5.4.
Xorijiy davlatlarda byudjet-soliq siyosati va uning
yaxlitligini ta‟minlash masalalari
Xorijiy davlatlarda byudjet-soliq siyosatining mazmuni,
uning yo‗nalishlari, amalga oshirish mexanizmlari va dastak-
vositalari hamda uning yaxlitligini ta‘minlash masalalari
―Public budgeting systems‖
74
nomli qo‗llanmada yoritilgan
bo‗lib, mazkur paragrafda byudjet-soliq siyosatiga taalluqli fikr-
mulohazalar ushbu qo‗llanma asosida keltirilgan.
Xorijiy
davlatlarda,
jumladan,
AQSHda
federal
hukumatning iqtisodiyotdagi o‗rni bir nechta o‗zaro bog‗liq
funksiyalardan iborat. Birinchidan, davlat sodir bo‗layotgan
iqtisodiy munosabatlarni tartibga solib turadi. Ikkinchidan, u
bevosita ayrim tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaradi,
shuningdek, xususiy ishlab chiqarishni tartibga soladi.
Bundan tashqari davlat tovar va xizmatlarning kattagina
qismini xarid qiladi, shuningdek, daromadlarni alohida
shaxslar va fuqaro guruhlari o‗rtasida qayta taqsimlaydi. Ayrim
fikrlarga ko‗ra hukumatlar o‗z mamlakatining jahon bozoridagi
iqtisodiy jihatdan raqobatdoshligini ta‘minlashlari lozim.
Iqtisodiy
o‗sishni
davlat
tomonidan
to‗g‗ridan
to‗g‗ri
74
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems.
Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012.
130
investitsiyalash lozim, deb hisoblaydigan fikrlar bilan davlat
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlaydigan qulay iqtisodiy muhitni yaratib
berishi maqsadga muvofiq, deb e‘tirof etuvchi fikrlar o‗rtasida
katta farq bor.
75
Davlat tomonidan xo‗jalik munosabatlarini huquqiy
jihatdan tartibga solish ayrim hollarda ―o‗yin maydoni‖da
qoidalarni o‗rnatish sifatida ko‗riladi, bunda iqtisodiy
subyektlar yagona o‗yin qoidalariga bo‗ysungan holda harakat
qiladilar, ularning yutuqlari ham, omadsizliklari ham ularning
o‗z kuchli va zaif tomonlari natijasida yuz beradi. Fond
bozorlaridagi Enron va WorldCom kabi kompaniyalar
tomonidan buxgalteriya hisobining nomaqbul usullarini
qo‗llash orqali yuqori darajada daromad olinishi bilan bog‗liq
janjallar yirik fuqarolik va jinoiy ishlarning ochilishiga va
federal qonunchilikdagi o‗zgarishlarga, xususan, Sarbanes-
Oxleyga olib keldi. Shu bilan birga 2007-yilda AQSH ipoteka
bozoridagi hech narsa bilan ta‘minlanmagan derevativ qimmatli
qog‗ozlarning haddan tashqari ortib ketishi natijasida
boshlangan inqiroz qimmatli qog‗ozlar bozorini tartibga solishni
qiyinlashtirdi. Tartibga solish, biznes va konstitutsion huquq
masalalarida huquqiy asosni yaratish bosh mavzu bo‗lib qoldi.
1932-yilda Franklin D.Ruzvelt Buyuk depressiya bilan
bog‗liq iqtisodiy muammolarni yechishga federal hukumatni
jalb qilishni va‘da qilgan edi. Lekin bu ish II Jahon urushi
tugagunga qadar amalga oshirilmadi va davlatning iqtisodiyotni
rag‗batlantirishdagi o‗rni qonunchilik bilan cheklandi. 1946-
yildagi Bandlik to‗g‗risidagi (Employment Act) qonun va 1978-
yildagi To‗liq bandlik va balanslangan o‗sish to‗g‗risidagi (Full
Employment and Balanced Growth Act)
76
qonun federal
hukumat uchun makroiqtisodiy siyosatning bir nechta
75
The World Bank (2004). World development report 2005: abetter investment
climate for everyone. Klapper, L., & Love,I. (2010). New firm creation: what has been
the effect of the financial crisis? Viewpoint, no. 324, September 30. Retrieved
November 13, 2011, from http:/ /rru.worldbank.org/ PublicPolicy Journal/.
76
Employment Act of 1946 (P.L. 79-304); Full Employment and Balanced Growth
Act of 1978 (P.L.95-253).
131
maqsadlarini belgilab berdi. Ularning asosiylari bo‗lib to‗liq
bandlik, narxlarning barqarorligi va barqaror iqtisodiy o‗sish
hisoblanadi. Qonunchilikda alohida belgilanib qo‗yilmagan
bo‗lsa-da, ikkita qo‗shimcha maqsadlar ―now-equilibrium‖
siyosatida AQSH va boshqa mamlakatlar bilan munosabatlarni
muvozanatlashtirish va qarzni boshqarishni barqarorlash-
tirishga qaratilgan.
77
Xususiy
bozorga
asoslangan
yoki
markaziy
rejalashtirishga asoslangan yoxud markaziy boshqaruv bilan
bozor iqtisodiyotiga aralash tarzda asoslangan bo‗lishidan
qat‘iy nazar, ko‗pchilik sanoati rivojlangan davlatlar bozor
faolligini oshirishda mazkur maqsadlarni qabul qiladilar.
Sanoati kamroq rivojlangan, rivojlanayotgan va bozor
munosabatlari shakllanayotgan mamlakatlar ham ushbu
maqsadlarni qabul qilgan bo‗lib, ammo ushbu mamlakatlar
uchun iqtisodiy siyosatning sezilarli maqsadlari iqtisodiy
rivojlanishga ko‗maklashishga qaratilgan. Ko‗pchilik sanoati
rivojlangan mamlakatlar davlatning iqtisodiyotga aralashuvini
pasaytirish
kayfiyatida
bo‗lsalar,
80-yillarda
yapon
iqtisodiyotidagi yutuqlarda Yaponiya hukumatining ishlab
chiqarishda faol ishtirok etish va savdoning rivojlanishini
rag‗batlantirishga qaratilgan siyosatining yaqqol natijalarini
ko‗rib, ishlab chiqarishning rivojlanishida davlatning o‗rni
to‗g‗risidagi bahslar avj olib ketdi. Lekin raqobatdoshlikni
rag‗batlantirishda davlatning aralashuvini yoqlashga qaratilgan
bu bahslar bir necha o‗n yillar davomida davlatning
aralashuvisiz iqtisodiyotning taraqqiy etayotganligini (har
holda, AQSHda) e‘tirof etgan holda birmuncha so‗ndi.
Federal hukumatning birinchi uchta maqsadi avvalo, ichki
ahamiyatga ega. Ko‗p hollarda ular yagona maqsadga
qaratilgan: inflyatsiyasiz to‗liq bandlikni ta‘minlovchi iqtisodiy
o‗sish darajasiga erishish. Iqtisodiy o‗sish ishchi-xizmatchilarga
77
Musgrave, R. A., & Musgrave,P.B. (1989). Public finance in theary and practice (5th
ed.). New York, NY: McGraw-Hill; Hyman, D.N. (2010). Public finance: a contemporary
application of theary topolicy (10th ed.online). Florence, KY: Cengage Books; Rosen,
H. S. (2005). Public finance (7th ed.). New York, NY: McGraw-Hill Irwin.
132
bo‗lgan talabni keltirib chiqaradigan harakatlantiruvchi
kuchdir. Shunga qaramasdan juda tez harakatlanuvchi yoki
juda qimmat yonilg‗ida ishlovchi bu harakatlantiruvchi kuch
narxlarning nomaqbul oshib ketishiga olib keladi. Bu
maqsadlarni umumlashtirsak, iqtisodiy o‗sish bilan bandlik
o‗rtasida sabab-oqibatga asoslangan o‗zaro bog‗liqlik kelib
chiqadi. Shuningdek, to‗liq bandlik va nomaqbul inflyatsiya
tayanch iboralarning mazmunini chuqur o‗rganishni taqozo
etadi.
Rasman qaraganda, Qo‗shma Shtatlarda davlat iqtisodiy
siyosatining qonun bilan belgilab qo‗yilgan vazifalari to‗liq
bandlikni, narxlarning barqarorligini va barqaror iqtisodiy
o‗sishni ta‘minlashdan iborat. Bandlik borasidagi siyosatning
bilvosita natijalarini istisno qilganda, iqtisodiy foydani
taqsimlash Amerika Qo‗shma Shtatlari uchun iqtisodiy
siyosatning rasmiy o‗rnatilgan vazifalari qatoriga kirmaydi.
Lekin ko‗pgina boshqa mamlakatlarda aynan iqtisodiy o‗sish va
adolat davlatning to‗g‗ridan-to‗g‗ri vazifalari qatorida turadi
78
.
Boylikni taqsimlashni yaxshilashga qaratilgan aniq va maqsadli
harakatlar qilish davlat rasmiy siyosati masalasi hisoblanadi.
Davlatning
iqtisodiy
siyosati
resurslarning
qayta
taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, ammo bu taqsimot siyosiy
maqsadlarni ko‗zlab amalga oshirilishi ham, unday bo‗lmasligi
ham mumkin. Jahon bankining 2006-yilgi Inson taraqqiyoti
to‗g‗risidagi ―Adolat va taraqqiyot‖ (Equity and Development)
nomli ma‘ruzasida adolat atamasiga ―teng imkoniyatlar ... va ...
natijalarga egalik qilishdan mahrum bo‗lmaslik ‖ deb ta‘rif
berilgan
79
. Inson hayotiy maqsadlarga erishish borasida teng
imkoniyatlarga ega bo‗lishi kerak va davlat va jamiyat
tomonidan yaratilgan ne‘matlardan foydalanishda u yoki bu
guruh jamiyat a‘zolariga ustunlik berilishiga yo‗l qo‗ymaslik
lozim.
78
The World Bank (2005). World development report 2006: equity and development.
New York, NY: Oxford.
79
World Bank (2005). World development report 2006 (p.vii). New York, NY: Oxford.
133
Daromadlarni barqarorlashtirish siyosati. Daromadlarni
barqarorlashtirish siyosati iqtisodiy tengsizlik muammosini,
salbiy daromad solig‗iga har tomonlama o‗ylab yondashgan
holda bartaraf qilish yo‗llaridan biri hisoblanadi. Bu daromadni
kafolatlash, stavkalarni pasaytirish va zarar ko‗rmaydigan
daromad darajasini belgilashni nazarda tutadi. Kafolatlangan
daromadda oilaga keladigan transfer summasi nolga teng
bo‗ladi, stavkalarni pasaytirish – oilaning daromadlari oshib
borishi bilan stavkaning pasayib borishi, zarar ko‗rmaydigan
daromadlilik darajasi esa oila daromadining boshqa hech
qanday transfer olish huquqi bo‗lmagan nuqtasidir. AQShda
manfiy daromad solig‗i mavjud emas, lekin uning tamoyillari u
yoki bu darajada daromadlar transferi bilan bog‗liq bo‗lgan bir
nechta dasturlarga kiritilgan.
Transfer dasturlari. Bir qancha transfer dasturlari (oziq-
ovqat talonlari; ayollar, chaqaloqlar va bolalar uchun
qo‗shimcha ozuqa dasturlari; Medicaid dasturi) kafolatlangan
daromadga tenglashtirilgan eng kam nafaqa miqdorini
ta‘minlaydi. Ammo ijtimoiy ta‘minot tizimidagi asosiy islohotlar
doirasida insonlarning yashash davomiyligi ortib borishi bilan
ularga beriladigan imtiyozlarga jiddiy cheklovlar o‗rnatildi va
mehnat sharoitlariga qat‘iy talablar qo‗yildi.
Soliq siyosati. Xarajatlar dasturi daromadlarni qayta
taqsimlashning yagona shakli hisoblanmaydi. Turli soliqlar
turli guruhlarga turlicha ta‘sir ko‗rsatadi. Shuningdek, butun
soliq tizimining umumiy tuzilmasi daromadlarning turli ijtimoiy
guruhlar o‗rtasida qayta taqsimotiga xizmat qilishi mumkin.
1986-yildagi Soliq islohotlari to‗g‗risidagi qonunning (the Tax
Reform Act) kuchga kirishi bilan kam daromad oluvchi
guruhlar uchun soliqlar keskin kamaydi, o‗rtacha daromadli
guruhlar to‗laydigan soliqlar o‗rtacha darajada qisqardi, yuqori
darajadagi daromad oluvchi shaxslar va korporatsiyalar uchun
yuqori soliq stavkalari qo‗llanilishi belgilandi 1993-yilda soliq
stavkasining yuqori darajasi keskin ko‗tarildi. 1997-yilda soliq
stavkasining pasaytirilishi kam daromadli shaxslar uchun
134
ham, yuqori daromadli shaxslar uchun ham taalluqli bo‗ldi.
2001- va 2003-yillardagi o‗zgarishlardan esa yuqori daromadli
guruhlar foyda ko‗rdilar.
Soliq bilan bog‗liq xarajatlar odatda qayta taqsimlash
vazifasini
bajaradi.
Munitsipal
obligatsiyalar
bo‗yicha
foizlarning soliqqa tortilmasligi natijasida daromadlar ularni
sotib oluvchilar o‗rtasida yoki pensiya oluvchilar orqali yoki
pensiya fondlarining investitsiyalari orqali qayta taqsimlanadi.
Ipoteka krediti bo‗yicha daromadlar, shuningdek, uyni qayta
sotish bo‗yicha daromadlar soliqqa tortiladigan daromadlar
tarkibidan chiqariladi va shuning uchun ham bunday soliq
xarajatlari o‗rtacha va yuqori daromadli jismoniy shaxslar
o‗rtasida
qayta
taqsimlash
vazifasini
bajaradi.
Soliq
xarajatlarining qayta taqsimlash xususiyati shundaki, u soliq
siyosatining yaqqol aniq bo‗lgan alohida dastagi sifatida
namoyon bo‗lmaydi. Soliq xarajatlari bevosita xarajat sifatida
yaqqol ko‗zga tashlanmaydi, shuningdek soliqlarnig tushishini
ham oydin shaklda ko‗rsata olmiaydi.
Iqtisodiy siyosatning daromadlarning taqsimlanishiga ta‘siri
natijasida mehnat bozorida tuzilmaviy o‗zgarishlar sodir
bo‗lishini kutish yaramaydi. Masalan, yetarlicha bilim va
malakaga ega bo‗lmagan yoki eskirgan mehnat ko‗nikmalariga
ega bo‗lgan ishchi-xodimlarga, hatto tez o‗sish davrlarida ham
ish topish qiyin bo‗ladi. Shuningdek, iqtisodiy siyosat, AQShda
va xorijda milliy xavfsizlik va mudofaa talablaridan kelib
chiqqan holda, iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o‗zgarishlarga
nisbatan ojiz bo‗lib qoladi. Boshqa yo‗nalishdagi siyosat,
albatta, muhimroq tuzilmaviy muammolarga qaratiladi.
Akademik va kasbiy ta‘limga xarajatlar iqtisodiyot uchun
mutaxassislarni tayyorlash darajasini ko‗taradi. Tartibga solish
siyosati esa atrof-muhitni zararlantirishga qarshi xizmat
qiladigan dastaklarni ishlab chiqishni nazarda tutadiki, bu
choralar ekologiyaning buzilishi oqibatida ko‗rilishi mumkin
bo‗lgan zararning iqtisodiy qiymatini aniqlash zarurligini
keltirib chiqaradi.
135
Hech qanday qayta taqsimlovchi siyosat iqtisodiyotga ta‘siri
nuqtai nazaridan neytral bo‗la olmaydi. Haqiqatan ham har
qanday iqtisodiy xatti-harakat, qanday samara berishidan
qat‘iy nazar daromadlar taqsimotiga nisbatan avtomatik
ravishda daxlsiz bo‗ladi. Daromadlarning qayta taqsimlanishi
natijasida byudjet defitsiti tartibga solinadi, lekin soliqlarning
oshirilishi bir tomondan, byudjet daromadlarini ko‗paytirsa,
boshqa tomondan, iqtisodiyotning rivojlanishiga to‗sqinlik
qiladi va bu borada ekspertlar yagona xulosaga kela olmagan.
80
Qayta
taqsimlash
siyosatini
loyihalashda
iqtisodiy
samaradorlikning pasayishi mumkinligini inobatga olish va har
qanday yo‗qotishlarning oldini olishga harakat qilish lozim.
Ishchi kuchi va ishlab chiqarish quvvatlarining to‗liqsiz ishlashi
kuzatiladigan
iqtisodiy
pasayishlar
davrida
davlatning
ta‘sirchan qayta taqsimlash choralari iqtisodiyotning o‗sishini
rag‗batlantirishga qaratilgan bo‗lishi lozim. Lekin siyosiy
nobarqarorlik davrlarida bunday davlat siyosati adolatli
emasdek ko‗rinadi. Norozilik harakatlari (Occupy Movement)
2011-yilda Uoll-stritda (Occupy Wall Street) boshlanib,
AQShning boshqa shaharlariga va dunyo bo‗ylab tarqaldi.
Norozilik namoyishchilari qaror topgan iqtisodiy tizimda 1 foiz
aholi qolgan 99 foiz aholiga qarshi ishlayotgani va davlat bu
holatni yaxshilashga juda kam harakat qilayotganini
ta‘kidladilar.
Xulosa qilib aytganda, AQSh iqtisodiyotida jami iqtisodiy
faollikning 36 foizini federal, davlat va mahalliy o‗z-o‗zini
boshqarish organlarining birgalikdagi katta ta‘siri tashkil
qiladi. Federal hukumat ko‗pgina iqtisodiy maqsadlarga
erishish uchun ongli ravishda iqtisodiyotga aralashadi. Bir
qator markaziy hukumatlarning iqtisodiy siyosat borasidagi
asosiy vazifalari – iqtisodiyotdagi iqtisodiy o‗sish, umumiy
bandlik, barqaror narx-navo va pul mablag‗lari oqimidagi
muvozanat hisoblanadi. Borgan sari milliy iqtisodiyotlarning
80
Hunting the rich. (2011). The Economist, 13.
136
bir-biri bilan o‗zaro bog‗liqligi hukumat tomonidan yoki AQSh
federal hukumati tomonidan milliy iqtisodiy siyosat doirasida
raqobatbardoshlikni ta‘minlash bo‗yicha aniq maqsadlarni
ko‗zda tutilishini taqozo etadi. Qo‗shma Shtatlarda federal
byudjet defitsiti ayrim hollarda juda katta miqdorni tashkil
qiladi va ushbu defitsitni hamda umumiy davlat qarzini
boshqarish iqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri
sifatida ko‗rib chiqiladi. Ayrim mamlakatlar uchun daromad va
ijtimoiy maqomini tenglashtirishning ba‘zi darajasiga erishish
rasmiy siyosat maqsadi hisoblanadi. Adolat va xolislik qonuniy
kuchga ega bo‗lmasa-da, Qo‗shma Shtatlar siyosatining
maqsadida daromadlarning tengsizligi siyosiy jihatdan bosh
muammo hisoblanadi va federal byudjet defitsiti muammosini
hal etishning muqobil vositalarini izlashni talab qiladi.
Fiskal siyosat va pul-kredit siyosati makroiqtisodiy
ko‗rsatkichlarga ta‘sir etishda foydalanuvchi asosiy vositalar
hisoblanadi. Fiskal siyosat iqtisodiy faollikni rag‗batlantirish
yoki rag‗batlantirmaslik uchun soliqqa tortish tizimini qo‗llash
va davlat xarajatlarini ham qamrab oladi. Sarflarning
tushumlardan ortiq bo‗lishi (defitsit) talabni va bandlikni
rag‗batlantiradi.
Biroq
oxir-oqibat
inflyatsiyani
keltirib
chiqarishi ham mumkin. Daromadlarning xarajatlardan ortiq
bo‗lishi (profitsit) iqtisodiyotga teskari ta‘sir qiladi. Monetar
siyosat pul taklifi ustidan nazorat o‗rnatish orqali iqtisodiy
faollikka ta‘sir etadi. Foiz stavkasi va zaxira me‘yorlarining foiz
stavkalarini o‗zgartirish hamda obligatsiyalarni sotish yoki
sotib olish orqali Federal Rezerv iqtisodiy faollikni
sekinlashtirishi yoki tezlashtirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |