O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   226
 
3.2. Aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari
va kamchiliklari 
Aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatining rivojlanib borishi 
mulkdorlar (aksiyadorlar)ning guruhlanishiga olib keldi. Bunda 
biznesga boshqa mulkdorlar aralashuvining oldini olish maqsadida 
yopiq tarzda aksiyadorlar guruhining amal qilishi natijasida yopiq 
aksiyadorlik kompaniyalari shakllandi. Aksiyalar oldi-sotdisi orqali 
daromad olish imkoniyatining yuzaga kelishi esa ochiq aksiyadorlik 
kompaniyalari faoliyatiga asos bo‘lib xizmat qildi va bunda 
kompaniyaning o‘zi ham qo‘shimcha aksiyalar joylashtirish orqali 
qo‘shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish imkoniyati tug‘ildi. 
Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining afzalliklari sifatida 
quyidagilarni keltirish mumkin: 
Birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalar chiqarish orqali 
qisqa muddatda katta miqdorda pul mablag‘lari jalb qilish va bu o‘z 
navbatida keng ko‘lamli biznes faoliyatini yuritish imkonini beradi. 
Bunda ustav kapitali va aksiyadorlar soni bo‘yicha yuqori 
chegaralar mavjud emasligi ham cheklanmagan sonda aksiyadorlar 
birlashuviga imkon berishini alohida qayd etib o‘tish lozim. 
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan katta 
miqdorda kapital jalb qilinishi o‘z navbatida fan-texnika taraqqiyoti 
yutuqlarini keng miqyosda joriy etish imkonini beradi. 
Uchinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari bir birlik mahsulotga 
xarajatlarni pasaytirish, xomashyo va materiallarning yirik 
zaxirasiga egalik qilish, qulay shartlarda (foizlarda) qisqa va uzoq 
muddatli kreditlar jalb qilish, keng ko‘lamli diversifikatsiyalangan 
innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha keng 
imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, bozor ishtirokchilari uchun aksiyadorlik 
jamiyatlari faoliyatining ochiqligi aksiyalar chiqarish bilan birga 
turli qarz munosabatini anglatuvchi qimmatli qog‘ozlar chiqarish 
orqali ham kapital jalb qilish imkoniyatini taqdim etadi. 
Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining mulki to‘liqligicha 
aksiyadorlar mulkidan ajratilgan. Aksiyador o‘zi uchun ma’qul risk 


62 
darajasini o‘zi belgilaydi va bankrotlik holatida aksiyaga kiritgan 
kapitalini yo‘qotadi. 
Oltinchidan, istalgan aksiyadorning jamiyatdan chiqishi, 
aksiyadorlik jamiyati faoliyatining to‘xtatilishiga olib kelmaydi, 
shuning uchun tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning boshqa 
shakllariga nisbatan taqqoslaganda faolit davomiyligi uzoq hamda 
chegaralanmagan bo‘ladi. 
Yettinchidan, birlashgan kapitalni boshqarish professional 
asosda amalga oshiriladi. 
Bizga ma’lumki, rivojlangan bozorlarga ega davlatlar 
kompaniyalar aksiyadorlik kapitaliga mablag‘lar jalb qilish imkonini 
beruvchi yuqori darajadagi ichki investitsion imkoniyatlar va 
infratuzilmaga ega hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, G‘arbiy 
Yevropada aksariyat xususiy mulkdorlar (xususiy kompaniyalar) 
aksiyalarni ochiq joylashtirishga intilmaydilar. Bunga sabab 
aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati bilan bog‘liq kamchiliklardir. 
Umumiy holda aksiyadorlik jamiyatlarining kamchiliklari sifatida 
quyidagi jihatlarni keltirish mumkin: 
Birinchidan, kapitalning haddan tashqari markazlashuvi 
aksiyadorlik jamiyatlarining tarmoq bozorlaridagi iqtisodiy ustunligi 
kuchayishini keltirib chiqaradi va ularning monopollashuvi salbiy 
oqibatlarga olib keladi. Kompaniyalar tez-tez mayda raqobatchilarni 
bozordan chiqarish maqsadida bosim o‘tkazishga intiladi, 
shuningdek o‘zining bozordagi ustunligini suiiste’mol qiladi. Bu 
jihat kichik biznesning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatining ochiqligi va shaffofligi, 
barcha moliyaviy hisobotlarni e’lon qilishga majburligi uning 
raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun sezilarli darajada yuqori 
kuch talab qiladi. 
Uchinchidan, kapitalga egalik qilishning boshqaruvdan 
ajratilishi mulkdorlar tomonidan yollanma menejment ustidan 
samarali nazoratni ta’minlash zarurati bilan bog‘liq risklarning 
yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Professional boshqaruv tez-tez 
mulkdorlar boyligi va aksiya kursiga ta’sir etuvchi nizolarga olib 
keladi. Bosh menejerlarning o‘z boyligini oshirish maqsadida yuqori 
riskli operatsiyalarni amalga oshirishi, ba’zida o‘z mansabini 
suiiste’mol qilishi (masalan, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq 
firibgarliklar) va boshqa holatlar inqirozli holatlarga olib keladi. 
To‘rtinchidan, mayda va o‘rta darajadagi aksiyadorlar odatda 
ta’sirli nazoratni amalga oshirish uchun zarur va yetarli darajada 
axborotga ega bo‘la olmaydi. Mayda investorlarning manfaatlari 
qanoatlantirilmasdan qolish holatlari ko‘p uchrab turadi. 


63 
Beshinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida qaror qabul qilish 
jarayoni murakkab hisoblanadi. Strategik masalalar bo‘yicha ijroiya 
organ direktorlar kengashi va aksiyadorlarning roziligini olishi 
lozim, buning uchun esa umumiy yig‘ilish chaqirish talab etiladi. 
Oltinchidan, kompaniya aksiyalarining erkin muomalasi uning 
boshqa kompaniyalar tomonidan qo‘shib olinishi yoki uning ustidan 
nazoratning almashinuviga imkoniyat yaratadi. 
Yettinchidan, ochiq bozorga chiqish katta miqdordagi 
xarajatlarni talab qiladi. Aksiyalarni birlamchi ochiq joylashtirish 
(IPO) to‘g‘risida qaror qabul qilish vaqtida kompaniya operatsiyani 
o‘tkazish rejalashtirilayotgan birjaning barcha listing talablarini 
o‘rganishi shart. 
Sakkizinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarida foydani ikki marta 
soliqqa tortish kuzatiladi. Ya’ni hisobot davrida erishilgan foydadan 
yuridik shaxslar foyda solig‘i (rivojlangan davlatlarda korporativ 
soliq) undiriladi. Shuningdek soliqlar to‘langandan keyingi foyda 
aksiyadorlar o‘rtasida dividend tarzida taqsimlanganda ikkinchi 
marta soliqqa tortiladi. Mazkur jihat jahon amaliyotida aksiyadorlik 
jamiyatlari faoliyatidagi o‘ziga xos kamchilik sifatida tilga olinadi. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish