O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev


Korporativ boshqaruv modeli shakllanishiga



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226
 Korporativ boshqaruv modeli shakllanishiga
ta’sir etgan omillar 
Umumiy holda har bir korporativ boshqaruv modelining asosiy 
belgilari yoki elementlari quyidagilar: 
- aksiyadorlik jamiyatining muhim ishtirokchilari; 
- muhim ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir mexanizmi; 
- model bo‘yicha aksiyalarga egalik qilish tarkibi; 
- moliyaviy resurs jalb qilish imkoniyati; 
- direktorlar kengashi tarkibi; 
- qonunchilik doirasi; 
- axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar; 
- aksiyadorlar ma’qullashi talab etiladigan korporativ xatti-
harakatlar. 
“Jahon amaliyotida korporativ boshqaruvning beshta tan 
olingan bazaviy modellari mavjud. Ular: 
Korporativ 
boshqaruv modeli 
shakllanishiga ta’sir 
etgan omillar
Korporativ 
nazorat 
mexanizmi
Qarorlar 
qabul qilish 
tartibi
Kapital 
bozori 
ishtiroki
Korporativ 
madaniyat
Iqtisodiy 
rivojlanish 
sharoitlari
Korporativ 
qonunchilik


31 
- amerika modeli; 
- Birlashgan Qirollik (umum tan olingan tamoyillarga 
asoslangan) modeli; 
- ikki pog‘onali kontinental yevropa modeli; 
- yapon modeli; 
- oilaga tayangan osiyo modeli”
13
Amerika modeli va Birlashgan Qirollik modeli bir-biriga 
yaqinligi, shuningdek ikki pog‘onali kontinental yevropa modelining 
asosi german modeli ekanligidan kelib chiqqan holda quyida 
xalqaro darajada tan olingan korporativ boshqaruv modellari 
sifatida anglo-amerika, german, yapon, oila modellarining har biri 
xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz. 
2.2. Anglo-amerika modeli xususiyatlari 
Anglo-amerika modeli Buyuk Britaniya, Amerika qo‘shma 
shtatlari, Kanada, Avstraliya mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. 
Mazkur modelda korporativ boshqaruv ishtirokchilari direktorlar, 
boshqaruvchilar, aksiyadorlar, hukumat tuzilmalari, birjalar, 
konsalting tashkilotlari hisoblanadi. 
Bu model qo‘llaniladigan mamlakatlarda korporativ tuzilmalar 
kapitalining tarqoq ekanligi, ya’ni markazlashmaganligiga guvoh 
bo‘lish mumkin. Aksiyadorlik kompaniyalarida o‘n minglab, yuz 
minglab aksiyadorlarning ishtiroki, aksiyalarning yirik paketlari 
bor-yo‘g‘i bir necha foizni tashkil etishi kuzatiladi. O‘n foizdan ortiq 
aksiyalar paketiga egalik qiluvchi insayderlar korporatsiyalar 
faoliyatida kamdan kam uchraydi. Ya’ni aksiyadorlardan biri real 
holatda nazoratni qo‘lga olishi deyarli mavjud emas. Shuning 
uchun ham mazkur model korporativ boshqaruvning autsayderlik 
modeli, deb ham yuritiladi. 
Anglo-sakson modelida aksiyadorlar tomonidan ma’qullanishi 
shart-bo‘lgan jihatlar bu direktorlar kengashini saylash, auditorni 
tayinlash, ustavga o‘zgartirishlar kiritish, aktivlardagi o‘zgarishlar 
va boshqa masalalardir. 
O‘z tarkibida yirik institutsional yoki individual investorlarga 
ega bo‘lmagan aksariyat korporatsiyalar biznesni moliyalashtirish 
uchun fond bozorlaridan foydalanadilar. 
Qonunchilikka muvofiq, banklarning sanoat kompaniyalari 
aksiyalariga 
egalik 
qilish 
ta’qiqlangan. 
Boshqa 
moliyaviy 
institutlarning ham bunday munosabatlarga kirishishi bo‘yicha 
chegaralar mavjud. Bunday chora-tadbir 1929–1933-yillardagi 
13
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 151. 


32 
inqirozdan so‘ng banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan ommaviy 
ravishda spekulyatsiyalariga qarshi reaksiya sifatida joriy etilgan. 
Bunday sharoitda moliyaviy institutlar sanoat kompaniyalari 
faoliyatiga hech qanday aralashish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. 
Amerika-amerika modelining amaldagi o‘ziga xos xususiyati 
mustaqil tashqi aksiyadorlar (autsayderlar) sonining doimiy o‘sishi, 
shu jumladan hozirda amerika korporatsiyalari (pensiya fondlari va 
boshqalar) aksiyalarining yarmiga egalik qilayotgan institutsional 
investorlar va ularning korporatsiya ustidan nazoratdagi rolining 
o‘sib borishidan iborat. Amerika modelidagi yana bir xususiyati bu 
aksiyadorlarning strategik qarorlar qabul qilishga ta’sir ko‘rsatishi 
mumkinligidadir. 
Menejerlar 
va 
xodimlar 
aksiyadorlarning 
korporatsiyalarni boshqarish bo‘yicha ma’lum huquqlarga ega 
agentlari sifatida ishtirok etadi. Ular ishonchnoma bo‘yicha ovoz 
berish 
imkoniyatlariga 
ega 
bo‘lishlari 
mumkin. 
Xususan 
aksiyadorlar o‘zlarining nomidan ovoz berish vakolatini direktorlar 
kengashi raisiga berish holatlari ko‘p uchraydi. Korporatsiya 
faoliyati, menejerlar, direktorlar va aksiyadorlar huquq va 
majburiyatlari qonunchilikda aniq tarzda belgilab berilgan.
Anglo-amerika modeli kompaniyaning qiymatini oshirishga va 
uning qisqa muddatda foydaliligiga yo‘naltirilgan. Bu boshqaruv 
tizimidan tashqi muhitdagi jiddiy o‘zgarishlarga moslashish, 
innovatsion va riskli loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha 
professionallikni talab qiladi.
Mazkur modelda korporativ boshqaruv jarayoni unitar (bitta 
darajali) direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash 
o‘rtacha 12 ta a’zo va bitta ham kengash a’zosi hisoblangan bosh 
boshqaruvchi (prezident) dan tashkil topadi. Ular tomonidan barcha 
asosiy qarorlar qabul qilinadi.
Amerika qo‘shma shtatlari qonunchiligi direktorlarning 
boshqaruv va kuzatuv funksiyalari alohida ajratilmaydi, lekin 
korporatsiya yaxlit faoliyati bo‘yicha javobgarlik aynan direktorlar 
kengashiga yuklatilgan. Funksiyalarning bo‘linishi bo‘yicha masala 
aksiyadorlar tomonidan hal qilinadi va mustaqil boshqaruvga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Ko‘plab direktorlar mustaqil direktorlar hisoblanib, boshqa 
kompaniyalarning amaldagi yoki sobiq menejerlaridir. Odatda 
kengashning to‘rtdan uch qismini mustaqil direktorlar tashkil 
qiladi. Lekin amaliyotning ko‘rsatishicha qimmatli qog‘ozlar 
bozoridagi holat (pasayish)dan kelib chiqqan holda bosim natijasida 
bosh direktorning iste’fosi ehtimoli, tashqi direktorlarnikiga 
nisbatan yuqori. Aksariyat amerika kompaniyalarida direktorlar 
kengashi raisi sifatida bosh direktor faoliyat yuritadi. Lekin yirik 


33 
korporatsiyalarda direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktor 
(prezident) – turli shaxslar bo‘lib, ularning majburiyatlari o‘zaro farq 
qiladi.
AQShda 
direktorlar 
kengashining 
asosiy 
majburiyati 
aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va ular kapitalining har 
tomonlama o‘sishini ta’minlash hisoblanadi. Shuning uchun ham 
menejerlarni rag‘batlantirishning asosiy shakli sifatida kompaniya 
aksiyalari bo‘yicha optsionlarni, ya’ni aksiyador bo‘lish imkoniyatini 
taqdim etish keng qo‘llaniladi.
Korporativ siyosat va strategiya asosida direktorlar kengashi 
shakllantiriladi, 
kengash 
tomonidan 
mansabdor 
shaxslar 
majburiyatlari belgilanadi, moliyaviy nazorat, bosh direktor faoliyati 
baholash, qonunchilik va korporativ etikaga rioya qilish amalga 
oshiriladi.
Direktorlar kengashida ikkita tipdagi qo‘mitalar tashkil etiladi: 
- operatsion (ijroiya, moliyaviy, strategik) qo‘mitalar. Ular ijroiy 
direktorlardan shakllantiriladi, faoliyati davomida menejerlarga 
maslahat berib boradi, qarorlarni amalga oshirishga javobgar 
bo‘ladi, qo‘yilgan masalalar bajarilish jarayonini nazorat qiladi; 
- nazorat qo‘mitalari (tayinlash va rag‘batlantirish bo‘yicha 
auditorlik) tashqi direktorlardan tarkib topadi. 
“Mazkur modelda direktorlar kengashi va ijrochi direktor 
vakolatlari qat’i tartibda ajratilgan. Bu amaliyot birinchi marta 
Exxon Mobile korporatsiyasi tomonidan qo‘llanilgan”
14

Amerika qo‘shma shtatlarida korporativ tizim tomonidan amal 
qilinishi shart bo‘lgan korporativ boshqaruvning asosiy prinsiplari 
sifatida quyidagilar belgilangan: 
1. Hisobdorlik. Menejment va direktorlar kengashi a’zolari 
aksiyadorlar oldida hisobdor sanaladi va har qanday so‘rov, hattoki 
biografik ma’lumotlargacha taqdim etishga majbur hisoblanadi. 
Amerika qo‘shma shtatlarida axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha 
dunyodagi eng qat’i talab belgilangan. 
2. Aksiyadorlar bilan munosabatlarda shaffoflik, ochiqlik va 
hisobotlarning 
umumtan 
olingan 
xalqaro 
standartlaridan 
foydalanish.
3. Barcha aksiyadorlarga, shu jumladan xorijiy aksiyadorlarga 
nisbatan bir xilda adolatli munosabatda bo‘lish. 
4. Ovoz berishning aniq, haqqoniy metodikasi amal qilishi 
shartligi. 
5. Aksiyadorlar bilan o‘zaro munosabatlar qat’i ravishda amal 
qilinishi talab qilinadigan kodeksga asoslanishi lozim.
14
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 154. 


34 
6. Strategik rejalashtirish. 
Erishilgan foyda va aksiya kursi prezident va uning jamoasi 
boshqaruv 
sifati 
va 
samaradorligini 
baholash 
mezonlari 
hisoblanadi. Agar foyda va aksiya kursi pasaysa, fond bozorida 
investorlar o‘zalariga tegishli qimmatli qog‘ozlardan qutulishga 
intiladilar. Natijada g‘arazli birlashish va qo‘shib olish xavfi yuzaga 
keladi.
Investorlarning qisqa muddatli manfaatlarga ortiqcha darajada 
yo‘naltirilganligi, aksiyalarning haqiqiy bahosidagi xatoliklar, 
menejerlarni rag‘batlantirishda oqlanmagan o‘sishning kuzatilishi 
kabilar 
korporativ 
boshqaruvning 
anglo-amerika 
modeli 
kamchiliklari sifatida keltiriladi. Axborot olish imkoniyati yuqoriligi, 
munosabatlardagi shaffoflik tufayli investorlarning qisqa muddatli 
manfaatlarga ortiqcha darajada yo‘naltirilishi kuzatiladi. Bunday 
holatda axborotlardagi xatoliklar qimmatli qog‘ozlar bozorida 
ko‘piklar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi va fond bozoriga bosimni 
kuchaytiradi. Yetakchi iqtisodchi olimlar tomonidan aksiyalar 
haqiqiy bahosidagi xatoliklar va menejerlarni rag‘batlantirishda 
oqlanmagan o‘sish 2008-yilda boshlangan jahon moliyaviy 
inqirozining asosiy sabablari qatorida keltirilganligini ham shu 
o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim. Chunki menejerlar tomonidan 
risklarning to‘g‘ri baholanmaganligi, o‘z navbatida yuqori miqdorda 
mukofotlar olish maqsadida aksiyalar bahosi o‘sishiga xizmat 
qiluvchi axborotlarning menejerlarning e’lon qilib borilishi oxir-
oqibat moliya bozorida parokandalikka olib keldi. Keltirilayotgan 
jihatlar asosida mazkur model kamchiliklardan holi emasligiga 
yana bir bor guvoh bo‘lish mumkin. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish