O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226
 
15.3. O‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi 
 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 
12-oktabrdagi 398-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xoldinglar 
to‘g‘risida”gi Nizom «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori 
to‘g‘risida», «Raqobat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 


328 
qonunlariga muvofiq xoldinglar tashkil etish va ularning faoliyat 
ko‘rsatishi tartibini belgilaydi. 
Xoldinglarni 
davlat 
ro‘yxatidan 
o‘tkazish 
tadbirkorlik 
subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Aktivlari tarkibiga boshqa korxonalarning aksiyalari nazorat 
paketlari kiradigan aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi. 
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi o‘zida korxona 
sarmoyasida qatnashishning istalgan shaklini ifodalaydi. Ushbu 
shakl xolding qatnashchilari umumiy yig‘ilishida va uning 
boshqaruv organlari tomonidan muayyan qarorlar qabul qilinishi 
yoki rad etilishining so‘zsiz huquqini ta’minlaydi. Aksiyalarining 
nazorat paketlari xolding aktivlariga kiruvchi korxona sho‘ba 
korxona hisoblanadi. Sho‘ba korxonalar mustaqil yuridik shaxs 
hisoblanadi.
Xolding O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan 
taqiqlanmagan istalgan faoliyat bilan shug‘ullanishga haqlidir. 
Xolding boshqa xoldingning sho‘ba korxonasi bo‘lishi mumkin. 
Xolding aktivlari: 
a) qimmatli qog‘ozlar; 
b) muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, 
shuningdek xolding mablag‘lari hisobiga sotib olingan yoki hosil 
qilingan mulklar; 
v) pul mablag‘lari va boshqalar hisobidan tashkil topadi. 
Xolding xorijiy sarmoya ishtirokida yoki to‘liq uning asosida, 
shu jumladan xorijiy korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib 
olish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin. 
Xolding aktivlari tarkibiga, sho‘ba korxonalar aksiyalari 
nazorat paketlari bilan bir qatorda, aksiyalarning paritet paketlari 
(qatnashchi ikkita bo‘lgan taqdirda 50 foiz) va boshqa xo‘jalik 
jamiyatlari sarmoyasida qatnashish paketlari (aksiyalarning nazorat 
paketlari emas) kirishi mumkin. 
Xolding amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya 
faoliyatini amalga oshirishga, shu jumladan istalgan qimmatli 
qog‘ozlarni sotib olish va sotishga haqli bo‘ladi. 
Sho‘ba korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-
mulk bilan javob beradi, bosh xoldingga tegishli bo‘lgan 


329 
aksiyalarning nazorat paketi qiymati ham shu jumlaga kiradi. Bosh 
xolding ta’sis shartnomasida qayd etilgan shartlarda sho‘ba 
korxonaning qarzlari bo‘yicha javob berishi mumkin. 
Sho‘ba korxona o‘zining xoldingga tegishli bo‘lgan aksiyalari 
paketi miqdoridan qat’i nazar, biror-bir shaklda xolding aksiyalariga 
egalik qilishi mumkin emas, garov va trast (ishonilgan mulk) ham 
shu jumlaga kiradi. 
Sho‘ba korxonalar aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida 
xoldingning vakillari mazkur sho‘ba korxona aksiyalarining nazorat 
paketiga muvofiq ovozga ega bo‘ladilar. Ro‘yxati ustavda 
ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan sho‘ba korxonalarni rivojlantirishning 
strategik muhim masalalarini hal etish uchun ustavda darajali 
ko‘pchilik haqidagi norma belgilab qo‘yiladi. 
Xoldinglar yuridik shaxs hisoblanadi hamda «Aksiyadorlik 
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish 
to‘g‘risida», «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida», «Raqobat 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, mazkur Nizom va 
O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari asosida 
faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik 
shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar xolding 
muassislari va qatnashchilari bo‘lishlari mumkin. 
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning qatnashish 
xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasining chet el investitsiyalari 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 
Xoldingning nomiga «xolding» so‘zi qo‘shilgan bo‘lishi hamda 
uning turi («AJ» aksiyadorlik jamiyati) ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 
Xolding tashkil etish va uni ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorlik 
subyektlarini davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish uchun 
belgilangan tartibda mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlar 
hisobga olingan holda amalga oshiriladi. 
Xoldinglar turdosh korxonalarni kooperatsiyalashga ko‘mak-
lashish hamda ular tomonidan kelishilgan investitsiya siyosati 
amalga oshirilishi uchun tashkil etiladi. Xoldingga yoki uning 
sho‘ba korxonalaridan biriga xolding kompaniyaning sho‘ba 
korxonalari mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) uchinchi shaxslar 
tomonidan sotilishi huquqi berilishiga, shuningdek ko‘rsatib 


330 
o‘tilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar xolding tomonidan 
biror-bir shaklda belgilab qo‘yilishi huquqi berilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Quyidagi tarmoqlarda xoldinglar tashkil etilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi: 
savdo, moddiy-texnika ta’minoti, umumiy ovqatlanish, maishiy 
xizmat, kommunal xo‘jalik, transport (temir yo‘l, aviatsiya, 
truboprovod transporti va mutlaq ravishda xalqaro tashishlarni 
amalga 
oshiruvchi 
korxonalardan 
tashqari), 
xalq 
badiiy 
hunarmandchiligi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Davlat 
tasarrufidan chiqarilmaydigan yoki davlat tasarrufidan chiqarish, 
xususiylashtirishda, sotib olish va ijaraga berishda cheklashlarga 
ega bo‘lgan davlat korxonalari va mol-mulki asosida xoldinglar 
tashkil etishga ushbu cheklashlar bekor qilingunga qadar yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Tashkil etilayotgan xoldinglar barcha turdagi xo‘jalik 
uyushmalari (ittifoqlar, kontsernlar, konsortsiumlar, korporat-
siyalar 
va 
boshqalar)ning 
yoki 
korxonalarning 
boshqa 
birlashmalari, shuningdek davlat boshqaruvi organlarining huquqiy 
vorislari bo‘lishi mumkin emas. 
Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonaning (korxona 
bo‘linmasining) sho‘ba korxonaga aylantirilishiga ana shu korxona 
mehnat jamoasining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Bunday rozilik 
umumiy yig‘ilishda barcha xodimlarning yarmidan ko‘pining ovozi 
bilan qabul qilinadi. 
Sarmoyasining 50 foizdan ortig‘ini boshqa emitentlarning 
qimmatli qog‘ozlari va o‘zga moliyaviy aktivlari tashkil etgan xolding 
moliyaviy xolding hisoblanadi. 
Moliyaviy xolding aktivlari tarkibiga faqat qimmatli qog‘ozlar va 
o‘zga moliyaviy aktivlar, shuningdek xolding boshqaruvi apparati 
faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun bevosita zarur bo‘lgan mol-
mulk kirishi mumkin. 
Aktivlari tarkibi ta’sis etish paytida ko‘rsatib o‘tilgan talabga 
muvofiq kelmaydigan moliyaviy xolding davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida uni bajarish uchun 
zarur bo‘lgan xatti-harakatlarni amalga oshirishi kerak. 


331 
Ko‘rsatib o‘tilgan talabning bajarilmasligi ushbu xoldingning 
aksiyalari emissiyasi prospektini ro‘yxatdan o‘tkazgan organning 
taqdimnomasi asosida xo‘jalik sudi tomonidan moliyaviy xoldingni 
tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi. 
Moliyaviy xoldinglar mutlaq darajada investitsiya faoliyati 
yuritishga haqlidirlar, ular uchun faoliyatning boshqa turlari 
taqiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va uning 
hududiy organlari (keyingi o‘rinlarda davlat mulkini boshqarish 
vakolati berilgan organlar) moliyaviy xoldinglar ustav fondiga 
korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish tartibida tashkil etilgan 
aksiyadorlik jamiyatlari ustav sarmoyasining 20 foizidan ortig‘ini 
tashkil etuvchi aksiyalar paketini qo‘shishga haqli emaslar. 
Moliyaviy xolding sho‘ba korxonalarning ishlab chiqarish va 
tijorat faoliyatiga aralashishga haqli emas. Moliyaviy xolding 
vakillari faqat sho‘ba korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida 
qatnashishlari mumkin. Moliyaviy xolding vakillarining kuzatuv 
kengashi, boshqaruv va sho‘ba korxonalari boshqaruvining boshqa 
organlari tarkibiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Moliyaviy xolding o‘ziga tegishli aksiyalar bilan qimmatli 
qog‘ozlarning tashkil etilgan bozoridan (fond birjasidan) boshqa 
joyda bitishuvlar sodir etishga haqli emas. Fond birjasida 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan aksiyalar bilan 
amalga oshirilgan bitishuvlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. 
Davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishda xoldinglar tashkil etilishi mumkin. 
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishda xoldinglar 
tashkil etish to‘g‘risidagi taklif davlat mulkini boshqarishga vakil 
qilingan organlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda 
kiritiladi. 
Taklifda: 
xolding tashkil etish zarurligi asoslanishi, uning faoliyati 
maqsadi va vazifalari ko‘rsatilgan bo‘lishi; 
tashkil etilayotgan xoldingga kiritilishi taklif etilayotgan 
korxonalar (bo‘linmalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi; 


332 
ishlab chiqarishning umumiy hajmida ko‘rsatib o‘tilgan 
korxonalar 
(bo‘linmalar) 
tomonidan 
ishlab 
chiqariladigan 
mahsulotlar ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan bo‘lishi; 
xolding boshqaruv organlarining vakolatlarini, xoldingning 
sho‘ba korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari tartibini belgilovchi 
xoldingning ta’sis hujjatlari loyihalari mavjud bo‘lishi kerak. 
Arizaga ilovada sho‘ba korxonalar sifatida xolding tarkibiga 
kiritish taklif etilayotgan korxonalar (bo‘linmalar) mehnat 
jamoalarining qarori bo‘lishi lozim. Ushbu qaror mazkur Nizomning 
II bo‘limi 8-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. 
Qayta o‘zgartirilayotgan va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan 
korxonalar asosida tashkil etilayotgan xoldingning muassislari 
davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar, shuningdek 
paylar, ulushlar, aksiyalar ko‘rinishidagi o‘z mablag‘larini qo‘yish 
xohishini bildirgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishlari 
mumkin. Xolding qatnashchilari soni cheklanmagan. 
Yirik korxonani qayta tuzish va davlat tasarrufidan chiqarish 
tartibida uning tarkibidan yuridik mustaqil (sho‘ba) korxonalarni 
ajratgan holda xolding tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib 
chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlar: 
butun 
korxonaning 
yoki 
ajratib 
chiqarilayotgan 
bo‘linmalarning 
ustav 
sarmoyasini 
ko‘paytirish 
maqsadga 
muvofiqligini baholaydilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga 
investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular 
o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar. 
Yuridik mustaqil korxonalarning aksiyalari paketlarini 
birlashtirish tartibida xolding kompaniya tashkil etish to‘g‘risidagi 
masalani ko‘rib chiqishda davlat mulkini boshqarishga vakil 
qilingan organlar: 
tashkil etilayotgan xolding kompaniyaga kiritilayotgan, yoxud 
xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘layotgan va umumiy asoslarda davlat 
tasarrufidan chiqarilishi kerak bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini 
aniqlaydilar; 
- korxonalar mehnat jamoalarining qarorlarini va (yoki) 
ularning 
korxonalarni 
xoldingning 
sho‘ba 
korxonalariga 
aylantirishga roziligini hisobga oladilar; 


333 
qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishning ehtimol tutilgan 
usullarini ko‘rib chiqadilar, zarurat bo‘lganda ehtimol tutilgan o‘zga 
investorlarni xolding qatnashchilari safiga kiritish uchun ular 
o‘rtasida tanlov o‘tkazadilar. 
Korxona (ajralib chiqadigan bo‘linma) qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlik jamiyatiga aylantiriladi. 
O‘zga 
investorlarning 
ishtirokisiz 
tashkil 
etilayotgan 
xoldingning ustav fondiga qo‘shiladigan mulk qiymati qonun 
hujjatlariga muvofiq baholanadi. 
O‘zga investorlar ishtirokida xolding tashkil etishda 
kompaniya qatnashchilari tomonidan qo‘shiladigan ulushlar 
miqdori mol-mulkning bozor bahosidan kelib chiqib, tomonlarning 
roziligiga ko‘ra baholanadi. 
Sho‘ba 
korxonalarga 
(bo‘linmalarga) 
aylantiriladigan 
korxonalar xodimlari davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan 
organning roziligi bilan tasdiqlangan ro‘yxatlarga va yopiq obuna 
natijalariga muvofiq ular tomonidan berishga va sotishga 
mo‘ljallangan aksiyalarni xoldingning ustav fondiga qo‘shishlari 
mumkin. 
Eslatib 
o‘tilgan 
aksiyalarning 
o‘rniga 
sho‘ba 
korxonalarning xodimlariga xolding aksiyalari beriladi (nominal 
qiymati bo‘yicha sotiladi). 
Xolding tashkil etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini 
boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan qabul qilingan 
taqdirda: 
sho‘ba korxonalarning aksiyalari paketlari davlat mulkini 
boshqarishga vakil qilingan organ tomonidan xolding ustav 
sarmoyasini to‘lash tartibida qo‘shiladi. Bunda xolding ustav 
sarmoyasi aksiyalarning ushbu paketlari va unga muassislar 
tomonidan beriladigan boshqa aktivlarning jami nominal qiymatiga 
teng bo‘ladi; 
sho‘ba korxonalarning qolgan aksiyalari davlat mulkini 
boshqarishga vakil qilingan organlarga taqsimlash (sotish) uchun 
beriladi; 
xolding aksiyalari uning qatnashchilari o‘rtasida ularning 
ulushlariga muvofiq taqsimlanadi. 
Davlat mulkida bo‘lgan xolding aksiyalari sotilishi kerak. 


334 
Xolding kompaniyaning u yoki bu aksiyalari paketini biror-bir 
muddatga davlat mulkiga biriktirib qo‘yishga, agar bunga aksiyalari 
xolding kompaniya aktivlari tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar 
uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan yo‘l qo‘yilgan holdagina yo‘l 
qo‘yiladi. 
Nodavlat yuridik shaxslar tomonidan xoldinglar: 
- nodavlat yuridik shaxslar aksiyalarining nazorat paketlarini 
ixtiyoriy birlashtirish; 
- nodavlat xo‘jalik jamiyati tomonidan boshqa xo‘jalik 
jamiyatlari aksiyalarining nazorat paketlarini sotib olish yo‘li bilan 
tuziladi. 
Xoldinglar yilning har choragida o‘z balanslarini, foyda va 
zararlar schyotlarini, shuningdek boshqa korxonalarning o‘zlariga 
tegishli aksiyalari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni hamda qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotni e’lon qilishga 
majburdirlar. 
15.4-rasm.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish