O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   226
Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular 
tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
66
 
 
№ 
Hududlar 
Aksiyadorlik jamiyatlari 
Chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar hajmi 
Soni 
Jamiga 
nisbatan 
foizda 
Milliard 
so‘mda 
Jamiga 
nisbatan 
foizda 

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
22 
3,34 
70,6 
0,2 
2 Andijon 
43 
6,53 
662,9 
2,2 
3 Buxoro 
38 
5,77 
124,1 
0,4 
4 Jizzax 
18 
2,73 
306,8 
1,0 
5 Qashqadaryo 
47 
7,13 
181,5 
0,6 
6 Navoiy 
22 
3,34 
833,5 
2,7 
7 Namangan 
29 
4,40 
151,4 
0,5 
8 Samarqand 
32 
4,86 
90,8 
0,3 
9 Surxondaryo 
23 
3,49 
54,4 
0,2 
10 Sirdaryo 
17 
2,58 
172,2 
0,6 
11 Toshkent viloyati. 
49 
7,44 
1110,5 
3,6 
12 Farg‘ona 
46 
6,98 
435,8 
1,4 
13 Xorazm 
29 
4,40 
79,9 
0,3 
14 Toshkent shahri 
244 
37,03 
26189,3 
86,0 
JAMI: 
659 
100,0 
30463,5 
100,0 
66
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlari asosida tuzildi. 


251 
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat 
ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi 
Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 
milliard so‘mlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar 
chiqarilgan. Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga 
to‘g‘ri keladi. 
Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtayi nazaridan 
investitsiya institutlari
, xususan investitsiya va pay fondlari bilan 
munosabatlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini 
jalb etish va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida 
aksiyalar chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – 
aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”
67
. Keltirilayotgan 
ta’rifdan ham ko‘rishimiz mumkinki, investitsiya fondlari bevosita 
qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatadi va korporativ 
qimmatli qog‘ozlar bilan ham operatsiyalarga kirishadi. 
Milliy 
qonunchiligimizga 
ko‘ra,“aksiyadorlik 
jamiyatlari, 
banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, 
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning 
mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning 
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik 
va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya 
fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish 
manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish 
byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush 
bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari, 
fond va tovar birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan 
o‘tishi kerak”
68
. Shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda 
ixtiyoriylik asosida ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati 
davomida auditorlik tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga 
kirishishga majbur. Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda 
auditorlik xulosasi talab etilishi ham korporativ tuzilmalar va 
auditorlik tashkilotlarining o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.
Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy 
munosabatlar o‘z-o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan 
67
O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda. 
68
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.


252 
xarakterli. Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali 
qo‘yilgan maqsadga erishish, ya’ni foydani maksimallashtirish 
uchun xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy 
munosabatlar tashkil etilishi talab etiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va 
taklif asosida shakllanadi. Shuningdek ma’lum bir holatlarda 
aktivlarning bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlari 
davomida ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish 
uchun baholash tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri 
keladi. Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash 
tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar 
ham mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini 
baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi 
kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish 
orqali amalga oshiriladi”
69
. Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka 
ko‘ra, “Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk 
huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb 
etilgan taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat 
tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga 
topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati 
aniqlanayotganda; baholash obyektlaridan garov narsasi sifatida 
foydalanayotganda; baholash obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga 
shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda; baholash obyektlari 
bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz 
kechilayotganda; baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav 
fondlariga ulush tariqasida berilayotganda majburiydir. 
Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida 
nizo 
chiqqan 
taqdirda 
ham, 
shu 
jumladan 
mol-mulk 
natsionalizatsiya qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; 
taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki 
bo‘linayotganda; mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun 
sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; soliqlar va boshqa majburiy 
69
O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda. 


253 
to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda 
majburiydir”
70
, deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ 
tuzilmalar bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini 
baholash yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. 
Umuman baholovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki 
qimmatli qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va hokazolarda 
ham namoyon bo‘ladi. 
Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning 
tashkil etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga 
yangi texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. 
Korporativ tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati 
cheklangan sharoitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan 
samarali bo‘lishi mumkin. 
Soliq maslahatchilari bilan munosabatlarda esa soliq 
imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq 
xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Bu 
haqda to‘rtinchi bobda atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari, 
yuridik 
xizmatlar 
ko‘rsatuvchi 
subyektlar, 
ilmiy 
tadqiqot 
muassasalari, birjalar va boshqa ijtimoiy hamda bozor 
infratuzilmalari subyektlari bilan ham moliyaviy munosabatlarga 
kirishishlari mumkin. 
Bugungi kunda korporativ moliyaviy munosabatlarda birla-
shishlar va qo‘shib olishlar operatsiyalari xalqaro miqyosda keng 
qo‘llanilib kelinayotgan amaliyotlardan biri ekanligidan kelib 
chiqqan holda mazkur masalaga e’tibor qaratishni maqsadga 
muvofiq, deb hisoblaymiz. 
Korporativ moliyaviy taraqqiyotda har qanday korporativ 
tuzilma rivojlanish strategiyasini belgilashda o‘z tashkiliy tuzilmasi 
doirasida yoki boshqa mustaqil iqtisodiy subyektlar bilan birlashish 
orqali rivojlanishga e’tibor qaratadi. Shu boisdan korporativ 
birlashishlar va qo‘shib olishlar bugungi kunda korporativ 
moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi. 
Bunda bir kompaniya tomonidan boshqa bir kompaniya ustidan 
nazorat o‘rnatilishi natijasi hisoblangan qo‘shib olish operatsiyalari, 
70
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda. 


254 
shuningdek
 
ikki yoki undan ortiq kompaniya yanada yirikroq 
kompaniyani tashkil etish maqsadida o‘zaro birlashishlari hisobiga 
yangi kompaniyalar faoliyati tashkil etilishi kabilarni alohida qayd 
etib o‘tishimiz mumkin. Birlashish va qo‘shib olish bitimlari orqali 
yangi biznesni tashkil etishdan asosiy maqsad biznesga qo‘shimcha 
elementlarni birlashtirish va integratsiyalash hisobiga kompa-
niyaning strategik ustunligini ta’minlashdan iborat. Moliyaviy 
jihatdan yuqori salohiyatga ega kompaniyalar bozorda yanada 
raqobatbardosh bo‘lgan kompaniyani tashkil etish maqsadida 
nisbatan kuchsiz bo‘lgan kompaniyalarni o‘ziga qo‘shib olishga 
harakat qiladi. Shuningdek, moliyaviy jihatdan o‘zaro teng kuchga 
ega kompaniyalar bozorda o‘z ulushini ko‘paytirish yoki o‘z 
samaradorligini oshirish maqsadida o‘zaro birlashadilar. Keltirib 
o‘tilayotgan ustunlik jihatlar tufayli qo‘shib olinuvchi kompaniyalar 
ko‘p hollarda o‘zlarini boshqa kompaniyalar xarid qilish usuli orqali 
qo‘shib olishlariga rozi bo‘ladi. Chunki, ular keskin raqobat 
muhitida o‘zlarining mustaqil ravishda jon saqlab qola olishlariga 
ko‘zlari yetmaydi. Korporativ birlashish va qo‘shib olish 
operatsiyalari aniq hisob-kitoblarga qat’i ravishda asoslanishini 
ham 
unutmaslik 
lozim. 
Chunki 
bunday 
operatsiyalar 
muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishi natijasida biznesning tugatilish 
holatlari ham ko‘p uchraydi. 
Korporativ tuzilma pul mablag‘laridan samarali foydalanish 
maqsadida turli maqsadli fondlarni shakllantiradi. Har bir pul 
fondining o‘z maqsad va vazifalari belgilanadi. Pul fondlarini 
shakllantirish orqali korporativ tuzilma o‘z faoliyatini kerakli 
mablag‘lar bilan ta’minlashga intiladi, faoliyatini kengaytirib boradi; 
pul oqimlari harakatini ishlab chiqarish uzluksizligiga qaratadi; 
ilmiy texnika jarayonini moliyalashtiradi; yangi texnikani 
o‘zlashtiradi va joriy etadi; subyektlarni iqtisodiy rag‘batlantiradi; 
byudjet, bank va hokazolar bilan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish