O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   226
4. Ish natijalari 
Korxona biznesini yoki 
aksiyalar paketini baholash 
to‘g‘risida hisobot. 
Moliyaviy ekspertiza 
to‘g‘risida hisobot. 
Kompaniya yuridik 
ekspertizasi to‘g‘risida 
hisobot.


300 
Shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha PR-
agentlar, investorlar bilan ishlashga jiddiy yondashilib, potentsial 
investorlar oldiga borib taqdimotlar o‘tkaziladi. Taqdimotlar 
o‘tkazish uchun potentsial investorlarni tanlashda investor faoliyati 
tashkil etilgan davlatda soliqqa tortish darajasini ham hisobga olish 
talab etiladi. Chunki dividendlarga nisbatan soliq yuki yuqori 
bo‘lgan davlatlarda aksiyalar sotib olish orqali daromad ko‘rishga 
intilish darajasi nihoyatda past bo‘ladi.
Bundan tashqari mazkur bosqichda savdo maydonini tanlash, 
ya’ni qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga 
olinadigan fond birjasi va ochiq bozorga chiqish vaqti aniqlab 
olinadi.
IPO o‘tkazish bosqichlaridan eng asosiysi hisoblangan 
uchinchi bosqichda 
qimmatli qog‘ozlarni davlat organlarida va 
birjada ro‘yxatdan o‘tkazish, joylashtirilishi kutilayotgan qimmatli 
qog‘ozlar narx diapazonini belgilash, birlamchi emissiya prospektini 
chop etish amalga oshiriladi.
Yakuniy 
to‘rtinchi bosqichda
esa kompaniya aksiyalarining 
birjada muomalasi boshlanib, unda aksiyadorlar va menejerlardan 
tashqari anderrayterlar, moliyaviy, yuridik va soliq maslahatchilari, 
potentsial investorlar va moliya bozorining boshqa ishtirokchilari 
qatnashadi. Shuningdek, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar 
aksiyalarini joylashtirishda davlat organlari ham ishtirok etishi 
mumkin. Bunda anderrayterlar birlamchi bozorda aksiyalarni 
kafolatli joylashtirish bilan shug‘ullansa, soliq maslahatchilari 
aksiyalarni joylashtirishda soliqqa oid masalalar yuzaga kelganda 
bevosita ishtirok etadi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, IPO operatsiyalarini 
o‘tkazish ma’lum darajada xarajatlarni talab qiladi. Bunda 
aksiyalarni joylashtirishga ketadigan xarajatlarni shartli ravishda 
boshlang‘ich va asosiy xarajatlarga bo‘lish mumkin. IPO 
o‘tkazishning maqsadga muvofiqligini baholashga ketgan xarajatlar 
boshlang‘ich xarajatlar sifatida baholanadi. Asosiy xarajatlar 
bevosita tayyorgarlikka ketgan xarajatlardir. Umumiy holda, IPO 
qiymati quyidagi xarajatlardan kelib chiqadi:
- yuridik due diligence;
- moliyaviy va soliqlar bo‘yicha due diligence; 


301 
- auditorlik hisobotlarini tayyorlash; 
- aktivlarni baholash;
- anderrayterlar bilan shartnomalar tuzish va anderrayter 
mukofoti; 
- aksiyalar emissiyasi va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish 
xarajatlari; 
- soliqlar, bir martalik yig‘imlar va boshqa xarajatlar.
Eng ko‘p xarajat talab qiladigan jarayon bu kompaniya 
moliyaviy holatining ishonchliligini tekshirish jarayonidir.
IPO o‘tkazish bo‘yicha asosiy xarajatlardan biri Xalqaro fond 
birjalariga listing uchun dastlabki to‘lovlar va har yillik badallar 
hisoblanadi. Quyida xalqaro fond birjalarida amal qiluvchi listing 
uchun dastlabki va har yillik badallarni keltirib o‘tamiz (14.3-
jadval). 
14.3-jadval 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish