O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. X. Abdurahmonov, sh. R. Xolmo‘minov


Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/314
Sana18.04.2022
Hajmi3,33 Mb.
#559635
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   314
Bog'liq
4296-Текст статьи-10702-1-10-20220205

Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad 
etish 
deb hisoblanadi: 

Mehnat Kodeksining 6-moddasi birinchi qismidagi talablar 
(jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati 


326 
va mansab mavqei, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat 
birlashmalariga mansubligi, shuningdek, xodimlarning ishchanlik 
qobiliyatlariga va ular mehnatining natijalariga aloqador bo‘lmagan 
boshqa jihatlariga qarab, mehnatga oid munosabatlar sohasida har 
qanday 
cheklashlarga 
yoki 
imtiyozlar 
belgilashga 
yo‘l 
qo‘yilmasligining buzilishi
1


ish beruvchi tomonidan ish taklif qilgan shaxslarni ishga qabul 
qilmaslik; 

ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart 
bo‘lgan shaxslarni (belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga 
yuborilgan shaxslarni: homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan 
bolalari bor ayollarni – tegishlicha ularning homiladorligi yoki bolasi 
borligini vaj qilib) ishga qabul qilmaslik. 
Ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish 
beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun 
muddat ichida yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish 
huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi 
lozim. Asoslantirilgan javob berish haqidagi talablarni qondirishni rad 
etish xodimni ishga qabul qilish g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi 
ustidan shikoyat qilishga to‘siq bo‘lmaydi. 
Mehnat daftarchasi 
xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi 
asosiy hujjatdir. 
Ish beruvchi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa 
doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra 
mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha 
boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiritiladi. Mehnat 
shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga 
yozilmaydi. 
Xodim o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risida ham (agar bu 
amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan bo‘lsa) mehnat shartnomalari 
tuzishi mumkin. 
Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiri-
ladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 
asos bo‘ladi. 
1
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
to‘plami. – T.: O’zbekiston, 2006. - 7- бет. 


327 
Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining 
huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek, o‘zi vakil qilgan 
organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona 
kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa organlar orqali amalga oshiradi. 
Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar 
doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi. 
Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnoma-
sining mazmuniga muvofiq ravishda chiqariladi. 
Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. 
Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomoni-
dan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan 
bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki 
rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, ish boshlangan kundan 
e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish