Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent Moliya instituti “Iqtisodiyot” fakulteti



Download 304,31 Kb.
bet1/9
Sana26.06.2021
Hajmi304,31 Kb.
#102130
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Yerkebayeva Feruza (IKM 60)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Toshkent Moliya instituti

Iqtisodiyot” fakulteti

Moliya” kafedrasi

Moliya” fanidan



KURS ISHI

Mavzu: “Korxona pul oqimlarini tahlil qilish va bashoratlash”

Bajardi: IKM-60 guruh talabasi

Feruza Yerkebayeva



Ilmiy rahbar: k.oʻq. Sh.Sultonov

TOSHKENT – 2020

REJA

Kirish

  1. Korxonada pul oqimi va uning tasniflanishi.

  2. Korxonada pul oqimini tahlili.

  3. Korxonada pul oqimini bashoratlash.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Ilovalar

Kirish


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi iqtisodiy taraqqiy etish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini oshishini ta’minlash bo’lib, bu orqali aholi turmush tarzini yanada yaxshilash, ular uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.

Har bir rivojlangan davlatda kuzatilganidek, iqtisodiyotning jadal sur’atlar bilan o‘sishi uchun jahonda tan olingan xalqaro standarlar asosida hujjatlar shakllantirish hamda yuritish joriy etilmoqda. Mamlakatimizda xalqaro biznes yuritish tartib-qoidalari va tamoyillari takomillashayotgani, korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, umuman olganda, barcha tashkilotlar faoliyatida xalqaro standartlar asosida milliy standartlar tizimini keng amaliyotga tadbiq etilayotgani milliy iqtisodiyotimizni tobora yuksalib borayotganidan dalolat bermoqda. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, korxonalarda pul oqimi va Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shaklini o‘rganish va shu asosda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini amalga oshirish iqtisodiy samadadorlikka o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Shuningdek, “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot undan foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidagi o‘zgarishlarni baholashga imkon beradi, ularni hisobot davrida qancha pul tushgani va qancha pul chiqqani to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlashi”1 qonun hujjatlarida belgilanganligi pul oqimini to‘g‘ri tahlil qilish korxonalar faoliyatida katta ahamiyatga eganligidan dalolatdir. Pul mablag‘larini tahlil qilish va oqilona boshqarish masalasi doimo mulk egalari va menejerlar e’tiboridagi masala bo‘lib kelgan. Pul oqimlari to’g’risidagi ma’lumotlar barcha darajadagi tadbirkorlar tomonidan xalqaro amaliyotda keng qo’llanilmoqda, u korxonalar ma’muriyatiga ham, tashqi foydalanuvchilarga ham zarurdir. Korxona menejerlari mazkur ma’lumotlardan foydalanib, korxona likvidliligini o’rganishda, dividendlarni belgilashda, ish haqi ta’minoti va byudjet bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilinishi imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Shu sababli, pul oqimi haqidagi ma’lumotlarni ta’minlash, ularni to‘g‘ri boshqarish masalasiga doimo ham muhim ahamiyat qaratilmog‘i lozim.

Bundan tashqari, pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga asos bo‘lib xizmat qilishi bilan foydalidir. Shunday ekan, korxonalarda pul oqimi, uni tahlil qilish ahamiyatini o‘rganish va uni bashoratlash bo‘yicha samarali usullar ustida ishlash bugungi kunda dolzarbdir.



Kurs ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad korxonalar rivojlanishi uchun muhim jarayonlardan biri bo‘lgan pul oqimini tahlil qilishni, bashoratlashni va uning amaliy holatini o‘rganish, Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shakli yuzasidan xulosalarni shakllantirishdir. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda kurs ishining quyidagi vazifalari belgilandi:

  • Korxonalarda pul oqiminining iqtisodiy mazmuni va ahamiyatini o‘rganish;

  • Pul oqimining tasniflanishi va turlani o‘rganish;

  • Pul oqimini tahlili va bashoratlashni o‘rganish va uning ahamiyatini yoritib berish, amaliy holatini misollarda ko‘rib chiqish;

  • Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot shakli mazmuni va muhimligini o‘rganish;

  • Korxonalarda pul oqimini tahlil qilish va bashoratlashning samarali usullarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha xulosalar berish.

Kurs ishi mavzusining obyekti bo‘lib Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalarning pul oqimlari hisoblanadi.

Kurs ishi mavzusining predmeti bo‘lib korxonalarda pul oqimini tahlil qilish va bashoratlash, shuningdek pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotni o‘rganish hisoblanadi.

Kurs ishini mavzusini yoritib berishda mamlakatimizdagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, xususan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 4-noyabr 519-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot” nomli O‘zbekiston Respublikasi Buxgaltyeriya hisobi milliy standarti 9-son BHMSdan, yurtimizdagi va xorijdagi iqtisodchi olimlar va professorlar tomonidan yozilgan o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, darsliklardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Jumladan M.Y.Raximov, N.N.Kalandarova. A.V. Vahobov, N.F. Ishonqulov, A.T. Ibrohimov, M.Y. Raximov, T. M. Qoraliyev, A. A. Omonov, N.Y. Jo‘rayev singari professorlar, o‘qtuvchilar va K.R. Subramanyam, A.Balabanov va I.Balabanov, T.V. Timofeeva, T.R. Karlin, Tim Berri kabi xorijiy olimlarning kitob va darsliklaridagi ma’lumotlar kurs ishini chuqur o‘rganishga va mazmunan keng yoritishga o‘z hissasini qo‘shadi.


  1. Korxonada pul oqimi va uning tasniflanishi

Jahonda yuz berayotgan iqtisodiy-moliyaviy munosabatlar, turli mamlakatlarning korxona yoki tashkilotlaridagi innovatsion oʻzgarishlar shuni koʻrsatadiki, har bir rivojlanayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida pul mablagʻlari hamda pul oqimini samarali tashkil etish va uning tahlilini izchillik bilan olib borish barqaror rivojlanish koʻrsatkichlariga erishishning omillaridan biridir. Chunki, korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun soliqlarni hamda davlat byudjetidan tashqari fondlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, mehnatga haq toʻlash, zaruriy ishlab chiqarish zaxiralari sotib olish, raqobatli bozor sharoitida oʻz mavqeyini saqlash maqsadida innovatsion gʻoyalar ustida ishlash va joriy qilishga sarflar, zamonaviy mehnat vositalari va texnikalar sotib olish uchun va shu kabi xarajatlarga har doim yetarli pul mablagʻlari va pul oqimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish talab qilinadi.

Yuqori oʻrinlarda pul oqimi va uning korxona faoliyatidagi ahamiyati haqida gaplashgan boʻlsak, endilikda pul oqimi oʻzi nima, qanday turlari mavjud kabi savollarga javob beramiz.

Pul oqimining ta’rifi qaysi soha tomondan yondashishga qarab mazmun jihatdan oʻzgarmasada, ta’riflanishi biroz farq qilishi mumkin. Masalan, bank tizimi boʻyicha qaraladigan boʻlsa, pul oqimi mijozning o‘z xarajatlarini qoplash va qarzlarini o‘z resurslari hisobidan to‘lash qobiliyatini ifodalovchi o‘lcham hisoblanib, mijozning kreditga layoqatliligini baholashda qo‘llaniladigan usullardan biri sanaladi2. Umuman olganda pul oqimi to‘g‘risida quyidagi ta’riflarni keltirishimiz mumkin: 1) bu korxona, muassasa yoki jismoniy shaxsda mavjud bo‘lgan pul miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi; 2) bu biror biznesda bir oy ichida harakatlanadigan (oqayotgan) pul; 3) pul mablag‘lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi) va hokazolar.

O‘zbekiston Respublikasi Buxgaltyeriya hisobi milliy standarti 9-son “Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot”iga muvofiq “pul oqimlari - pul mablag‘lari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat”3. Demak, yuqoridagi ta’riflarni umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, pul oqimi bu manbalaridan qat'iy nazar korxonaning tadbirkorlik faoliyati natijasida hosil bo‘lgan pul mablag‘larining taqsimlangan vaqt tushumlari (tushishi) va to‘lovlari (chiqib ketishi) to‘plami hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, pul oqimi harakati vaqt, xavf va likvidlik omillari bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘rib chiqilayotgan vaqt oralig‘ining alohida intervallari bo‘yicha taqsimlangan, uning tadbirkorlik faoliyati natijasida hosil bo‘lgan tushumlar va to‘lovlarning yig‘indisini anglatadi.

Majoziy ma’noda, pul oqimi korxonaning iqtisodiy organizmining “moliyaviy qon aylanishi” tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Korxonaning samarali tashkil etilgan pul oqimlari uning “moliyaviy salomatligi”ning eng muhim alomati boʻlib, uning yuqori yakuniy natijalariga erishish uchun zarur shartdir.

Pul oqimlarini tasniflanishi xususida gaplashar ekanmiz, uning bir qancha tasniflari mavjudligini ta’kidlash muhim. Chunki pul oqimlarni turli asoslarga koʻra tasniflash mumkin. Pul oqimiga iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq har xil oqim turlari kiradi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga muvofiq faoliyat turiga qarab pul oqimlari quyidagilar bilan ajralib turadi: operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyat4. Ya’ni, Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot, hisobot davri mobaynida operatsion, investitsiya yoki moliyaviy faoliyat natijasida yuzaga kelgan korxonadagi pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi lozim.

Operatsion (joriy) faoliyat bu asosiy maqsad sifatida foyda olishga intilayotgan yoki faoliyatning predmeti va maqsadlariga muvofiq foyda keltiradigan tashkilotning faoliyati hisoblanib, u tashkilotga asosiy daromad va asosiy pul oqimlarini olib keladi. Operatsion faoliyatdan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to‘g‘risidagi axborotdan operatsion faoliyatdan bo‘lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo‘shib foydalanish mumkin bo‘ladi.

Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimi asosan tashkilotning daromad keltiradigan asosiy faoliyatidan kelib chiqadi va sof foyda (zarar)ni aniqlashning tarkibiy qismi boʻlgan operatsiyalar va voqealar natijasidir. Odatda xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko‘rsatishga qaratilgan bo‘ladi.

Operatsion faoliyatdan keladigan pul oqimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:


  • tovarlarni sotish va xizmat ko‘rsatishdan tushgan pul;

  • xodimlarga va xodimlar nomidan to‘lovlar;

  • tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to‘lovlari;

  • royalti, badallar, vositachilik haqi va o‘zga yo‘llar bilan pul mablag‘lari tushumi;

  • sug‘urta kompaniyasining sug‘urta polislari bo‘yicha mukofotlari, talablari, yillik va o‘zga to‘lovlari bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

  • savdo yoki dilyerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari;

  • soliqlar bo‘yicha pul to‘lovlari yoki uning o‘rnini bosuvchi to‘lovlar (agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‘lmasa) va boshqalar.

Investitsiya faoliyatida kompaniyaning asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa aylanma aktivlarni sotib olish, shuningdek ularni sotish bilan bogʻliq kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq faoliyati koʻrib chiqiladi. Bu faoliyatdan keladigan pul oqimlariga asosiy vositalarni, nomoddiy va o‘zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga pul to‘lovlarini va ularni  sotishdan olingan pul tushumini, boshqa subyektlarning aksiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo‘shma korxonalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to‘lovlari va bularni sotishdan kelgan pul tushumlarini, boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va kreditlar hamda boshqa taraflarga berilgan bo‘naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlarini, shuningdek,  fyuchyers va forvard bitimlari, opsion bitimlar va svop bitimlar bo‘yicha to‘lovlar va pul tushumlarini kiritishimiz mumkin. Umuman olganda, investitsiya faoliyati bu pul mablag'lari bilan bogʻliq boʻlmagan uzoq muddatli aktivlar va moliyaviy investitsiyalarni sotib olish va sotishdir.

Moliyaviy faoliyat korxona qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarish, qarzlarni jalb qilish va qaytarish bilan bogʻliq faoliyat hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat oʻz mablagʻlari va qarz mablagʻlari hajmi va tuzilishidagi oʻzgarishlarga olib keladi. Moliyaviy faoliyatdan keladigan pul oqimi qoʻshimcha ulush va aksiyadorlik kapitalini jalb qilish, uzoq va qisqa muddatli ssudalar va qarzlarni olish, dividendlar toʻlash va mulk egalari depozitlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq boʻlgan mablagʻlarning kelib tushishi va toʻlovlarini tavsiflaydi. Shunday qilib, moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:



  • subyektlar aksiyalarining haqini to‘lash yoki sotib olish uchun ularning egalariga to‘lovlar;

  • aksiyalar yoki o‘z mablag‘i bilan bog‘liq boshqa vositalarni chiqarishdan keladigan pul tushumlari;

  • ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo‘yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari va zayomlarni to‘lash;

  • moliyaviy lizing bo‘yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun ijarachilarning to‘lovlari va boshqalar.

Pul oqimi pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari moddalari o‘rtasidagi harakatni o‘z ichiga olmaydi, chunki ular operatsion, moliyaviy yoki investitsiya faoliyatiga kirmaydi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini boshqarishga taalluqlidir.

Korxonalarda pul oqimlarini tasniflash xususiyati bo‘yicha yana bir qancha turlari mavjud bo‘lib, bu korxonada har xil turdagi pul oqimlarini hisobga olish, tahlil qilish va bashoratlashni maqsadli ravishda amalga oshirishga imkon beradi. Pul oqimlarini turli mezonlarga ko‘ra tarkiblanishi haqida quyida keltirilgan jadval orqali aniqroq tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin:


1-jadval



Download 304,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish