O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   226
umumiy 
assembliyasi 
Nazorat kengashi 
Boshqaruv 
kengashi 
Ijrochi direktorlar 
va top-menejment 
Menejer va 
xizmatchilar 
Davlat 
 
 
Nazorat 
kengashi
Aksiyadorlar 
umumiy yig

ilishi 
Direktorlar 
kengashi 
Ijrochi 
direktorlar va 
bosh 
menejerlar 
Ish 
boshqaruvchi-
lar vakillari 
Menejer va 
xizmatchilar 
Bir 
pog‘onali 
(AQSh, Buyuk 
Britaniya) 
Ikki pog‘onali 
(Kontinental 
Yevropa) 
Xitoy 


76 
4.2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va uning
vakolat doirasi 
Umumiy holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi eng yuqori 
boshqaruv organi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda eng 
avvalo aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi, ko‘rib 
chiqiladigan masalalar va qaror qabul qilish tartibi xususida 
atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi har 
yili o‘tkazilishi shart. Yillik umumiy yig‘ilish esa ustavida 
belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti 
oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’lum bir masalalar 
bo‘yicha navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlar ham o‘tkazilishi 
mumkin. Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan 
aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
o‘tkazilmasligini ham alohida ta’kidlash lozim.
Umumiy yig‘ilishni kuzatuv kengashining raisi, u uzrli 
sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, kuzatuv kengashining 
a’zolaridan biri olib boradi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va 
tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish 
tartibi, 
aksiyadorlarning 
umumiy 
yig‘ilishini 
o‘tkazishga 
tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning 
(axborotning) ro‘yxati kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. 
Aksiyadorlar 
umumiy 
yig‘ilishining 
vakolat 
doirasiga 
quyidagilar kiradi: 
- jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki 
jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash; 
- jamiyatni qayta tashkil etish; 
- jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) 
tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar 
qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va 
a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 
- e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash; 
- jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish; 
- jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish; 
- o‘z aksiyalarini olish; 


77 
- jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini 
tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning 
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 
- jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) 
saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, 
shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni 
tasdiqlash; 
- jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, 
shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan 
kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga 
rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini 
tasdiqlash; 
- jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;
- jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining 
(taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar 
yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun 
hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat 
kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining 
(taftishchisining) xulosalarini eshitish;
- jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan 
aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida 
qaror qabul qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror 
qabul qilish; 
- jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish 
to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
- imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja 
bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini 
belgilash; 
- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash; 
- aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish; 
- jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va (yoki) 
kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini 
belgilash; 
- sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha, birlashish, 
qo‘shib olish, ajralib chiqish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida 
qaror qabul qilish;


78 
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish. 
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning 
kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash 
to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi 
(direktor), 
kollegial 
ijroiya 
organining 
a’zolari, 
ishonchli 
boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, 
uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar 
hal etiladi, shuningdek jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya 
organi 
va 
kuzatuv 
kengashining 
jamiyatni 
rivojlantirish 
strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar 
to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi. 
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan 
masalalar ijroiya organ hal qilishi uchun berilishi mumkin emas. 
Lekin aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan 
quyidagi masalalar kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilishi 
mumkin: 
- jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish, shuningdek 
ustavga jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish hamda 
jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 
- aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja 
bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini 
belgilash; 
- korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga 
ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul 
qilish; 
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror 
qabul qilish; 
- korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida 
qaror qabul qilish; 
- jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash 
(tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 
- jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va 
kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash; 
- yillik biznes-rejani tasdiqlash. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish