31
ham sezilarli farq mavjudligini ko‘rsatish darkor. So‘nggi yillarda G‘arbiy
Yevropa iqtisodiyotining jamoa sektori ancha qisqarganiga qaramasdan
uning ulushi AQSHga nisbatan yuqoridir. Masalan,
Shvetsiyada
aholining yarmidan ko‘prog‘i iqtisodiyotning jamoa sektorida banddir.
Buyuk
Britaniyada
so‘nggi
vaqtda
xususiylashtirish
jarayoni
faollashganiga qaramasdan aholining to‘rtdan bir qismi iqtisodiyotning
jamoa sektoriga jalb etilgan.
“Yevropa modeli”ning o‘ziga xos xususiyatlari personalni
boshqarishda ishlab chiqarishni o‘rab turgan muhitni (masalan,
qonunchilikni) e’tiborga olish, shuningdek,
personalni boshqarishga
ikki taraflama (ham tashkiliy jihatdan, ham ijtimoiy masalalar
jihatidan) yondashishini talab etishini namoyon etadi.
Kompaniya va firmalar boshqaruv
xizmatidan bozor iqtisodiyo-
tining murakkab va doim o‘zgarib turadigan vaziyatlarida xodimlar
faoliyatini muvofiqlashtirish juda katta malaka va mahoratni talab
etadi.
Iqtisodchi olimlar fikricha, “Yevropa modeli”da personalni
boshqarishdagi bu xususiyat hisobga olingan.
Yaponiyada esa personalni boshqarishni davlat korporatsiyalarida
xodimlar bir umrga ishga
yollanishi hamda ish haqiga, mehnat stajiga
qarab ustamalar to‘lash tizimi mavjudligi xususiyatlarini hisobga
olmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi.
Yaponiya korporatsiyalarida personalni
boshqarish siyosati
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
–
ishchi kuchi ta’lim muassasalarini bitiruvchilari ichidan tanlab
olinadi;
–
ishlab chiqarishning u yoki bu vazifalarini hal etish uchun
nomzodlarning jinsi hisobga olinadi;
–
muntazam kasbiy tayyorgarlik amalga oshiriladi;
–
nomzodlar xodimlarning kasbiy ayirboshlanishi
tamoyillaridan
foydalaniladigan dasturlar asosida o‘qitiladi;
–
xodimlarni u yoki bu mansab vazifasiga ko‘tarish uchun
ularning mehnat faoliyati barcha mezonlar bo‘yicha baholanib
boriladi;
–
personalning ish staji va yoshiga qarab
ular ish haqiga maxsus
ustama haq to‘lash amalga oshiriladi, xodimlarning ish bilan
bandligi kafolatlanadi.
Yaponiya korporatsiyalarida asosiy e’tibor
kasbiy tayyorgarligini
32
ishdan bo‘sh vaqtlarida yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda
amalga oshirishga qaratiladi. Shu bilan birga xodimlarning ish joylarida
o‘rindoshlikda faoliyat yuritishlari, ularni
boshqa xizmat vazifalariga
o‘tkazish odatiy holatga aylangan.
Boshqarishning “yaponcha modeli” personal faoliyatini muntazam
ravishda har taraflama chuqur baholab borishni taqozo etadi.
Amaliyotda bu personal ish haqini oshirish yoki uni mansab vazifasida
yuqoriroq lavozimga ko‘tarish juda sinchiklab tekshiruvlardan so‘ng
amalga oshirilishini anglatadi. Bunda asosiy e’tibor nomzodning yoshi,
ish staji, ma’lumoti, jinsiga qaratiladi.
Personalni boshqarishning zamonaviy yo‘nalishlari
Do'stlaringiz bilan baham: