiy transfertlar.
Mahalliy byudjetlarga 
moliyaviy 
yordamning 
mazkur 
turi 
O‗zbekiston 
Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi ―Soliq va byudjet 
siyosatining 2018-yilga mo‗ljallangan asosiy yo‗nalishlari qabul 
qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining 
ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish 
to‗g‗risida‖gi O‗RQ-454-sonli qonuni
106
bilan amaliyotga joriy 
qilingan bo‗lib, yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi 
byudjetga ta‘lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va 
yagona ijtimoiy to‗lovlar bo‗yicha xarajatlarini qoplash uchun 
ajratiladi. Ularning miqdorlari ham tegishincha, asosiy 
makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlar 
prognozlari 
va 
davlat 
byudjetining asosiy parametrlari to‗g‗risidagi qarorlar bilan 
hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy 
byudjetlar 
parametrlari 
to‗g‗risidagi 
qarorlari 
bilan 
tasdiqlanadi. Shuningdek, joriy moliya yilida foydalanilmagan 
maqsadli ijtimoiy transfertlar yil oxirida tegishli yuqori turuvchi 

106
Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son. 




173
byudjetga qaytarilishi kerakligi qonun bilan belgilab 
qo‗yilgan
107

Byudjetlararo transfertlar harakati yuqori turuvchi 
byudjetining shaxsiy g‗azna hisobvarag‗idan quyi turuvchi 
byudjetning, shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari 
byudjetlarining shaxsiy g‗azna hisobvaraqlariga g‗azna 
memorial orderlari asosida o‗tkazib berish yo‗li bilan amalga 
oshiriladi.
Byudjet ssudalari.
Byudjet ssudasi shaklidagi byud-
jetlararo transfert byudjet manbalarining to‗liq safarbar 
qilinishi tegishli byudjetlarda nazarda tutilgan xarajatlarni 
qoplamagan taqdirda qaytarish sharti bilan va foizsiz beriladi. 
Prognoz qilingan daromadlar va rejalashtirilgan xarajatlar 
o‗rtasidagi rejali vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun 
byudjet ssudasi 
to‗qqiz oygacha
bo‗lgan muddatga, daromadlar 
tushumlari va xarajatlarni amalga oshirish o‗rtasida 
kutilayotgan vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun 
esa 
olti oygacha
bo‗lgan muddatga beriladi. 
Rejali byudjet ssudasi quyi byudjetlarga ularning prognoz 
qilingan o‗z va tartibga soluvchi daromadlari, ular uchun 
nazarda tutilgan subvensiya, o‗tkazib beriladigan daromadlar, 
maqsadli 
ijtimoiy 
transfertlar, 
dotatsiya 
ham 
ayrim 
choraklardagi xarajatlarining qoplanishini ta‘minlamagan 
hollarda beriladi. 
Byudjet ssudasi respublika byudjeti mablag‗lari hisobidan 
– Qoraqalpog‗iston Respublikasining respublika byudjetiga, 
viloyatlarning viloyat byudjetlariga, Toshkent shahrining 
shahar byudjetiga, shuningdek, davlat maqsadli jamg‗armalari 
byudjetlariga, mazkur byudjetlardan esa (davlat maqsadli 
jamg‗armalari byudjetlari bundan mustasno) tumanlar va 
shaharlar byudjetlariga ularning daromadlari va xarajatlari 
o‗rtasidagi rejali (9 oygacha) yoki kutilayotgan (6 oygacha) 
vaqtinchalik kassa uzilishini qoplash uchun beriladi. 

107
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 138


1
-modda.


174
Byudjet ssudalarini berishning majburiy sharti ulardan 
belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek joriy moliya yili 
mobaynida ularni o‗z vaqtida qoplashdan iborat. 
Byudjet ssudasi Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi va tegishli hokimliklarning, davlat maqsadli jam-
g‗armasini taqsimlovchi organ rahbarining byudjet ssudasiga 
bo‗lgan ehtiyojni asoslovchi hisob-kitoblar ilova qilingan yozma 
so‗rovi asosida beriladi. Byudjet ssudasi berish to‗g‗risidagi 
yozma so‗rovni ko‗rib chiqishda moliya organi qaror qabul 
qilish uchun zarur bo‗lgan axborot va hisob-kitoblarni so‗rab 
olish huquqiga ega. 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish