2014-yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga
nisbatan 22,9 foiz va undan yuqori dividend to‘lagan ellikta
AJning tarmoqlar kesimidagi soni
Yuqoridagi 16.4-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki,
2014-yilda aksiyalar nominaliga nisbatan eng yuqori dividend
9
8
7
6
5
5
2
2
2
1
1
1
1
20.10.2015-yil
Reestr
shakllantirish
sanasi
23.10.2015-yil
Dividend e’lon
qilish sanasi
23.10.2015-yil
Dividend
to‘lashning
boshlanish sanasi
21.12.2015-yil
Dividend
to‘lashning tugash
sanasi
353
to‘lagan 50 ta AJ tahlil qilinganda O‘zavtosanoat AK tarkibidagi
AJlari, xususan viloyatlardagi “Avtotexxizmat” AJlarini alohida
ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, moliyaviy sektorda faoliyat
ko‘rsatayotgan sakkizta AJ, xususan 4 ta tijorat banki ham yuqori
miqdorda dividend to‘lagan AJlari 50 taligiga kirishga muvaffaq
bo‘lgan. Paxtasanoateksport tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi 7 ta AJ
ham yuqori miqdorda dividend to‘laganligini qayd etib o‘tishimiz
lozim.
2015-yilda dividend to‘lovlarini amalga oshirgan AJlari tahlil
qilinganda eng yuqori 50 talikdan aksiyalari nominal bahosiga
nisbatan 16,37 foiz va undan yuqori dividend to‘lagan AJlari o‘rin
olgan (16.5-rasm).
16.5-rasm.
2015 yilda oddiy aksiyalar bo‘yicha nominalga
nisbatan 16,37 foiz va undan yuqori dividend to‘lagan ellikta
AJining tarmoqlar kesimidagi soni
16.5-rasm
ma’lumotlaridan
ko‘rinib
turibdiki,
Paxtasanoateksport xolding kompaniyasi tarkibidagi AJlari yuqori
dividend to‘lagan. Shuningdek, O‘zbekneftegaz va O‘zavtosanoat
tarkibidagi 6 tadan AJ ham tuzib chiqilgan reytingga kirgan.
Dividend to‘lovlarini amalga oshirgan AJlarining eng yuqori 50
taligi reytingi bo‘yicha eng past ko‘rsatkich 2014-yilda aksiya
nominal bahosiga nisbatan 22,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-
yilda bu ko‘rsatkich 14,37 foizga teng bo‘lgan. Bunday pasayish
sababini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-
martdagi
«2015-2019-yillarda
ishlab
chiqarishni
tarkibiy
o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash
bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni asosida
iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha 2015-yil davomida AJlari tomonidan
yangi loyihalar amalga oshirila boshlanganligi, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yangilash va kengaytirishga,
innovatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor
qaratilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.
11
6
6
4
3
3
3
2
2
1
1
1
1
6
354
Mamlakatimizda qator yillardan buyon dividendlar va foizlar
tarzida to‘lanadigan daromadlarga nisbatan to‘lov manbaida
undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasi amal qilib kelmoqda.
Fikrimizcha, foyda solig‘i stavkasi 7,5 foiz bo‘lib turgan holatda
dividendlarga nisbatan soliq stavkasini ham pasaytirish maqsadga
muvofiq.
Chunki
moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
kengaytirish
natijasida erishilgan natijadan 7,5 soliq to‘lash, olinishi noaniq
bo‘lgan dividend bo‘yicha to‘lanadigan 10 foizlik soliqdan afzal,
albatta.
AJlari aksiyalari nominal bahosi tahlil qilinganda ayrimlarida
bir so‘mlik, shuningdek Universal sug‘urta aksiyadorlik sug‘urta
kompaniyasi
tomonidan
bir
tiyinlik
aksiya
muomalaga
chiqarilganligini ko‘rishimiz mumkin. AJlariga xorijiy investorlarni
jalb qilish masalasi qo‘yilgan vaqtda aksiya nominal bahosining
bunday pastligi taklif jarayonida ma’lum bir muammolarni yuzaga
keltiradi. Chunki bir so‘mlik yoki bir tiyinlik aksiyani xorijiy
investorlarga erkin almashtiriladigan valyutada taklif qilish o‘ziga
xos qiyinchilik tug‘diradi. Keyin keltirilayotgan nominal bahodagi
aksiya bo‘yicha dividend miqdori haqida so‘z yuritish yana bir o‘ziga
xos jihat. Aynan shundan kelib chiqqan holda aksiya nominal
bahosi bo‘yicha minimal miqdorni ham belgilash lozim, deb
o‘ylaymiz.
O‘rganishlar, o‘tkazilgan tahlillar va tadqiqotlarimiz natijasi
sifati quyidagi xulosalar, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab
chiqildi:
Birinchidan, AJlarining samarali dividend siyosati qo‘shimcha
moliyaviy resurslar jalb qilish, aholi daromadlarini oshirish va o‘rta
mulkdorlar sinfini shakllantirish, qo‘shib olishlardan himoyalanish,
IPO o‘tkazish orqali aksiyalarni xalqaro fond birjalarida joylashtirish
natijasida xorijiy kapital jalb qilishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan, davlat byudjeti daromadlar tarkibida yuqori
ulushga ega bo‘lmagan dividendlar bo‘yicha to‘lov manbaida
undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasini bosqichma-bosqich
pasaytirib borish maqsadga muvofiq. Chunki, foyda solig‘i stavkasi
7,5 foiz bo‘lib turgan bir vaqtda dividend bo‘yicha 10 foizlik soliq
stavkasining qo‘llanilishi ma’lum darajada mahalliy investorlarning
fond bozoridagi faoliyatiga salbiy ta’kir ko‘rsatishi mumkin.
Uchinchidan, AJlari faoliyatiga xorijiy investorlarni jalb
qilishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir vaqtda aksiyalar nominal
bahosi bo‘yicha minimal miqdorni qonunchilikda belgilab qo‘yish
maqsadga muvofiq. Chunki aksiya nominal bahosi qanchalik past
bo‘lsa, o‘z navbatida dividend miqdori ham past bo‘ladi. Natijada
355
aksiyani erkin almashtiriladigan valyutada xorijiy investorga taklif
etish jarayonida ma’lum bir murakkablik yuzaga kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |