Majoritar aksiyadorlar
1.
2.
...
1.
2.
...
2. Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi tashkil etilishi va faoliyat
mexanizmi bo‘yicha quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Minoritar aksiyadorlar
Majoritar aksiyadorlar
1.
2.
...
1.
2.
...
216
XI bob. DAVLAT ULUSHI MAVJUD AKSIYADORLIK
JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUV
11.1. Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy
munosabatlarning iqtisodiy mohiyati
Bugungi jahon iqtisodiyotidagi integratsiyalashuv va moliyaviy
globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi va
aholi turmush farovonligining yuksalishi mamlakat moliya
tizimining barqarorligiga va rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir.
Moliyaviy munosabatlarning markaziy bo‘g‘ini sifatida davlat va
korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi o‘zaro moliyaviy munosabatlar
moliya tizimida muhim o‘rin egallashidan kelib chiqqan holda
bunday moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil etish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat va korporativ
tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni o‘rganishda, avvallo
umumiy moliyaviy munosabatlarni, korporativ moliya nazariyalarini
puxta va har tomonlama o‘rganishimiz maqsadga muvofiqdir.
Korporativ moliya nazariyalarini o‘rganish o‘z navbatida bizga
korporativ moliyaviy munosabatlarni hamda ularni samarali tashkil
etish yo‘nalishlarini ochib berishga keng imkoniyat yaratib beradi.
Shundan kelib chiqqan holda fikrimiz avvalida korporativ moliya va
umumiy moliyaviy munosabatlar xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Fikrimiz avvalida moliyaviy munosabatlarning o‘zi to‘g‘risida
to‘xtalib o‘tish lozim, deb o‘ylaymiz. Moliyaviy munosabatlar
iqtisodiy munosabatlarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, turli
darajadagi
iqtisodiy
tizimlar
subyektlari
o‘rtasidagi
pulli
munosabatlarni
o‘zida
aks
ettiradi.
Bunday
moliyaviy
munosabatlarga
davlatlararo
moliyaviy
munosabatlar,
korxonalararo moliyaviy munosabatlar, moliyaviy muassasalararo
moliyaviy munosabatlar, aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar,
davlat va korxona o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar, davlat va
aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar va hokazolar kiradi.
Korporativ moliyaviy munosabatlar, ularning o‘ziga xos
xususiyatlari, tashkil etish mexanizmi, korporativ moliyaviy
munosabatlarni samarali tashkil etish, xususida mamlakatimiz va
217
xorijiy davlatlardagi iqtisodchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilar
tomonidan atroflicha o‘rganilgan. Shundan kelib chiqqan holda
ayrim iqtisodchi olimlarning korporativ moliya va umumiy moliyaviy
munosabatlarga qaratilgan ilmiy qarashlarini keltirib o‘tamiz. Bu o‘z
navbatida ilmiy tadqiqot ishi mavzusining iqtisodiy mohiyati
ochilishiga
xizmat
qiladi.
Frantsiyalik
professorlar
Pierri
Vernimmen, Paskal Kuiri, Maurizo Dallochio, Yaan Le Fur va
Antonio Salvilar ham muallifligida tayyorlangan “Korporativ moliya:
nazariya va amaliyot” nomli darslikda - “Korporativ moliya, bu – pul
oqimlari va boylikni ko‘paytirish konsepsiyalariga tayanadi,
korporativ moliyada eng asosiy masala pul mablag‘larining vaqt
bo‘yicha qiymatlarini aniqlash hamda kompaniya kapitalini oshirish
bo‘lib hisoblanadi
51
” – deb, keltirilgan.
Amerikalik iqtisodchi olimlar R.Breyli, S.Mayers va F.Allenlar
hammuallifligida tayyorlangan “Korporativ moliya printsiplari”
nomli darslikda, “Korporativ moliya – kompaniya biznes qiymatini
oshirishga yo‘naltiriladigan pulli munosabatlardir, korporativ
moliyaning bosh maqsadi esa kompaniya biznes qiymatini
maksimallashtirish”
52
, - deya ta’riflar keltirilgan.
Rossiyalik iqtisodchi olim Yu.M.Chebotar o‘z ilmiy tadqiqot
ishlarida - “Korporativ moliya (korporatsiya moliyasi) xo‘jalik
subyektlari va(yoki) ularning birlashmalari moliyaviy resurslarini
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish jarayonida yuzaga
keladigan pulli munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aks
ettiradi
53
”- deya, o‘ziga xos ta’rif keltirib o‘tadi.
Korporativ moliya korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli
moliyaviy munosabatlar tizimini anglatadi. Bunda korporativ
tuzilma doirasida pul fondlarini shakllantirish va taqsimlash,
ulardan foydalanish jarayonlari korporativ moliyaning asosi sifatida
xizmat qiladi.
N.Tursunova tomonidan korporativ moliyaga alohida e’tibor
qaratilgan, ya’ni “Korporativ moliya esa bevosita korporativ
51
Pierre Vernimmen, Pascal Quiry, Maurizio Dallocchio, Yann Le Fur, Antonio Salvi. Corporate Finance:
Theory and Practice. Copyright . 2005 John Wiley & Sons Ltd, The Atrium, Southern Gate, Chichester,
West Sussex PO19 8SQ, England. 1032 p., 29th page.
52
R.A.Brealey, S.C.Myers, F.Allen “Principles of Corporate Finance”, 11th Global Edition. 1341 p. 65
-
p.
53 Чеботарь Ю.М. Корпоративные финансы и корпоративный контроль: монография /— М.:
Автономная некоммерческая организация «Академия менеджмента и бизнес-администрирования»,
2016 — 250 с., C. 8.
218
tuzilmalar faoliyatida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni
qamrab oladi”
54
.
Yuqorida keltirilgan iqtisodchi olimlarning fikrlarini o‘rganib
chiqqan holda korporativ moliyaning mohiyatini quyidagicha
ifodalash lozim deb hisoblaymiz: “Korporativ moliya – xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning korporativ shakldagi tuzilmalarni tashkil
etishdan ko‘zlangan asosiy maqsadga erishish hamda ta’sischilar
kapitalini oshirishni ta’minlash uchun turli pul fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq pulli
munosabatlar yig‘indisidir
55
”.
Korporativ tuzilmalar va davlat o‘rtasidagi moliyaviy
munosabatlar tizimi haqida fikr yuritilganda, avvalo davlat moliyasi
va korporativ moliya va ular har ikkalasining umumiy moliyadagi
tarkibiy tuzilishi ko‘z oldimizga keladi. Korporativ moliya va davlat
moliyasi umumiy moliya tizimining asosiy tarkibiy qismlari
hisoblanadi. Krassimir Petrov o‘zining “Financial management”
nomli video ma’ruzasida
56
moliyaning tarkibiga korporativ moliya,
moliyaviy iqtisodiyot, investitsiya, uy xo‘jaligi moliyasi va davlat
moliyasi kiritilishini ta’kidlab o‘tadi. Bizning fikrimizcha esa moliya
o‘z ichiga davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va
uy xo‘jaligi moliyasini oladi. Investitsiya esa ulardan har birining
tarkibida mavjuddir.
Davlat moliyasi, korporativ moliya, moliyaviy iqtisodiyot va uy
xo‘jaligi moliyasining har biri har doim bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq holda o‘zaro moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy
iqtisodiyot umumiy iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga
moliya bozori, moliya institutlari, moliyaviy instrumentlarni oladi.
Mamlakatimizda moliyaviy iqtisodiyot tushunchasi o‘rnida ko‘p
holatlarda moliyaviy sektor tushunchasi qo‘llaniladi.
Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy
munosabatlar umumiy moliya tizimining eng muhim va ajralmas
qismi bo‘lib, bunday munosabatlar o‘z ichiga soliq, majburiy
ajratmalar, davlat investitsiyalari, davlat qimmatli qog‘ozlari,
54
Турсунова Н. Корпоратив молияни бош
қ
аришда молиявий таъминотни самарали ташкил этиш
йўллари. Монография. – Т.: “И
қ
тисод-Молия”, 2017. – 152 б., 9-бет.
55 Муаллифлик таърифи.
56
https://www.youtube.com/watch?v=mX9nd0eQ-6g (Krassimir Petrov - Financial Management -
Lecture 01)
219
litsenziyalash, davlat xaridi, jarima va sanktsiyalarning qo‘llanilishi
hamda boshqa munosabatlarni o‘z ichiga oladi (11.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |