O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy



Download 5,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/257
Sana22.04.2022
Hajmi5,17 Mb.
#574312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257
Bog'liq
Давлат бюджети

 
1.2. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyati va funksiyalari 
 
Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
jihatdan rivojlanishi uchun samarali faoliyat qiluvchi davlat 
zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur 
tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatish, iqtisodiyot va 
ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me‘yoriy 
va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va 
shu bilan o‗z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun 
ijtimoiy, iqtisodiy, moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib 
berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan 
holda davlatning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat (1.1-
rasm): 


14
1.1-rasm.
 Davlatning asosiy funksiyalari
Davlat yuqorida bayon qilingan o‗z funksiyalarini 
muvaffaqiyatli bajarishi, shuningdek, mamlakat taraqqiyoti-
ning har bir bosqichida dolzarb bo‗lgan strategik maqsad va 
vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan 
moliyaviy resurslarning ma‘lum bir qismini o‗z qo‗lida 
to‗plamog‗i obyektiv zaruriyatdir. Aynan shu obyektiv 
zaruriyatning mavjud bo‗lishi 
davlat byudjetining
mavjud 
bo‗lishini va amal qilishini taqozo etadi. 
Iqtisodiy ilm ahllari orasida o‗zining teran ilmiy qarashlari, 
moliya, soliq, sug‗urta, davlat byudjeti kabi iqtisodiy 
kategoriyalarning mazmun-mohiyati, funksiyalari, kishilik 
taraqqiyotidagi o‗rni, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi ahami-
yati, amaliyotda namoyon bo‗lish shakllari to‗g‗risidagi 
fundamental ilmiy tadqiqotlari va o‗quv-uslubiy ishlanmalari 
bilan tanilgan o‗zbek iqtisodchi olimlari i.f.d., professor 
T.Malikov va i.f.d., professor N.Xaydarovlarning ―Davlat 
byudjeti‖ nomli o‗quv qo‗llanmalarida ―davlat byudjeti‖ 
tushunchasi haqida quyidagi fikrlar keltirilgan: ―Davlat 
byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma‘lum bir bosqichida 
paydo bo‗lgan bo‗lib, uning vujudga kelishi, eng avvalo, siyosiy 
tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan bevosita 
1,2 
• Bozor xo‗jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonun 
hujjatlarini ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish 
• Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, iqtisodiyotni 
samarali boshqarish va tartibga solish 
3,4 
• Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda mamlakatning jahon iqtisodiyotiga 
integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish 
• Asosiy ijtimoiy xizmatlarni kafolatlash, aholining muhtoj qatlamlarini 
ijtimoiy jihatdan qo‗llab-quvvatlash 
5,6 
• Davlat boshqaruvi, mamlakat mudofaasi va milliy xavfsizligini ta‘minlash 
• Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta‘minlash bilan bog‗liq chora-
tadbirlarni amalga oshirish va sh.k. 


15
bog‗liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo‗lgan ishlab 
chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati-
ning va byudjetning taqsimlash mexanizmi sifatidagi 
mazmunini belgilab beradi‖
2

Turli davrda va turli iqtisodiy maktab vakillari tomonidan 
yaratilgan darslik va ilmiy adabiyotlarda ―davlat byudjeti‖ 
tushunchasining 
turlicha 
talqini 
keltiriladi. 
Ayrim 
adabiyotlarda davlat byudjetiga ―davlat daromadlari va 
xarajatlari yozilmasi‖ sifatida ta‘rif berilsa, boshqalarida 
―davlatning 
asosiy 
moliyaviy 
rejasi‖ 
deb 
ta‘riflanadi, 
uchinchilari esa ―markazlashgan pul fondini shakllantirish va 
ishlatish shakli‖ deb qaraydilar.
Yuqorida keltirilgan ta‘riflarning har biri davlatning 
muayyan funksiyalarini bajarish maqsadida markazlashgan 
pul fondlarini shakllantirish va ularda jamlangan moliyaviy 
resurslarni sarflash bilan bog‗liq munosabatlarning u yoki bu 
jihatini aks ettiradi. 
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga yuqorida nomi 
keltirilgan o‗quv qo‗llanmada ―Davlat byudjeti, deyilganda eng 
avvalo, ikki tushunchaning qo‗shilishini tushunmoq kerak: 
birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni 
taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) 
munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu 
kategoriyaning namoyon bo‗lish shakli sifatida davlatning 
asosiy moliyaviy rejasi‖
3
, - deb izohlangan. 
Xorijiy adabiyotlardagi ―davlat byudjeti‖ tushunchasining 
talqiniga nazar tashlasak, masalan, ―Public budgeting 
systems‖
4
nomli qo‗llanmada keltirilishicha, ―davlat byudjeti-
ning kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat 
boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o‗z xatti-harakatlari uchun 

2
Malikov T.S., Xaydarov N.X. Davlat byudjeti. O‗quv qo‗llanma – T.: ―IQTISOD-MOLIYA‖, 


2007. 5-bet 
3
Malikov T.S., Xaydarov N.X. Davlat byudjeti. O‗quv qo‗llanma – T.: ―IQTISOD–MOLIYA‖, 
2007. 5-bet 
4
Robert D.Lee Jr., Ronald W.Johnson, Philip G. Joyce. Public Budgeting Systems. 
Jones & Bartlett Learning; 9 edition. USA, 2012. 


16
javobgarlik va mas‘uliyatga chaqirishga bo‗lgan intilish bilan 
bog‗liq‖
5
. ―Demokratik jamiyatda byudjet – bu hukumatning 
kuch va imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi 
sifatida qaralishi mumkin‖
6
.
Keltirilgan ta‘riflar va qarashlarni inkor etmagan holda 
shuni ta‘kidlash o‗rinliki, bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat 
byudjetining 
ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini
yoritishda uning: 

Download 5,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish