152
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
4.
Dars bosqichlari (qismlari)ning maqsadlarini va darsning maqsadini tahlil
qiling.
5.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda nimalarga e’tibor berishi kerak?
6.
Xitoy tili darsining boshqa darslardan farqini aniqlang.
7.
Grammatikani tushuntirishda ona tildagi grammatika bilan qiyoslab
tushuntirish haqida fikringiz qanday?
6.6-§.O‘zbekistonda xitoy tili o‘qitilish tarixi
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi:
O‘zbekiston xitoyshunsligi va uning
tarixi, respublikamizdagi chet tili o‘qitish tarixini qanday davrlarga bo‘linishi,
hamda bugungi kundagi xitoyshunoslikning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va
vazifalari haqida ma’lumot berish.
Tayanch so‘z va iboralar:
davrlashtirish, ko‘p tillilik (poliglossiya), xitoy
tili manbalari, xitoyshunoslik, Konfutsiy instituti, 59-maktab, kafedra, xitoy
filologiyasi.
Yurtimiz hududida ona tilidan tashqari o‘zga xalqlar tillarini bilish kishilar
orasida qadimdan taomil bo‘lgan. Birdan ortiq tilni bir yo‘la bilish tarixi
mukammal o‘rganilmagan ijtimoiy hodisadir. Biroq tarixiy shaxslar haqidagi
ma’lumotlardan aniqlanadiki, barcha zamonlarda chet tilni o‘rganish ehtiyoji
sezilib turgan. Buyuk mutafakkirlikning birinchi mezoni zullisonaynlik yoki ko‘p
tillilik (poliglossiya) hisoblanadi, oddiy xalqqa ham bu xususiyat xosdir.
O‘zbekiston hukumati tomonidan xitoy tilini o‘rganishga alohida e’tibor
berib kelinmoqda. O‘zbek xitoyshunosligining bir necha yillik boy tarixini
hisobga olib, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Milliy
universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodi va
diplomatiyasi universiteti va boshqa bir qator oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlarida xitoy tili, adabiyoti, tarixi, iqtisodi kabi fanlarni o‘qitish amalga
oshirildi. So‘ngi yillarda xitoy tili sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlashda bir
qator
ijobiy
natijalarga
erishildi.Xitoyshunoslikningmamlakatimizdarivojlanishida
Toshkent
davlatsharqshunoslikinstitutiningo‘rnibeqiyos. Xitoy filologiyasi kafedrasi 1918
yilitashkoltopgan Turkiston Sharqshunoslik institutining avlodi hisoblanadi. Bu
davrda XX asrning unutilmas siymolari orasida shu dargohga asos solgan
ustozlarimiz
I.A.Lissen
va
U.M.Mamatoxunovalar
hissalari
nafaqat
xitoyshunoslik, balki jahon tilshunosligi va adabiyotshunosligi rivojlanishida
salmoqli iz qoldirganini alohida tilga olish darkor. Keyinchalik kafedraning
yuksalishida katta o‘qituvchilar O.A.Vagin, N.Xoxlov, I.Ro‘zboqiev,
M.I.Muldakulova,
G.I.Larionov,
N.O.Zevushkina,
M.I.Molojatovalar
o‘zlarining munosib hissasini qo‘shganlar. Fakultetning ilk tashkil etilgan
153
damlarida B.A.Pestovskiy tomonidan xitoy tili va adabiyoti fanlaridan
ma’ruzalar o‘qilar edi.
1924 yili Turkiston sharqshunoslik instituti ToshDUga (hozirda Mirzo
Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet) sharqshunoslik fakulteti sifatida
qo‘shiladi. 1930 yili sentyabr oyiga kelib Milliy universitetning sharq fakulteti
o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 1944 yilda esa u o‘z faoliyatini qayta tiklaydi. 1951 yili
bu fakultetda katta o‘qituvchi M.I.Molojatovaning yetakchiligida fakultet
kafedralarining biri bo‘lgan uyg‘ur filologiyasi kafedrasining qoshida
talabalarga xitoy tilini o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
1957 yili uyg‘ur filologiyasi o‘rniga O‘zbekiston maorif tarixida birinchi
marotaba xitoy filologiyasi kafedrasi tashkil etildi. O‘sha davrda O‘zbekistonda
tashkil etilgan kafedra nafaqat mamlakatimizda, balki, butun O‘rta Osiyoda
xitoyshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha Sobiq Ittifoqda xitoyshunos mutaxassislarni
tayyorlab beruvchi yagona markaz edi.
Kafedraning bosib o‘tgan ilmiy yo‘llarini sarhisob qiladigan bo‘lsak,
kafedra 1980 yilga kelib, nafaqat Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, Qirg‘iziston
respublikalari), balki Bolgariya, Mo‘g‘uliston, Polsha hamda Laos kabi
mamlakatlarga xitoyshunos olimlarni yetkazib bera boshladi. Demak, bu o‘tgan
asrning 70-80 yillariga kelib xitoy filologiyasi kafedrasi xalqaro kafedra sifatida
faoliyat olib borganligidan dalolat beradi.
Kafedra tarixida erishilgan yutuqlarda mohir tarjimon, iste’dodli olim t.f.n.,dots.
M.X.Maxmudxo‘jaevning xizmatlari beqiyos. Aynan M.X.Maxmudxo‘jaevning
uzoq yillik betinim va samarali faoliyati, rahbarligi davrida Markaziy Osiyo va
Sobiq sotsialistik davlatlarga xitoyshunoslik bo‘yicha yetuk mutaxassislar
tayyorlab berildi va bugungi o‘zbek xitoyshunoslik maktabining rivojida tarixiy
ahamiyat kasb etdi.
1991 yil O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan sharqshunos
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yanada oshdi. Ana shu maqsadda 1992 yilda Toshkent
davlat sharqshunoslik instituti tashkil etildi.
1999 yilda xitoy filologiyasi kafedrasida magistratura yo‘nalishi ochildi
va hozirgi kunga qadar 200 ga yaqin magistrantlar magistr darajasini olishga
muvofiq bo‘ldi.Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida 2004 yildan
boshlab har yili “Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari (falsafa, tarix,
madaniyat, iqtisod va siyosat)” ruknida an’anaviy tarzda ilmiy-amaliy
anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. Har yilgi anjuman ma’ruzalari to‘plam
ko‘rinishida chop etiladi. Ushbu anjumanning asoschisi hozirgi kunda ToshDShI
professori f.f.n, A.A.Karimov hisoblanadi. Shu bilan birga mazkur ilmi-amaliy
konferensiyaning tashkilotchilaridan biri ToshDShI qoshidagi O‘zbek-Xitoy
Konfutsiy instituti rahbari f.f.n.,dotsent S.A.Nosirovaning ham mehnatlari
cheksiz.
154
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yil
3-sentabrdagi PQ-2228 sonli “Toshkent davlat sharqshunoslik institutida
Xitoyshunoslik fakultetini ochish to‘g‘risida”gi Qarori aynan O‘zbekistonda
xitoyshunoslikni rivojlantirishga qaratilganligi bilan muhim ahamiyat kasb
etadi. Ushbuqarorasosidainstitutrektorining 2014-yil 20-sentyabrdagi 01-243
sonlibuyrug‘ibilanXitoyshunoslikfakultetitashkiletilgan.Bakalavriatta’limyo‘na
lishlaribo‘yichayangilangandavlatta’limstandartiasosida
fan
dasturlarivao‘quvrejalariishlabchiqildivadarslartashkiletildi.Bugungikundafaku
ltetda ikkitakafedrafaoliyatko‘rsatibkelmoqda,
jumladan:
1.
Xitoytilivaadabiyotikafedrasi va Xitoysiyosati,
tarixivaiqtisodiyoti kafedrasi.Fakultetdajamioltmishdanortiqtajribaliprofessor-
o‘qituvchilardarsberibkelishmoqda.
ShulardanaksariyatiXXR,
AQSh,
RossiyaFederatsiyasi,
KoreyaRespublikasi,
BuyukBritaniyakabimamlakatlardabo‘lib,
nufuzlioliyo‘quvyurtlaridamalakaoshiribqaytganlar.Toshkent
davlat
sharqshunoslik instituti olimlari tarafidan mamlakatimiz va Xitoyda nashr etilgan
bir qator kitoblar, monografiyalar, maqolalar, institutda o‘tkazib kelinayotgan
“Xitoyshunoslikning dolzarb masalalari” ilmiy konferensiyasi, seminar va
boshqa anjumanlar xalqaro tashkilotlar va chet el universitetlari tomonidan yuqori
baholanmoqda. So‘ngi yillarda mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida xitoy tili,
adabiyoti, iqtisodi, siyosati va boshqa sohalarda o‘ndan ortiq dissertatsiya himoya
qilindi. Shuni alohida aytish lozimki, 2011 yili Toshkent davlat sharqshunoslik
institutida Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi Li Yamey filologiya sohasida
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshidagi Konfutsiy nomli
O‘zbekiston-Xitoy instituti 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi va XXRning Ta’lim vazirligi orasida “Toshkent shahrida
Konfutsiy nomli institutni tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi
kelishuv”ga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-
sentyabrdagi “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qoshida Xitoyshunoslik
fakultetini tashkil qilish to‘g‘risida”gi № PP-2228 sonli qarori ijrosiga muvofiq
tashkil
etildi.Xuddishuyilningdekabroyida
Samarqand
davlatchettillarinstitutiqoshida
ham
O‘zbekistondagiikkinchiKonfutsiyinstitutitashkiletildi.
O‘zbekistonda xitoy tilini o‘qitish mustahkam ilmiy va pedagogik metodik
asoslar vositasida olib boriladi. Toshkentda xitoy tili o‘qitishga ixtisoslashgan 59-
sonli orta maktab, ikkita akademik litsey faoliyat korsatib kelmoqda. Bu o
‘
quv
manzillarida ko‘p yillik va serqirra tajriba to‘plangan. Ushbu o‘quv yurt
muallimlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Konfutsiy markazi
tomonidan rejali ravishda Xitoy universtetlarida malakalarini oshirib borish
155
imkoniyatlariga ega. Bitiruvchilar Xitoyda rasmiy qabul qilingan “putunxua” da
erkin muloqotga kirishish, umumiy matnlarni tarjima qilish, og‘zaki nutqni xitoy
tilidan o‘zbek va rus tillariga tarjima qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi. Bu
sohalardagi tajriba va qobiliyat mazkur talabalarni Xitoyning nufuzli
universitetlarida 1-2 yillik o‘qishlari davomida takomillashadi. O‘zbekiston
Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi hukumatlararo bitimlarga asosan har
yili mamlakatimiz talabalari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, professor va
o‘qituvchilari uchun Xitoy universitetlarida o‘qish va malaka oshirish uchun
yuzdan ziyod davlat grant o‘rinlari ajratiladi. Toshkent shahar Shayxontahur
tumani XTB tasarrufidagi 59-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta
ta’lim maktabi hozirda xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta'lim
maktabi maqomga ega bo‘lgan yagona umumiy o‘rta ta'lim maktabi
hisoblanadi.Maktabga 1938 yilda asos solingan. Hozirgi kunda ta’lim o‘zbek va
rus tilida olib boriladi. Maktabda xitoy tili 1957 yildan 1-sinfdan o‘qitila
boshlangan va shu kunga qadar maktabni 5000 dan ziyod o‘quvchi bitirgan
bo‘lsa, ulardan 75 % o‘quvchilar xitoy til fanini chuqur o‘rganib, shu soha
mutaxassislari bo‘lib yetishgan. 2008 yil 7 avgustdagi “Ayrim fanlar chuqur
o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalari faoliyatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi 173-sonli qaroriga asosan maktab “59-sonli
Davlat ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi” degan maqom olgan.
1957 yildan boshlab quyidagi xitoy tili o‘qituvchilari dars berib kelganlar: Chjan
Yuy Xua, Kay Su XeGe, Molojatova, Komiljon Inog‘omov, Abduraim
Xabibov(Boboev), Jo‘ra Qodirov, Majid Maxmudxodjaev,Isroil Ruzbokiev,
Shovqiya Iminova, Nikolay Yegorovich Xoxlov, Olimjon Idaev, Saidjalol
Saidvaliev, A.Jabborov, Liliya Agzamova, Svetlana Fen, Naima Xaydarova,
Umida Sayidalieva, Bahodir Mirzakarimov, Dilmurod Jo‘rabekov, Venera
Raxmatova, Rayxona Ashimova, Zamira G‘ofurova (Ro‘zbakieva), Galina
Muldakulova, Visat Xidoyatov, Muso Manaev,Grigoriy Guan, Ravil Nurgalin,
Faxriddin Shamsiev, Tyu Txi Kim Zung, Mamarahim Inatullaev, Jasur
Ziyamuhamedov, Umida Nurmatova, Bagdagul To‘kimbetova, Ozod
Muzaffarov. Ularning fidokorona mehnatlari tufayli maktabda xitoy tilini
o‘qitish bo‘yicha yagonato‘liq tizimi yaratildi va shu sababli ham maktab hozirgi
kunga qadar ixtisoslashtirilgan maqomga ega. Maktabda shu yillar davomida
ushbu ustozlar tomonidan turli xil to‘garaklar, qiziqarli kechalar, xitoy tarixi,
madaniyati musobaqalari o‘tkazilgan. Shu bilan bir qatorda maktabda 1963
yildan boshlab turli xil darajadagi XXR va boshqa davlatlar delegatsiyalar qabul
qilina boshlangan. Sobiq
o‘quvchilardan
Lola
Sultanova,
Jasur
Ziyamuhammedov, Umida Mavlyanova, Ulug‘bek Shosaidov, Xotam
Muhammadjonov, Ulug‘bek Ziyotov, Ziyoda Xusainova, Shaxnoza
Muxammadjonova, Jasur Sharipov, Ziyoda Po‘latova, Ziyodilla Rustamov,
156
Miraziz Mirxusanov, Shokir Muxammadjonov, Zafar Muxammadjonov, Lola
Shosaidova, Jamshid Sulaymonov, Dilnoza Sharipova,Aziz Nosirov, Jahongir
Umarov, Hikmat Obidov, Odil Alimov, Dildora Rahimova, Ma'ruf
Dadamuxamedov, Axror Djalolov, Rustam Rizaev, Marg‘uba Siddiqova,
Yulduz Qayumxodjaeva, Askar Toshpulatov, Shoxista Shamsieva, Sardor
Akramov, Sarvar Akromov, Nosir Maksumov, Azamat Yo‘ldashev, Farxod
Nurmurodov, Akrom Yusufjonov va boshqalar Pekin va Xitoyning turli
oliygohlarida tahsil olib, o‘z malakalarini oshirib qaytganlar va hozirgi kunda
Respublikamizning turli sohalarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini yosh kadrlarga
berib kelmoqdalar.
1991 yildan e’tiboran Xitoy Xalq Respublikasining
O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchilari muntazam ravishda maktabga
tashrif buyurib kelganlar. 1994 yilda esa XXR Bosh Vaziri Li Pen rafiqasi Chju
Lin honim va O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov
rafiqasi T.A.Karimovalar bilan birga maktabga tashrif buyurishgan. 2017 yil 29
sentyabr kuni 59-maktab binosida Xalq Ta’lim vazirligi, Xitoy Xalq
Respublikasi elchixonasi, Xuavey kompaniyasi, Sinxua OAV, Sichuan jinsin
OOO, ToshDShI, O‘zDJTU, Yengil sanoat va to‘qimachilik insitut qoshidagi
litsey,TDShI qoshidagi O‘zbek-Konfutsiy insituti, Xitoy madaniyat markazi,
O‘zMU, Diplomatiya universiteti ishtirokda maktabda xitoy tili o‘qitilishining
60 yilligi munosabati bilan yubiley tantanasi o‘tkazildi. O‘quv fanlari negizida
o‘quvchilarning darsdan tashqari xitoy tili o‘rganish to‘garaklari mavjud va ular
muntazam faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekistonda yashovchi xalqlar bir-birlari tillarini bilishgan, tillar ularni
yaqinlashishlari omili, quda-andachilik sababchisi bo‘lgan.
Qo‘shnilar tilini bilishdan tashqari uzoq yurtlar tilini o‘rganilganligi ham
tarixdan ma’lum. Yurtimiz aholisi orasida arab, fors tillari o‘z davrida keng
tarqalgan. Davlatdan dinni ajratish davriga kelib (XX asrda), arab tilida
so‘zlashuvchilar kamayib ketgan, Yevropa tillarini o‘rganib qaytganlar, rus tilini
bilganlar ancha miqdorni tashkil etgan. XIX asrning 70-yillaridan Yevropa tillari
o‘qitila boshlangan.
O‘zbekistonda chet til o‘qitish tarixi birmuncha tadqiq etilgan
54
. Metodist
Rimma Aleksandrovna Zaripova respublikada chet til o‘qitish tarixini 6 davrga
ajratgan:
I davr —XIX asrning 70-yillaridan 1917 yilgacha;
II davr —1917 yildan 30-yillar boshlarigacha;
III davr — 1930 yillar va 40-yillarning birinchi yarmi;
IV davr—1940 yillar o‘rtasidan 1960 yillar boshlarigacha;
V davr — 1960 yillardan 1970 yillarning boshlarigacha;
VI davr — 1970 yillar boshidan keyingi vaqtni o‘z ichiga oladi.
54
Zaripova R.A. Chet tillar o‘qitish metodikasidan qo‘llanma. –T.: O‘qituvchi, 1986. -B.67.
157
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng yangi davr boshlandi.
Umuman olganda, “O‘zbekistonda chet til o‘qitish tarixini davrlashtirish
chog‘ida quyidagilarga e’tibor berilmog‘i kerak: birinchidan, «chet til o‘qitish
metodikasi» yurtimizda 1950 yillar o‘rtalaridan ilmiy tadqiq etila boshlandi.
«O‘zbekiston metodikasi» tushunchasi shu davrga taalluqli, undan oldin
Respublikada original darslik va qo‘llanmalar, ilmiy metodik adabiyotlar
ishlangan emas; ikkinchidan, metodika maxsus ishlab chiqilmagan (rus
maktablari metodikasidan foydalanilgan), uni davrlashtirish g‘oyasi
nomaqbuldir, chunki davrlashtirish bevosita metodik sistemaga tegishli;
uchinchidan, respublika maktablarida chet til o‘qitish uning metodikasi qanchalik
ishlangani bilan bog‘liq bo‘lganidek, sobiq ittifoqda chet til o‘qitish metodikasi
davrlaridan farq qiladigan o‘ziga xos bosqichlar belgilandi.
I. V. Raxmanov va A. A. Mirolyubovlarning tadqiqotlari doirasidagi tarixiy
ma’lumotlarni ma’qullagan holda jumhuriyat hududida chet til o‘qitish tarixini
shartli uch bosqichga bo‘lish tavsiya etiladi: I bosqich—1924 yilgacha; II
bosqich1924—1960; III bosqich — 1961 yildan boshlanadi.
Bunday davrlashtirishni quyidagi ilmiy mezonlar asosida dalillash o‘rinlidir.
1917 yilgacha o‘zbek o‘quv yurtlarida chet tili ikki maqomga ega bo‘lgan: 1)
Sharq tillari diniy o‘quv muassasalarida o‘rganilgan, 2) Yevropa tillari ruscha
o‘quv yurtlarida o‘rgatilgan. Demak, o‘zbeklar uchun maxsus o‘quv vositalari
nashr etilmagan. 1924 yildan e’tiboran maxsus o‘quv rejalari doirasida chet til
o‘qitila boshlandi. Biroq 1961 yilga qadar o‘zbek sinflari, guruhlari yoki o‘rta va
oliy maktablari xususiyatlarini hisobga oladigan o‘quv qo‘llanmalari muntazam
chiqarilmagan. Tarixda ilk bor 1961—1964 yillarda 5-8-sinflar uchun ingliz,
nemis, fransuz tillari darsliklari tayyorlandi va maktab hayotiga joriy etildi.
Uchala mezon, ya’ni (1) o‘quv rejalari ishlanmaganligi, (2) o‘quv rejasiga chet til
kiritilgan, biroq o‘quv vositalari chiqarilmaganligi va (3) o‘quv vositalarini nashr
etish yo‘lga qo‘yilganligini hisobga oladi. “
55
Xitoy tilini globalizatsiya jarayonida tez rivojlanib borishi, O‘zbekiston
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, tashqi ishlar vazirligi
va boshqa vazirliklarga tegishli o‘quv yurtlarida mazkur fandan ta’lim berish
metodikasini va metodologiyasini muntazam ravishda takomillashtirib borishni
taqazo etadi. Bu maqsadlarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida elektron
o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqarilgan. Institutida yoshlarning ilmiy izlanishlarini
rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Iqtidorli
bakalavr magistrlar Xitoy tilivaadabiyoti kafedrasining professor va
o‘qituvchilariga shaxsan biriktirilgan. Ushbu ishlarni natijasi sifatida har yili
tashkil etilayotgan yosh iqtidorli xitoyshunos talabalar anjumanini e’tirof etish
55
Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. -T.: O‘qituvchi. 2012. -B.134
158
mumkin. Ushbu anjumanda e’lon qilingan ilmiy ma’ruzalar “Xitoyshunos
talabalar ilmiy to‘plami”da nashr etib kelinmoqda. Bunday to‘plamlarni tashkil
etish yoshlarni bilimini charxlash, ularni xitoyshunoslikning dolzarb sohalariga
jalb etish, rag‘batlantirish, ularda ilmiy qobiliyatni shakllantirishda va salohiyatni
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. To‘plam o‘zbek, xitoy, rus, ingliz va
boshqa tillarda tayyorlangan ilmiy maqolalarni jamlagani ham e’tiborga molikdir.
Kafedra professor va o‘qituvchilari O‘zbekiston va Xitoy muzokaralari,
Shanxay Hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo‘lib o‘tgan majlislari va rasmiy
uchrashuvlarida sinxron tarjima etish ishlarida muntazam qatnashib kelmoqdalar.
O‘zbek mumtoz adabiy asarlarini xitoy tiliga tarjima qilish kabi ishlar ham
amalga oshirilmoqda. Kafedra Pekin, Lanzhou, Urumchi, Yunnan, Shanxay va
boshqa universitetlar, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya
va boshqa davlatlar xitoyshunoslik ilmiy markazlari, Xalqaro tarjimonlar
tashkiloti bilan yaqindan aloqalar bog‘lagan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xitoy tilini yuqorida sanab o‘tilgan
ob’ektiv sabablarga ko‘ra globalizatsiya jarayonida o‘z kuchiga ega bo‘lishi xitoy
tilini o‘qitish va xitoy filologiyasi sohasida mutaxassislar tayyorlash ishlarini
yanada takomillashtirish dolzarb vazifa sifatida qabul qilinishini va biz, o‘zbek
xitoyshunosligi maktabining vakillari tomonidan bir qator vazifalarni amalga
oshirishimizni taqazo etadi:
Birinchidan, o‘rta maktab va litseylarda xitoy tilidan ta’lim berishni
zamonaviy darajaga ko‘tarish, o‘quv jarayonlarida yangi metodlar, informasion
texnologiyalarni kengroq jalb etish lozim.
Ikkinchidan, xitoy filologiyasi sohasini bitirganlar o‘z mehnat faoliyatida
qanday muammolarga duch kelayotganliklarini tahlil etish zarur. Xitoy tili
sohasida institut bergan bilim va tajriba tegishli vazirliklar, idoralar,
kompaniyalar va firmalar talablariga qanday mos kelishini izchil monitoringini
olib borish kerak.
Uchinchidan, xitoy filologiyasi sohasida ta’lim oluvchi talabalar o‘zbek, rus,
ingliz tillarini mukammal egallashlari maqsadga muvofiq. Xitoy filologiyasidan
ta’lim berish texnologiyasi va standartlari xitoyshunoslikni qator dolzarb
sohalarini qamrab olishi lozim. Jumladan, biz tayyorlagan mutaxassislar xalqaro
savdo, investisiya, bank va moliya, transport, kommunikatsiya, yuqori
texnologiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va yurisprudensiya sohalarida ham
kerakli ma’lumotlar bazasiga ega bo‘lishlari lozim. Bu maqsadlarda xitoy
professor va mutaxassislari bilan hamkorlikda yangi darslik, o‘quv qo‘llanmalar
va lug‘atlar yaratilishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |