O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


 Oltin aksiya amaliyoti va uning O‘zbekistonda



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   226
 
11.3. Oltin aksiya amaliyoti va uning O‘zbekistonda
qo‘llanilish xususiyatlari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korporativ tuzilmalar va davlat 
o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etishning biror bir ideal modeli 
mavjud emas. Shuning uchun ham rivojlangan bozor iqtisodiyotiga 
ega davlatlarda ham davlat tomonidan tartibga solish amal qilib 
kelmoqda. Bunda davlat ulushi bilan birga mahalliy hokimiyatlar 
ulushini ham strategik ahamiyatga ega yirik korporativ tuzilmalar 
ustav kapitaliga kiritish orqali davlat ishtirokini ta’minlash 
amaliyoti xorijiy mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va bu jihat 
korporativ boshqaruvda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Korporativda davlat ishtiroki oltin aksiya amaliyotini qo‘llash orqali 
ham amalga oshiriladi. 
Oltin aksiya ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida davlat 
boshqaruvini saqlab qolish vositasi bo‘lib, davlat vakilining alohida 
huquqlarga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Oltin aksiya davlat 
tomonidan kompaniyalarni moliyalashtirish va daromad olish 
vositasi hisoblanmaydi. Bu jihat o‘z-o‘zidan oltin aksiyaning 
sotilmasligini ifodalaydi. Bunda kompaniya aksiyalarining ma’lum 
paketiga ega sifatida davlat vakili aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida, 
kuzatuv kengashida hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi. Mazkur jihat 
o‘z navbatida mamlakat iqtisodiyoti va jamiyat manfaatlarini 
himoya qilishga xizmat qiladi. Oltin aksiya amaliyoti xorijiy 
mamlakatlar amaliyotida keng qo‘llanilmoqda va bu amaliyot 
o‘zining ijobiy samarasini berib kelmoqda. 
Oltin aksiya amaliyotini qo‘llash nazariy jihatdan davlat 
vakilining korporativ tuzilmada strategik muhim qarorlarni ishlab 
chiqishda va qabul qilishda ishtirok etish, tashkilot faoliyatini, 
uning rentabellik ko‘rsatkichlarini va o‘sish sur’atlarini nazorat 
qilib borish kabilarni nazarda tutadi. 
Oltin aksiyaning xorijiy davlatlarda qo‘llanilishi korxonalarni 
rivojlantirishni boshqarib borishda ishonchli vosita sifatida yuzaga 


230 
chiqdi. Bu amaliyot o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida keng 
qo‘llanilib kelinayotganligiga qaramasdan, Evropa mamlakatlarida 
ham kuzatilishini alohida ta’kidlash lozim. Umuman oltin aksiya 
amaliyotining asoschisi Margaret Tetcher hisoblanadi va u XX 
asrning 80-yillarida Buyuk Britaniyada xususiylashtirilgan 
korporativ tuzilmalarni boshqarishda mazkur amaliyotni birinchi 
faol tarzda qo‘llagan. Margaret Tetcherning bu islohoti nihoyatda 
muvaffaqiyatli amalga oshirilgach, bir necha yil o‘tib butun 
Evropani qamrab oladi. Shuni qayd etish kerakki, Britaniyada 
oltin aksiya amaliyoti tashkiliy masalalarda aralashuvdan tashqari 
kapitalni boshqarishda, foydani taqsimlashda ham davlatning 
bevosita ishtirokini nazarda tutgan. 
Oltin 
aksiyaning 
qo‘llanilishi 
yangi 
tashkil 
etilgan 
kompaniyalar rivojlanishiga davlat aralashuvining salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi, korporativ huquqning buzilishiga olib kelishi tufayli 
2008-yilda Yevropa arbitraj sudi mazkur amaliyotni bekor qilish 
bo‘yicha qaror qabul qildi. Chunki Yevropaning rivojlangan 
davlatlaridagi kompaniyalar aksiyadorlari tomonidan ilgari 
surilgan har tomonlama asosli ko‘plab qarorlar qabul qilinishi 
davlat vakili tomonidan to‘xtatib qo‘yilishi aksiyadorlarning keskin 
noroziligiga olib kelgan edi. Aynan keltirilgan jihat sabab Yevropa 
ittifoqiga a’zo davlatlarda bu amaliyot bekor qilindi. Ayni paytda 
mazkur amaliyot Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Rossiya, 
Qozog‘iston va boshqa davlatlarda eng muhim strategik 
kompaniyalardagina qo‘llanilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-iyuldagi 
PF-3897-sonli «Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini 
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida» Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 
Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 24-iyuldagi 151-sonli “Davlat 
tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish 
maxsus 
huquqi 
(«oltin 
aksiya»)dan 
foydalanish 
tartibi 
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Aynan keltirilgan qaror bilan 
“Davlat tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok 
etish maxsus huquqi («oltin aksiya»)dan foydalanish tartibi 
to‘g‘risida”gi Nizom 
tasdiqlangan. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya 


231 
qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va “Davlat tomonidan aksiyadorlik 
jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqi («oltin 
aksiya»)dan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom mamlakatimizda 
aksiyadorlik jamiyatlarida oltin aksiya qo‘llanilish tartibini 
belgilaydi. 
«Oltin aksiya» davlatning ayrim jamiyatlarni boshqarishda 
ishtirok etishiga doir maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga 
ega bo‘lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki 
jamiyatlarning davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib 
realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qaroriga asosan joriy etiladi va mamlakatning 
iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi. 
«Oltin aksiya» qiymatga ega bo‘lmaydi, boshqa shaxsga 
o‘tkazilmaydi hamda garovga berilmaydi, jamiyat ustav kapitalining 
miqdorini belgilashda va dividendlarni hisoblashda inobatga 
olinmaydi. 
«Oltin aksiya» jamiyatning ustav kapitalida davlat ulushi 
mavjud bo‘lmagan yoki bu ulush jamiyat ustav kapitalining yigirma 
besh foizdan oshmaydigan jamiyatlarda joriy etilishi mumkin. 
Davlatning «oltin aksiya»dan foydalanish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Davlat tomonidan jamiyatni boshqarishda ishtirok etishga 
bo‘lgan maxsus huquq («oltin aksiya») joriy etilayotgan jamiyat 
ustavida davlatning mazkur maxsus huquqdan foydalanishi 
to‘g‘risidagi qoidalar ko‘rsatiladi. Bunda «oltin aksiya» joriy etish 
to‘g‘risida qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyati jamiyatning 
ustaviga tegishli ma’lumotlarni kiritgan holda uni qayta ro‘yxatdan 
o‘tkazadi, «oltin aksiya»dan foydalanishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror 
qabul qilinganda esa jamiyat ustavidan ushbu ma’lumotlarni 
chiqarib tashlaydi. Shuningdek ilgari jamiyat ustavida belgilangan 
kuzatuv kengashi tarkibi a’zolari soniga o‘zgartirishlar kiritadi.
«Oltin aksiya» jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat 
vakilini tayinlash vositasida realizatsiya qilinadi.
Agar jamiyatga nisbatan «oltin aksiya»ni joriy etish to‘g‘risida 
qaror qabul qilingan bo‘lsa, jamiyat aksiyadorlarining reyestriga 
davlat vakili ham kiritiladi. Umuman, davlat ayni bir paytda «oltin 
aksiya»ga hamda aksiyadorlik jamiyatining 25 foizdan ortiq 


232 
bo‘lmagan oddiy aksiyalariga egalik qilgan taqdirda davlat vakili 
«oltin aksiya» egasi bo‘lgan davlat vakolatlarini amalga oshirish 
bilan bir qatorda davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi 
vakolatlarini ham bajaradi. 
Bunda davlat vakili aksiyadorlar reyestriga ikki marta — «oltin 
aksiya»dan foydalanish bo‘yicha davlat vakili hamda tegishli davlat 
aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida kiritiladi. 
Davlat vakili davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi 
vakolatlarini davlat aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risidagi 
qonun hujjatlariga muvofiq bajaradi. 
Davlat vakili Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi 
aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan 
monitoring olib borish komissiyasi tomonidan tayinlanadi. 
Davlat vakilini tayinlash uchun nomzodlar bo‘yicha taklif 
Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda 
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish, davlat qo‘mitasi 
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan 
kiritiladi. 
Davlat vakili uch yil muddatga tayinlanadi. 
Davlat vakili jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishida va 
kuzatuv kengashi majlislarida ma’lum doiradagi masalalar bo‘yicha 
veto qo‘yish huquqi bilan majburiy tartibda ishtirok etadi. Bunda 
davlat vakiliga aksiyadorlik jamiyati ustavida belgilangan tartib-
qoidaga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlari va kuzatuv 
kengashi majlislari o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma xabarnoma, ularda 
ko‘rib chiqish uchun kiritilayotgan materiallar nusxalari, 
aksiyadorlik jamiyati faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar, shu 
jumladan aksiyadorlik jamiyatining tijorat siri bo‘lgan axborotlar 
majburiy tartibda taqdim etiladi. 
Davlat vakili quyidagi masalalar bo‘yicha «veto» qo‘yish 
huquqi bilan, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida va kuzatuv kengashi 
majlislarida majburiy tartibda ishtirok etadi: 
- aksiyadorlik jamiyati ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish yoki aksiyadorlik jamiyatining yangi tahrirdagi ustavini 
tasdiqlash; 
- aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish; 


233 
- aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini 
o‘zgartirish; 
- aksiyadorlik jamiyatini tugatish, tugatish komissiyasini 
tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;
- aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali miqdorini oshirish yoki 
kamaytirish; 
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitimlar tuzish yoki 
affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish; 
- aksiyadorlik jamiyatining tijorat va notijorat tashkilotlarida 
ishtirok etishi; 
- aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash; 
- korporativ obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul 
qilish;
- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror 
qabul qilish;
- korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida 
qaror qabul qilish; 
- ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), 
rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 
- ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalarning 
miqdorlarini belgilash; 
- jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash. 
Yuqorida keltirilgan masalalar bo‘yicha qabul qilingan 
qarorlarga veto qo‘yish ushbu qarorlar qabul qilingan kuni yozma 
shaklda amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishi va kuzatuv kengashining davlat vakili ishtirokisiz 
qabul qilingan qarorlari, shuningdek davlat vakili tomonidan veto 
qo‘yilgan qarorlari ijro etilmaydi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va 
kuzatuv kengashi tomonidan mazkur yuqorida ko‘rsatilganlardan 
tashqari boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilinishida davlat 
vakili ovoz berishda qatnashmaydi. Lekin davlat vakili ayni bir 
vaqtda aksiyadorlik jamiyatining oddiy aksiyalari davlat paketini 
boshqargan hollarda esa ovoz berishda ishtirok etishini ham qayd 
etish shart. 
Davlat vakili o‘z vakolatlarini Xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining Iqtisodiyot 
vazirligi va Moliya vazirligi takliflari hisobga olingan holda 
tayyorlangan yozma ko‘rsatmalari asosida amalga oshiradi. 


234 
Davlat vakili kuzatuv kengashi majlisi yoki aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi sanasigacha kamida 15 kundan 
kechikmay Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat 
aktivlarini boshqarish markaziga kuzatuv kengashi majlisi va 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibi to‘g‘risidagi axborotni, 
shu jumladan zarurat bo‘lganda «veto» qo‘yish huquqidan 
foydalanishga doir taklifni yuboradi. Bunda axborotga ko‘rib 
chiqilayotgan masalalar bo‘yicha davlat vakilining nuqtayi nazari 
asosli bayon qilingan tushuntirish xati ilova qilinadi. 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini 
boshqarish markazi davlat vakilidan tegishli hujjatlar olingan 
sanadan boshlab ikki kun muddatda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya 
vazirligining «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning maqsadga 
muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasini so‘raydi. 
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazidan 
tegishli hujjatlar olingan sanadan boshlab 3 kun mobaynida 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini 
boshqarish markaziga «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishning 
maqsadga muvofiqligi bo‘yicha o‘zining aniq nuqtayi nazarini yozma 
shaklda taqdim etadi. 
«Veto» 
qo‘yish 
huquqidan 
foydalanishning 
maqsadga 
muvofiqligi 
yuzasidan 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, Iqtisodiyot 
vazirligi yoki Moliya vazirligi o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud 
bo‘lgan taqdirda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va 
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat 
aktivlarini boshqarish markazi kelishilgan qaror qabul qilinishi 
uchun ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklarning vakillari va davlat vakili 
ishtirokida kelishuv kengashi o‘tkazadi. 
Agar 
kelishuv 
qarori 
ishlab 
chiqilmagan 
bo‘lsa 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 


235 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini 
boshqarish 
markazi 
zarur 
materiallarni, 
shu 
jumladan 
kelishmovchiliklar ro‘yxati va tomonlarning nuqtayi nazarlari 
asosnomasi bilan birgalikda kelishuv kengashi protokolini 
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va 
korporativ 
boshqaruv 
tizimini 
takomillashtirish 
bo‘yicha 
komissiyaga taqdim etadi. Komissiya belgilangan tartibda uzil-kesil 
qaror qabul qiladi. 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini 
boshqarish markazi davlat vakilidan tegishli hujjatlar olingan 
sanadan boshlab 15 kundan kechikmay qabul qilingan qaror 
to‘g‘risida davlat vakiliga «veto» qo‘yish huquqidan foydalanishga 
nisbatan aniq yozma ko‘rsatmalarni yuboradi. 
Davlat vakili o‘z faoliyati davomida quyidagilarga majbur: 
- o‘z vakolatlarini Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish 
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat 
aktivlarini boshqarish markazidan olingan ko‘rsatmalarga qat’i 
muvofiq ravishda amalga oshirish; 
- o‘ziga yuklangan vakolatlarni amalga oshirish paytida o‘ziga 
ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik 
va ulardan davlatning, aksiyadorlik jamiyatining va uning 
aksiyadorlarining 
manfaatlariga 
zid 
bo‘lgan 
maqsadlarda 
foydalanmaslik; 

O‘zbekiston 
Respublikasining 
Xususiylashtirish, 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markaziga o‘z vakolatlarini 
amalga oshirish bo‘yicha o‘zi olgan har bir ko‘rsatmaning bajarilishi 
natijalari to‘g‘risida yozma axborot taqdim etish. 
Davlat aktivlarini ishonchli boshqarish vakolatlari ayni bir 
vaqtda 
bajarilgan 
taqdirda 
davlat 
vakili 
O‘zbekiston 
Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish 
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat 
aktivlarini boshqarish markaziga qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda ushbu vakolatlarning bajarilishi to‘g‘risida alohida 
hisobotlar taqdim etadi.
 


236 
Davlat vakili O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga 
muvofiq davlat mablag‘lari hisobiga har yillik taqdirlash puli oladi. 
Davlat vakili aksiyadorlik jamiyatidan qo‘shimcha taqdirlash puli 
olishga haqli emas, davlat aktivlarini ishonchli boshqarish 
vakolatlari ayni bir vaqtda bajarilgan holat bundan mustasno.
 
Davlat vakili faoliyatini nazorat qilish Xususiylashtirilgan 
korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi, 
shuningdek 
iqtisodiyot 
tarmoqlari 
korxonalari 
bo‘yicha 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini 
boshqarish markazi tomonidan tayyorlangan umumlashtiruvchi 
materiallar asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi 
tomonidan amalga oshiriladi.
 
Davlat vakili o‘ziga yuklangan vakolatlardan O‘zbekiston 
Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish 
va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat 
aktivlarini boshqarish markazining Vazirlar Mahkamasining tegishli 
Kompleksi 
bilan 
kelishilgan 
taklifi 
bo‘yicha 
Aksiyadorlik 
birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan 
samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi 
tomonidan

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish