Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti



Download 304,31 Kb.
bet2/9
Sana26.06.2021
Hajmi304,31 Kb.
#102130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yerkebayeva Feruza (IKM 60)

Korxonalarda pul oqimlarini tasniflanishi5



Tasniflash xususiyati

Pul oqimini turlari (nomi)

1

Faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha

Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimi

Investitsion faoliyatdan keladigan pul oqimi

Moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimi

2

Shakllanish doirasi va iqtisodiy jarayonga xizmat ko‘rsatish ko‘lami bo‘yicha

Korxona bo‘yicha umumiy pul oqimi

Alohida tarkibiy bo‘limlar, filiallar bo‘yicha pul oqimi

Xo‘jalik faoliyati, jarayonlari turlari bo‘yicha pul oqimi

3

Amalga oshirish shakllari bo‘yicha

Naqd pul oqimi 

Naqd bo‘lmagan pul oqimi 

4

Natijaviyligi bo‘yicha

Ijobiy pul oqimi

Salbiy pul oqimi

5

Vaqtni hisoblash usuli yoki davriyligi bo‘yicha

Joriy (real) pul oqimi

Kelajakdagi pul oqimi

6

Ajratilgan vaqt bo‘yicha

Qisqa muddatli pul oqimi

Uzoq muddatli naqd pul oqimi

7

Hajmning yetarliligi yoki sof qiymati bo‘yicha

Ortiqcha pul oqimi

Taqchil pul oqimi

Optimal pul oqimi

8

Hajmni hisoblash usuliga ko‘ra

Yalpi pul oqimi

Sof pul oqimi

9

Harakat yo‘nalishi bo‘yicha

Kiruvchi pul oqimi

Chiquvchi pul oqimi

10

Aylanish doirasi bo‘yicha

Ichki pul oqimi

Tashqi pul oqimi

11

Valyuta turi bo‘yicha

Milliy valyutadagi pul oqimi

Chet el valyutasida naqd pul aylanishi

12

Oldindan taxmin qilishga ko‘ra

Rejalashtirilgan pul oqimi

Rejadan tashqari pul oqimi

13

Shakllanish vaqti intervallarining barqarorligi bo‘yicha

Bir xil vaqt intervallari bilan muntazam pul oqimi

Notekis taqsimlangan muntazam pul oqimi

14

 Shakllanishning uzluksizligi

Doimiy pul oqimi

Diskret pul oqimi

Endi yuqoridagi jadvalda keltirilgan pul oqimlarining turlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar keltirish orqali pul oqimlari tasniflanishining korxona faoliyatidagi ahamiyatini bilib olishimiz mumkin.



  1. Korxonalarda pul oqimining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha turlari hisoblangan operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdan keladiga pul oqimlari va ularning tarkibi haqida yuqori o‘rinlarda gaplashdik.

  2. Iqtisodiy jarayonga xizmat ko‘rsatish ko‘lami yoki shakllanish doirasi bo‘yicha korxonaning umumiy pul oqimi umuman korxona biznesiga xizmat qiladigan pul oqimlarining barcha turlarini to‘playdigan turini anglatadi. Bu pul mablag‘larini korxona darajasida olish va undan foydalanish bilan tavsiflanadi.

Har bir tarkibiy bo‘linmaning pul oqimi alohida boshqarish obyekti sifatida korxonaning filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarini ajratish natijasida mustaqil o‘rganishilishi tushuniladi.

Xo‘jalik faoliyati va jarayonlari turlari bo‘yicha pul oqimida faoliyat yoki xo‘jalik jarayoni turidan kelib chiqqan holda pul oqimlarini hisobga olish va tahlil qilish nazarda tutiladi.



  1. Naqd pul oqimi deyilganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd pul bilan xizmat ko‘rsatiladigan korxonaning umumiy pul oqimining qismi tushunilib, u korxona tomonidan banknotalar va tangalarni olish yoki to‘lash bilan tavsiflanadi.

Naqd bo‘lmagan pul oqimi esa moliyaviy bozorning turli xil kredit va depozit vositalariga xizmat ko‘rsatadigan korxonaning umumiy pul oqimining bir qismi hisoblanadi. Bu turdagi pul oqimining xususiyati bu korxonada faqat buxgalteriya hisoblaridagi yozuvlar shaklida shakllanishidir.

Korxonaning naqd va naqd bo‘lmagan pul oqimlari o‘rtasida chambarchas bog‘liqlik mavjud, chunki naqd va naqd bo‘lmagan pullar o‘zlarining shakllarini o‘zgartirib, doimiy ravishda pul muomalasining bir sohasidan boshqasiga o‘tadi.



  1. Korxona pul oqimining natijaviyligiga ko‘ra ijobiy pul oqimi korxona operatsiyalarining barcha turlaridan korxonaga tushadigan pul oqimining umumiy miqdorini tavsiflaydi. Salbiy pul oqimi esa korxona tomonidan o‘z biznes operatsiyalarining barcha turlarini amalga oshirish jarayonida to‘lovlarning umumiy miqdorini tavsiflaydi.

  2. Joriy pul oqimi korxonaning pul oqimini hozirgi vaqtda joriy qiymatga qarab berilgan yagona taqqoslanadigan qiymat sifatida tavsiflansa, kelajakdagi pul oqimi korxonaning pul oqimlarini ma’lum bir kelgusi nuqtaga qadar kamaytirilgan yagona taqqoslanadigan qiymat sifatida tavsiflaydi. 

  3. Qisqa muddatli pul oqimi naqd pul tushumlari kelib tushgan paytdan boshlab yoki ularning to‘liq to‘ldirilishi bilan bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatdagi pul oqimi hisoblanadi. Agar bir yildan ortiq vaqtni talab qilsa, u holda uzoq muddatli naqd pul oqimiga kiritiladi.

Ushbu tasniflash, odatda, korxonaning individual ish faoliyatini tavsiflash uchun ishlatiladi. Qisqa muddatli pul oqimi korxona faoliyati va qisman korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab operatsiyalar uchun xarakterlidir. Uzoq muddatli pul oqimi investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarining asosiy qismi uchun xarakterlidir.

  1. Ortiqcha pul oqimi pul tushumlari korxonaning maqsadli sarflanishiga bo'lgan haqiqiy ehtiyojidan sezilarli darajada oshishi bilan tavsiflanadi. Korxona tomonidan moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda foydalanilmaydigan sof naqd pul qoldig‘ining yuqori ijobiy ko‘rsatkichi uning isbotidir.

Pul oqimi korxonaning joriy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda, taqchil,ya’ni defitsit pul oqimi hosil bo‘ladi. Agar bu miqdor korxonaning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatining barcha ko‘zda tutilgan yo‘nalishlari uchun naqd pulga rejalashtirilgan ehtiyojni ta’minlamasa, sof pul qoldig‘ining ijobiy miqdori bo‘lsa ham, uni yetishmovchilik sifatida tavsiflash mumkin,. Sof naqd pul qoldig‘i miqdorining manfiy qiymati avtomatik ravishda ushbu kamomadni keltirib chiqaradi.

Optimal pul oqimi pul mablag'larini qabul qilish va ulardan foydalanish balansi bilan tavsiflanadi. Bu ularning eng maqbul balansini shakllantirishga hissa qo‘shadi, bu esa kompaniyaga o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarishga imkon beradi. Bunda faqat naqd pul bilan hisob-kitob qilish talab qiladi, lekin, shu bilan birga mablag‘larning maksimal qaytarilishini ta’minlaydi.



  1. Yalpi pul oqimi ko‘rib chiqilgan vaqt ichida tushgan mablag‘lar yoki mablag‘larning to‘liq to‘plamini ifodalasa, sof pul oqimi ijobiy va salbiy pul oqimlari o‘rtasidagi farqni, ya‘ni ko‘rib chiqilgan davrda naqd pul tushumlari va chiqimlari o‘rtasidagi farqni ifodalaydi. Bu korxona iqtisodiy faoliyatining eng muhim natijasidir.

  2. Kiruvchi pul oqimi ijobiy pul oqimi tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ma’lum vaqt oralig‘ida korxonaga naqd pul tushumlarining yig‘indisi anglatadi. Chiquvchi pul oqimi deyarli salbiy pul oqimi singari korxona tomonidan shu vaqt ichida naqd pulning jami ishlatilishini ifodalaydi. Lekin ijobiy va salbiy pul oqimlari natijaviylik bo‘yicha hisobga olinsa, kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari pul mablag‘lari aylanishining harakat yo‘nalishiga ko‘ra tasniflanadi.

  3. Ichki pul oqimi korxonada mavjud bo‘lgan naqd pulning joylashishi va shaklining o‘zgarishi bilan tavsiflanib, korxona ichidagi pul mablag‘larining yalpi daromadlari va xarajatlari, xodimlar, muassislar, yordamchi tarkibiy bo‘linmalar va boshqalar bilan korxonaning kassa munosabatlari bilan bog‘liq operatsiyalarni ifodalaydi. Ichki pul oqimi umumiy pul oqimining oz qismini tashkil etadi.

Tashqi pul oqimi yuridik va jismoniy shaxslardan pul mablag‘larini qabul qilish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarga pul mablag‘larini to‘lash bilan tavsiflanib, korxonaning iqtisodiy sheriklar va davlat organlari bilan pul munosabatlari bilan bog‘liq operatsiyalariga xizmat qiladi. Bu korxonaning naqd pul qoldig‘ini ko‘paytirish yoki kamaytirishga yordam beradi. Tashqi pul oqimining hajmi korxonaning umumiy pul oqimining asosiy qismini tashkil etadi.

  1. Agar hisob birligi korxona joylashgan hududda joylashgan mamlakatning pul birligi bo‘lsa, korxonaning pul oqimi milliy valyutadagi pul oqimi sifatida tavsiflanadi. Hisob birligi boshqa mamlakatning valyutasi bo‘lsa, korxonada xorijiy valyutadagi pul mablag‘lari hosil bo‘ladi. 

  2. Rejalashtirilgan pul oqimi pulning korxonaga qancha yoki qachon kelishi yoki undan foydalanilishini oldindan bilish imkoniyati bilan tavsiflanadi. Uning hajmi va amalga oshirilish vaqtini oldindan aniqlab olish mumkin, masalan, amortizatsiya oqimi, qabul qilingan kredit mablag‘lariga xizmat ko‘rsatish va to‘lash uchun pul oqimi va boshqalar.

Rejadan tashqari korxonada yuzaga keladigan pul oqimi rejadan tashqari pul oqimi sifatida tavsiflanadi. Atrof-muhit omillari o‘zgarishi sababli, mahsulot hajmi va aksiyalar bo‘yicha dividendlar olish yoki operatsion, investitsion yoki moliyaviy faoliyatni amalga oshiradigan korxonadagi favqulodda hodisalar, shuningdek oldindan rejalashtirilmagan ba’zi operatsiyalar, masalan, jarimalarni to‘lash bilan bog‘liq holatlarni ham shunga kiritish mumkin.

  1. Mablag'larning kelib tushishi yoki sarflanishining bir xil vaqt intervallari bilan muntazam pul oqimi annuitet xarakteriga ega.

Notekis taqsimlangan muntazam pul oqimiga misol sifatida mulkni ijaraga berish muddati davomida notekis vaqt oralig‘ida kelishilgan tomonlar bilan ijaraga olingan mulk uchun ijara to‘lovlari jadvalini kiritish mumkin.

  1. Doimiy pul oqimi ko‘rib chiqilayotgan davrda doimiy ravishda alohida vaqt oralig'ida amalga oshiriladigan naqd pullarni qabul qilish va ulardan foydalanish (kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq oqimlar, amalga oshirilishini ta’minlaydigan pul oqimlari, uzoq muddatli real investitsiya loyihalari va boshqalar) bilan tavsiflanadi. Operatsion faoliyat natijasida hosil bo‘lgan pul oqimlarining aksariyati ushbu xususiyatga ega.

Diskret pul oqimi individual moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan pul oqimlari bilan tavsiflanadi. 

Muayyan minimal vaqt oralig‘i bilan korxonaning barcha pul oqimlarini diskret deb hisoblash mumkin. Va aksincha, korxonaning hayot aylanishi doirasida uning pul oqimlarining asosiy qismi doimiydir. 

Demak, korxona pul oqimining tasniflashdan asosiy maqsad ularni turlari bo‘yicha alohida hisobga olish, ularning tahlilini olib borish tizimini shakllantirish hisoblanadi. Bu o‘z navbatida, investorlarga pul oqimlari to‘g‘risidagi tahlil yoki hisobotni taqdim qilishda bir qancha qulayliklar yaratadi. Shuningdek, pul oqimlarining yuqoridagi turlari ularni rejalashtirish va prognoz qilishni samarali boshqarish imkonini beradi.



  1. Korxona pul oqimlarining tahlili

Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy, mehnat va pul resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Lekin boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi, bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi.

Korxonalarning xo‘jalik faoliyatini boshqarishda foydalaniladigan manbalar qatoriga pul mablag‘larining harakati, ya’ni pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotlar ham kiradi. Korxona faoliyatini samarali boshqarishda pul mablag‘lari oqimi to‘g‘risidagi axborotlar muhim rol o‘ynaydi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha darajadagi biznesmenlar tomonidan xalqaro amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. U korxonalar ma’muriyatiga ham, tashqi foydalanuvchilarga ham zarurligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul oqimlari haqida gap ketganda, bu borada bir nechta atamalarga ta’rif berish o‘rinlidir. Xususan, pul oqimida pul mablag‘lari kassadagi naqd pul va talab qilib olinadigan depozitlar, shuningdek bankning hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlaridagi mablag‘larni anglatadi. Shuningdek, pul ekvivalentlari deyilganda, ma’lum pul mablag‘iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o‘zgarishlar tufayli uncha ko‘p bo‘lgan qisqa muddatli, yuqori likvidli investitsiyalar (moliyaviy qo‘yilmalar) tushuniladi. Korxona pul oqimini tahlil qilish jarayonida muhim va zaruriy ma’lumotlar moliyaviy hisobotning 4-shakli bo‘lgan “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” shaklidan olinadi. Chunki, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot hisobot davrida pul mablag‘i oqimlarini batafsil ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi6 hisoblanib, undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlaydi.

Korxonalarda pul oqimini tahlilini o‘rganar ekanmiz, tahlildan ko‘zlangan maqsad hamda uning vazifalari nimalardan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tish muhim. Pul oqimi tahlili maqsadi moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida pul oqimini obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‘yicha o‘rganish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ichki va tashqi omillarga bog‘liq holdagi o‘zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bundan kelib chiqqan holda tahlil o‘z oldiga quyidagi vazifalarni belgilab qo‘yadi:



  • pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari bo‘yicha o‘rganish;

  • pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;

  • pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes samaradorligiga baho berish;

  • pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta’sir darajasini, ular naqdligining likvidlik va to‘lovga qobillikka ta’sirini baholash;

  • operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy koeffitsiyentlarda baholash;

  • pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va ularni amalga oshirish7.

Korxonalarda pul oqimi tahlilining maqsadi va vazifalarini o‘rgandik va uning ahamiyatlilik darajasini ko‘rib chiqdik. Biroq, shu bilan bir qatorda tahlilning kamchiliklari ham mavjud. Xalqaro Buxgalteriya standartlariga asoslangan iqtisodiy olimlar fikridan kelib chiqqan mazkur kamchiliklarni chizma shaklida ifodalashni lozim topdik.

1-rasm. Pul oqimi tahlilining kamchiliklari8

Korxonalarda pul oqimi tahlilining inflyatsiya darajasi, moliyaviy hisobotlarni tuzish davriyligining uzoqligi, hisobga olish va kassali usulning muvofiq kelmasligi, pul oqimi to‘g‘risidagi analitik ma’lumotlarni olish imkoniyatlari cheklanganligi, axborotlarning ishonchligidagi muammoli jihatlar singari kamchiliklari bo‘lishiga qaramay, korxona faoliyati moliyaviy holatini bilish uchun tashqi va ichki foydalanuvchilarga pul oqimi ko‘rsatkichlari va undagi ma’lumotlar muhim. Shuningdek, pul oqimini tahlil qilish orqali shu korxonaga investitsiya kiritish, uni mijoz sifatida kreditga layoqatliligi hamda korxonaning moliyaviy barqarorligi bo‘yicha savollarga javob topishimiz mumkin.

Korxona pul oqimi tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular haqida mazkur paragrafda suhbatlashamiz. Ulardan birinchisi, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida, xo‘jalik jarayonlarida doimo pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlariga zaruriyat sezishi pul oqimi tahlilining katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bunga sabab esa barcha munosabatlar ushbu oqim harakati bilan boshlanadi va tugaydi.

Pul mablag‘lari harakatini tahlil qilish moliyaviy ahvol va moliyaviy natijalarni tahlil qilish o‘rtasidagi tahliliy ish hisoblanadi. Pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotdagi umumlashtirish obyekti korxonaning bank schyotlari va kassadagi pul mablag‘lari hisoblanadi. Pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarining muomalaga kirib kelishi va chiqib ketishi korxonaning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatdagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotda ochib beriladigan pul oqimlarini tashkil qiladi.

Pul oqimlarining shakllanishi va ularning ishlatilishidagi umumiy jihatlar bilan bir qatorda albatta har bitta korxonaning ularning harakati, tezligi yuzasidan o‘ziga xos jihatlari mavjud. Masalan: pul va pul ekvivalentlarining harakati savdoda, umumiy ovqatlanishda, qurilishda, sanoatda, qishloq xo‘jaligida bir-biridan tubdan farq qiladi. Bu tarmoq va bo‘g‘inning, korxona faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Bank sohasidagi pul oqmining tahlilini misol sifatida oladigan bo‘lsak, pul oqimi mijozning o‘z xarajatlarini qoplash va qarzlarini o‘z resurslari hisobidan to‘lash qobiliyatini ifodalovchi o‘lcham sifatida qaralib, pul oqimi tahlili (mijoz so‘ragan muddat davrida) pul oqimidagi chiqim va kirimni taqqoslashga asoslanadi. Bank tizimida pul oqimini tahlil qilishda kamida o‘tgan uch yil bo‘yicha ma’lumotlar olinishi lozim. Agar mijoz faoliyatida pul oqimining kirim qismi chiqim qismidan ustuvor o‘sishda bo‘lsa, bu holat mijozning kreditga layoqatliligini, moliyaviy barqarorligini bildiradi. Aks holat esa mijozning reytingi pastligi va moliyaviy barqarorligining zaifligidan dalolat beradi. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, pul oqimini tahlili barcha (bank, qurilish, sanoat, ishlab chiqarish va boshqa) sohalarda muhim rol o‘ynaydi va korxonaning kelgusidagi faoliyatni belgilab beradi. Bu ham pul oqimi tahlilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

Endilikda pul oqimi tarkibi bilan tanishamiz. Korxona pul mablag‘larining oqimini ta’riflovchi asosiy ko‘rsatkichlar sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: 1) pul mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi summasi; 2) kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘larining tuzilmasi; 3) kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘larining o‘zaro saldosi; 4) kelib tushgan va sarflangan pul mablag‘lari nisbatining koeffitsiyenti (pul mablag‘lari oqimi koeffitsiyenti).

Shuningdek, pul mablag‘lari oqimini ta’riflovchi asosiy ko‘rsatkichlar yordamida uni quyidagi chizma orqali tasvirlash mumkin:

2-rasm. Pul mablagʻlari oqimi9

Yuqoridagi chizmadagi ma’lumotlarni jadval shaklida tuziladi va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot ko‘rinishi vujudga keladi. Mazkur hisobot shaklidan pul oqimlarini tahlil qilishda foydalaniladi. Jahondagi xalqaro hisobotlar standartlariga mos ravishda pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot jadval ko‘rinishga egadir (1-ilova).

Pul oqimlari to‘g‘risidagi manbalar asosida investorlar kompaniya faoliyatini o‘rganadi va ularning faoliyatiga baho beradi. Jumladan, korxona rahbariyati pul mablag‘lari harakatini boshqara olish, korxona schyotidan kreditor qarzlarni uzish hamda hissadorlarga dividend to‘lash, qo‘shimcha moliyalashtirish maqsadlari uchun yetarli miqdorda pul mablag‘larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi. Bu hisobot shakli orqali sof foyda bilan pul mablag‘lari harakati o‘rtasidagi bog‘liqlik va tafovutlari aniqlanishi mumkin. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot korxonani investitsiya va moliyaviy faoliyati natijalarini o‘zida aks ettiradi.

Oldingi davrlardagi pul oqimlari to‘g‘risidagi axborotdan ko‘pincha kelgusi pul oqimlarining summasi, muddati va aniqligining ko‘rsatkichi sifatida foydalaniladi. U, shuningdek, kelgusi pul oqimlari bo‘yicha oldingi baholarning to‘g‘riligini tekshirishda, hamda foydalilik va sof pul oqimlari orasidagi bog‘liqlikni va o‘zgaruvchan narxlarning ta’sirini o‘rganishda foydalidir.

Pul oqimlarni tahlil qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) usul qo‘llaniladi. Ularning orasidagi farq pul oqimi miqdorini aniqlash bo‘yicha protseduralarning turli xil ketma-ketligidadir.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri usul mablag‘larning kelib va chiqishni hisoblashga asoslanadi, ya’ni “to‘g‘ri usul – xo‘jalik faoliyatidan pul mablag‘lari harakatini ijobiy va salbiy farqlanishlarini aniqlashning kassa usulida hisob-kitob qilinishi”10. Bu usuldan foydalangan holda mablag‘larni tahlil qilish korxonaning likvidligini baholashga imkon beradi, chunki u o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘lar harakatini batafsil ochib beradi va joriy majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar, investitsiya faoliyati va qo‘shimcha xarajatlar uchun mablag‘larning yetarliligi to‘g‘risida operativ xulosalar beradi. Pul mablag‘larini to‘g‘ri usulda tahlil etishning metodologik asosi balans usuli hisoblanadi. Uning mazmunini quyidagilar tashkil etadi:


  • pul qiymatliklarining davriy qiymatini hisobga olmaslik;

  • pul mablag‘larini qoldiq qismini aniqlash quyidagi tenglikka teng:


Download 304,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish