O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   226
Aksiyalarni joylashtirish 
Aksiyalarni qaytarib sotib olish 
1. 
2. 
...
 
1. 
2. 
...
 
 
 
 


296 
 
 
XIV bob. AKSIYALARNI OCHIQ OBUNA TARTIBIDA 
JOYLASHTIRISH OPERATSIYALARINI TASHKIL ETISH VA 
O‘TKAZISH 
 
14.1.
Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirishning 
iqtisodiy mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari
Bugungi kunda mamlakatimizda korporativ moliyaviy 
munosabatlarni 
samarali 
tashkil 
etishga 
alohida 
e’tibor 
qaratilmoqda. Chunki korporativ moliyaviy munosabatlar natijasida 
ham davlat, ham uy xo‘jaligi bevosita daromadlarga ega bo‘ladilar, 
shuningdek xalqaro mehnat taqsimotida mamlakatning egallab 
turgan o‘rni mustahkamlanadi. Shundan kelib chiqqan holda bu 
borada 
qonunchilik 
hujjatlari 
muntazam 
ravishda 
takomillashtirililib, korporativ tuzilmalar faoliyatini rivojlantirish 
masalasiga jiddiy yondashilmoqda. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov 
ta’kidlaganlaridek 
“korporativ 
yoki 
aksiyadorlik 
birlashmalarimizning faoliyati samaradorligini tanqidiy baholash, 
ularni xorijiy davlatlardagi ana shunday korxonalar bilan taqqoslab 
ko‘rish zarur. Chunki, bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida mulkchilikning bunday 
shakli muhim o‘rin tutadi.”
88
Ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari qimmatli qog‘ozlar bozori 
emitenti sifatida o‘z aksiyalarini ochiq va yopiq obuna tartibida 
joylashtirishlari mumkin. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 
aksiyadorlik jamiyatlarining xalqaro darajada raqobatbardoshligini 
oshirishda xorijiy kapital jalb qilish masalasi muhim ahamiyatga 
ega. Bu masala aksiyalarni ochiq obuna tarzida xalqaro fond 
birjalarida joylashtirish orqali ham amalga oshiriladi hamda ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish sifatining o‘sishiga bevosita o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi. Shu boisdan quyida aynan shu masala xususida 
to‘xtalib o‘tamiz. 
88
Karimov I.A. 2015-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng 
yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir. O‘zbekistonning Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2014-
yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng 
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan. 
www.uza.uz
  


297 
Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish amaliyoti 
qisqacha IPO (ing. «Initial Public Offering») deb yuritiladi. IPO 
emitent tomonidan aksiyalarni bozorda birlamchi ochiq obuna 
usulida 
joylashtirish 
bo‘lib, 
bu 
jarayon 
davomida 
ular 
investorlarning keng doirasiga kirib boradilar va fond birjasida 
erkin savdoni amalga oshiradilar. Boshqacha qilib aytganda IPO 
deganda emitent kompaniyaning aksiyalarini ochiq bozorda 
birinchi marta sotuvga chiqarishi tushuniladi. Shu yo‘l bilan 
kompaniya «yopiq»dan «ochiq»ga o‘zgaradi, ya’ni shu kompaniya 
aksiyalariga qiziqib qolgan investorlar ularni fond birjasida erkin 
sotib olishlari mumkin. Kompaniya qimmatli qog‘ozlarining birjada 
muomalaga chiqishi natijasida ularni erkin savdo-sotiq predmeti 
bo‘lishiga, likvidliligi oshishiga va ularning bozor bahosining 
maksimal o‘sishiga olib keladi. IPO yordamida kompaniyada joriy 
xarajatlarni qoplashga va yirik loyihalarni amalga oshirish uchun 
uzoq muddatli tashqi moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoni 
tug‘iladi. IPO uchun talab qilinadigan jarayonlar va ularning amalga 
oshirilishi kompaniyaning shaffofligini oshiradi va uning moliyaviy 
holatini obyektiv baholash imkonini beradi. Umumiy holda oddiy 
aksiyalar 
emissiyasi 
hisobiga 
moliyalashtirish 
IPO 
operatsiyalarining afzalliklari va kamchiliklari sifatida quyidagilarni 
keltirishimiz mumkin (14.1-jadval). 
14.1-jadval 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish