O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Oqilona dividend siyosati orqali erishish mumkin



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   226
11. Oqilona dividend siyosati orqali erishish mumkin 
bo‘lgan natijalar qaysi javobda berilgan? 
a) IPO orqali kapital jalb qilish uchun asos, qo‘shib olinishidan 
himoya, aholining aksiyalar orqali daromadlarini oshirish; 
b) aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mustaqilligi, kreditga 
talabning ortishi; 
c) yangi loyihalar uchun asos, xarajatlarni optimallashtirish 
imkoni, manfaatlar kuchayishi; 
d) 
xorijiy 
kapitalga 
talabning 
pasayishi, 
korporativ 
obligatsiyalar daromadliligining ortishi.
12. Belgilangan vaqtda olinmagan dividendlarni aksiyador 
qancha muddat davomida talab qilib olishi mumkin? 
a) uch yil ichida; 
b) uch oy ichida; 
c) olti yil ichida; 
d) olti oy ichida. 
Qo‘shimcha topshiriqlar 
1. Korporativ boshqaruvda dividend siyosati bo‘yicha klaster 
shakllantiring. 
Dividend 
siyosati 


359 
2. Dividend to‘lanishi bosqichlari bo‘yicha sxemani aniq 
aksiyadorlik jamiyati misolida shakllantiring ketma-ketlik asosida 
shakllantiring. 
№ 
Bosqichlar nomlanishi 
Mas’ullar 
1.
2.
...
3. Dividendlarning muntazam to‘lab borilishi va foydaning 
muntazam reinvetitsiyalanishining oqibatlari bo‘yicha quyidagi 
jadvalni to‘ldiring. 
Dividendlarning muntazam 
to‘lanashi
Foydaning muntazam 
reinvestitsiyalanishi 
1. 
2. 
...
 
1. 
2. 
...
 
 


360 
 
 
XVII bob. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI TOMONIDAN YIRIK 
BITIMLAR TUZISH
 
17.1. Aksiyadorlik jamiyatlarida yirik bitimlar tuzish tartibi 
Aksiyadorlik jamiyatlarining joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyati 
jamiyat ijroiya organi tomonidan boshqarib borilsada, faoliyatga 
doir ma’lum bir bitimlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish ijroiya organi 
vakolatiga kirmaydi. Bunday amaliyot boshqaruvchilarning 
aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin 
bo‘lgan qarorlar qabul qilishining oldini olishga xizmat qiladi. 
Shundan kelib chiqqan holda aksiyadorlik jamiyatlarida yirik 
bitimlar tuzish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan mol-mulkni olish yoki uni 
boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish 
ehtimoli bilan bog‘liq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, 
kafillik) yoki o‘zaro bog‘langan bir nechta bitim, agar boshqa 
shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning 
balans qiymati bunday bitimlarni tuzish to‘g‘risidagi qaror qabul 
qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n besh 
foizidan ortig‘ini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi. Jamiyat 
sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha, 
jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi o‘rtasidagi 
farq sifatida aniqlanadi.
Kundalik xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan 
bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni 
joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bitimlar yirik bitimlar hisoblanadi.
Yirik bitim predmeti bo‘lgan mol-mulkning bozor qiymati 
deganda mol-mulkning eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, 
ushbu qiymat bo‘yicha mazkur mol-mulk ochiq bozorda bitimning 
taraflari barcha zarur axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlari 
yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladigan raqobat 
sharoitida boshqa shaxsga berilishi mumkin, bitim narxining 
baland-pastligida esa biror-bir favqulodda holatlar, shu jumladan 
taraflardan birining ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks 
etmaydi. Jamiyat mol-mulkining bozor qiymatini aniqlash uchun 
bitim ishtirokchilari tomonidan baholovchi tashkilot jalb etilishi 
mumkin. 
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror 
qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o‘n 
besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida 


361 
yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi qaror kuzatuv kengashining a’zolari 
tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Yirik bitim tuzish masalasi 
bo‘yicha kuzatuv kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda 
yirik bitim tuzish to‘g‘risidagi masala kuzatuv kengashining 
qaroriga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun 
olib chiqilishi mumkin. 
Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to‘g‘risida qaror 
qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik 
foizidan ortig‘ini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim 
tuzish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi 
tomonidan qabul qilinadi. Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining 
umumiy yig‘ilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror 
qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Yuqorida keltirilgan talablari buzilgan holda tuzilgan yirik 
bitim sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas, deb topilishi mumkin. 
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan yirik bitim tuzilganda, bu 
haqda 20-muhim fakt e’lon qilinishi shart hisoblanadi. Bunga misol 
sifatida “Turonbank” ATB tomonidan 2017-yil 30-noyabrda e’lon 
qilingan muhimfaktni keltiramiz (17.1-jadval). 
17.1-jadval 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish