O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti ssi yo’nalishining 92/21 guruh talabasi Ziyatdinov Sanjar Nasurilla o’g’li Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar fanidan tayyorlangan Mavzu


Axborot texnologiyalari strategiyasi deyilganda



Download 26,84 Kb.
bet4/10
Sana20.04.2022
Hajmi26,84 Kb.
#564666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-Topshiriq

Axborot texnologiyalari strategiyasi deyilganda korporativ yondashuv tamoyil va usullarni korxonalarda ATlarni shakllantirilgan tizimi tushuniladi va korxonalarda axborot-boshqaruv tizimining barcha komponentlarini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Korxonalarda axborot texnologiyalari (AT) strategiyasini ishlab chiqish va loyihasining bosh maqsadi, korxona biznesini rivojlantirish asosiy faoliyat maqsadi va yo‘nalishlariga mos kelishi kerak.
Korxona maqsadlarga erishishda AT strategiyasi quyidagilarni ta’minlashga yordam beradi:

  • boshqaruv tizimini takomillashtirishga;

  • Korxonalarda ATni maqsadli rejalashtirish va joriy etishga;

  • Korxonalarda ATni biznes muammolarni echishga yo‘naltirishga;

  • korxonada yagona axborot makonini (bazasini) yaratishga;

  • ATdan foydalanish xarajatlarini kamaytirish (sotib olish, ishlab chiqish, joriy etish, hodimlar malakasini oshirish, kuzatib borish);

  • yangi ATni joriy etish muddatlarini qisqartirish, tezkor va ko‘p martali natijalarni olish;

  • foydalanilayotgan ATlarini samaradorligini oshirish va axborotlashtirishga kiritilgan sarmoyalarni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash;

  • istiqbolda axborot infratuzilishini tez va tejamli kengaytirish imkoniyati.

Korxonada samarali boshqaruv tizimini qurish imkonini beruvchi usullar mavjud. Hozirgi kunda bunday usullar MRP, MRP II va ERP konsepsiyalari deb nomlanadi. MRP, MRP II va ERP usullar yoki yondashuvlar – bu korxonani qanday faoliyat yuritishi kerakligi tavsifini yaratishga imkon beruvchi tushuncha va jarayonlarning dasturiy to‘plamidir.
MRP (Material Requirement Planning – materialga bo‘lgan talablarni rejalashtirish) ishlab chiqarishni boshqarish uchun yaratilgan, omborxona binolaridan unumli foydalanish, xom-ashyo etkazib berishdagi turib qolish yoki keragidan ortiq etkazib berish muammolarini bartaraf etadi. MRP tizimi xom-ashyo va butlovchi qismlarni etkazib berishidan to oxirgi iste’molchilar so‘rovini qanoatlantirishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va tezkor boshqarishga yordam beradi.
Keyingi davrlarda MRP konsepsiyasi korxonalar funksional imkoniyatlarini kengaytirish uchun mijoz talablarini to‘la qondirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida rivojlantirib borildi.
Shundan so‘ng, 1970 yillarda navbatdagi MRP II (Manufacturing Resource Planning - ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish) tizimlari yaratildi, uning mohiyati ishlab chiqarishni prognozlash, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni, xom-ashyo sotib olishdan boshlab to mahsulotni xaridorga etkazib berish bilan tugallanadigan barcha jarayonlarida amalga oshirilishidan iboratdir.
MRP II uslubi ishlab chiqarish korxonasining barcha resurslarini samarali boshqarishga yo‘naltirilgan usullarni foda etadi.

Download 26,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish