SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA ERTAKLAR USTIDA ISHLASHNING AHAMIYATI VA USULLARI.
2.1. Ertaklarning janr xususiyatlari va ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
Hammamiz bolaligimizdan turli-tuman ertaklar tinglab katta bo‘lganmiz. Ba’zilarimiz balog‘at yoshiga yetganda ham ertak kitoblar o‘qish, film-ertaklar, multfilmlar ko‘rish ishtiyoqini saqlab qolganmiz. Bu – ertaklarning sehrli olami g‘oyat maftunkor ekanidan, albatta. Ertak – hikoya tarzidagi xalq og‘zaki ijodi asari bo‘lib, eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janr. Yurtimizning turli hududlarida ertak xalq orasida matal, ushuk, varsaqi, cho‘pchak, o‘tirik, tutal kabi nomlar bilan ham ataladi.
Ertaklar turmushdagi biror qiziq voqeni yoki xayoliy va hayotiy uydirma asosiga qurilgan ibratli g‘oya asosida ajoyibu g‘aroyib tarzda, jozibali, ixcham va mukammal holda aks ettirishi bilan kishida zavq uyg‘otadi.
O‘zbek xalq ertaklarini shartli ravishda hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar sifatida farqlash mumkin. «Bo‘ri bilan tulki», «Hiylagar bedana», «Chivinboy» kabi ertaklarning bosh qahramonlari hayvonlar, qushlar, hasharotlardir. «Yalmog‘iz», «Semurg‘», «Zumrad va Qimmat» ertaklari sirli va sehrli voqealar asosiga qurilgan. «Uch og‘a-ini botirlar», «Malikai Husnobod», «Ayoz» kabi ertaklarda barkamol shaxslarning ibratli hayoti va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Shoir va yozuvchilar ham o‘z xalqining eng chiroyli, ta’sirchan ertaklari asosida adabiy ertaklar, dostonlar, qissa va xayoliy hikoyalar yaratadilar. Ertaklar asosida badiiy va multiplikatsion filmlar olinadi, sahna asarlari qo‘yiladi. “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, deydi xalqimiz. Oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga hayot haqida bilim berish, o‘git-nasihat qilish, nutq o‘stirish, mehru e’tiborini amalda ifodalash uchun ertaklar aytiladi. Bola ulg‘aya
borgan sari ertaklarning hajmi kengayib, mazmuni va mundarijsi murakkablashib boradi. Ertaklar ta’sirida farzandlarda hayotga muhabbat, oilaga, ota-onaga mehr, do‘stu yorga sadoqat, kelajakka umid, yaxshilik va adolat tantanasiga ishonch hislari kamolga yetadi. Ota-onasi, buvi va bobolaridan, donishmand keksalardan eshitgan, kitoblaridan o‘qigan ertaklarini eslab qolib, ularni qiziqarli va ta’sirchan qilib hikoya qilib beradigan odamni ertakchi deyish mumkin.
Ertakchilar har bir ertakni tinglovchining diaqqtini tortib, uni mahliyo qiladigan holda taqdim etish uchun maxsus kirish, boshlama va tugallamadan foydalanadilar. Kirish qism ertakchi mahoratini namoyish qiladi, boshlama va tugallama esa ertakning yaxlitligini ta’minlash bilan birga unga sirlilik va an’anaviylik baxsh etadi.
Ertakchi: “Ertagimning eri bor, yetti qavat yeri bor, yetti qavat yerida dumi kalta bo‘ri bor.”, “Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. Qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan. G‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan. Toshbaqa torozigar ekan, qurbaqa undan bir tanga qarzdor ekan. Uzoq o‘tgan zamonlarda bir podsho bo‘lgan ekan...”. Tugallanmada esa ko‘pincha: “Shunday qilib, hammalari murod-maqsadlariga yetishibdi” deyiladi. Xalq og’zaki ijodiyoti, xususan, ertaklar bilan shug’ullanuvchi olimlar o’zbek xalq ertaklarini mavzu jihatidan bir-birlaridan farqli tarzda tasnif qilganlar.
Ammo ko’pchilikka ma’qul bo’lgan tasnif quyidagichadir:
Hayvonlar haqidagi ertaklar.
Sehrli-fantastik ertaklar.
Hayotiy-maishiy ertaklar.
Bundan tashqari, satirik ertaklar ham mavjud. Ammo hajviyot elementlari
boshqa turdagi ertaklarda ham ko’p yoki ozroq darajada uchrab turadilar. Qisqaroq
hajmli, kulgili ertaklar toifasi borki, ularni yumoristik ertaklar deyish mumkin.
Hayvonlar haqidagi ertaklar o’z ichida olib tahlil qilinsa, sof hayvonlar haqidagi ertaklar va hayvonlar va odam ishtirokidagi ertaklarga bo’linishi mumkin.
Sof hayvonlar haqidagi ertaklar ayrim jihatlari bilan, ya’ni ixchamligi va ibrtaliligi
bilan masallarga ham o’xshab ketadilar. Aynan mana shunday xarakterdagi kichik
hikoyalar Sharq xalqlari orasida ko’p uchrashligini bir qator olimlar ta’kidlab o’tganlar.
Uzoq asrlar davomida xalqimiz o’zining badiiyatga bo’lgan ehtiyojinining katta bir qismini ertaklar aytish va tinglash orqali qondirib kelgan. Uzun qish kechalarida ertaklar aytilmagan oilani topib bo’lmagan. Bu bilan aytmoqchimizki, ertaklar folklor janrlari orasida eng ommaboplaridan biri bo’lgan.
Ertak aytuvchilar vaziyatga, auditoriyaga qarab, ya’ni tinglovchilarning kimlar ekanligiga qarab, ertakning voqeasini bir oz o’zgartirib, tarbiyaviy maqsadlarda o’zgarishlar kiritib hikoya qilganlar.
Fantastikasiz ertak yo’q. Ertakchi doimo haqiqatni bo’rttirib, voqealarni o’ta fantastik liboslarda bayon etadi. Bizning nazarimizda, tasvir ob’ekti me’yoridan oshirilib, buzib berilayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida bunday emas. Ertaklarda hayot voqeligi fantastik libosda beriladi. Bunday libos xalqimiz uchun istalgan maqsad va g’oyalarni ilgari surish uchun qulayliklar tug’diradi.
Ertaklarni o’qir ekanmiz, biz ajoyib va g’aroyib o’lkalarga safar qilamiz, devlar va ajdaholar, sehrgar va jodugarlarni uchratamiz. Ammo ertak nihoyasiga yaqinlashib borar ekan, biz hayotiy voqealarga qaytamiz. Ertak qahramonlari barcha yovuz kuchlar ustidan g’alaba qilganligi bizni quvontiradi, yengil nafas olamiz. Ertaklarning qiziqarli va ta’sirli bo’lishini ta’minlashda boshqa janrlarning o’rni va ahamiyati katta bo’ladi. Chunki ertaklar bag’ridan qo’shiqlar, topishmoqlar, tez aytishlar, maqol va matallar o’rin olar ekan, ertaklar tag’in ham mazmunli va tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi asarlar bo’ladilar. Masalan, ayrim ertaklarda maqollar ko’p qo’llaniladi, hatto maqollar ertakning nomiga aylanishi ham mumkin. «Botir echki» ertagida «o’zingni bil, o’zgani qo’y», “Qambarjon» ertagida «Itining fe’li egasiga ma’lum», «Hasan va Zuhra» ertagida; «Qush tilini qush biladi» maqollari ertakning badiiyligini oshirib qolmasdan, balki uning g’oyasini ham oydinlashtirgan. 8 Ertaklarning qiziqarli va o’qimishli bo’lishida topishmoq janrining ham
hissasi bor. Ertaklarning qahramonlari sehrli vositalarni qo’lga kiritish uchun yoki
malikaga uylanish uchun topishmoqning javobini topishlariga to’g’ri keladi. Masalan, «Baliqchi va Malika» ertagining qahramoni sehrli kavushni qo’lga kiritish uchun sehrgarning uchta topishmog’ini topishi kerak edi. Bular quyidagilar: «Qanday narsa suvdan chiqadi-yu, qaytib suvga tushmaydi?» (Baliq); «Qanday narsa suvga tushadi-yu, qaytib chiqmaydi?» (Yomg’ir); «Qanday narsa suvga tushadi-yu, yana qaytib chiqadi, ammo hech yeriga suv tegmaydi?» (Oy) Ko’rinib turibdiki, topishmoqlarning ertak tarkibida uchrashi, bu ertaklarning o’quvchilarini tag’in ham qiziqtiradi, o’ylantiradi, fikr qilishga majbur qiladi. Ular javoblarni bilib olganlaridan keyin qoyil qoladilar, ularning zehni ortadi, saviyasi yuqorilashib boradi.
Ertaklarda maqol, matal, topishmoq, qo’shiqlarning uchrashi ertaklarning badiiyligini oshiradi, o’quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, qisqasi, ertakning o’quvchi ongiga oson singishiga yordam beradi.
Madaniy-ma’naviy, badiiy ozuqa olishning imkoniyatlari ko’p bo’lgan bizning davrimizda ham ertaklar o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Hozir ham bolalar bor oilalarda kunda bir-ikki ertak aytiladi. Radio va televidenie orqali ertaklar hikoya qilinadi yoki ular asosidagi filmlar namoyish qilinadi. Bolalarning eng sevimli asarlari ham ertaklarga to’g’ri keladi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasada, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o‘qib o‘rganiladi. O‘qish darsliklarga, asosan, hikoya, she’r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o‘qitiladi. Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularning o‘quvchilarga ta’siri ham har xil bo‘ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she’riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she’r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoq predmet, voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikni taqqoslash orqali o‘zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qishda o‘qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi. Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkirligi, ma’nodorligi va xalq tiliga yaqinligidir. Ertaklarning ko‘pchiligida real hayot tasviri sarguzasht elementlar bilan qo‘shilib ketadi. Ertakning o‘tkir maroqli syujeti, voqea rivojidagi favqulodda ajoyib vaziyat bolalarni maftun qiladi, undagi mard, kuchli, topqir, dovyurak, chaqqon qahramonlar, ertakning g‘oyaviy yo‘nalishi, unda ezgulik kuchining - yaxshilikning doimo g‘alaba qilishi bolalarni o‘ziga tortadi. Ertakda qabul qilingan hikoya qilish shakli bir xil so‘z va iboralarning qayta-qayta takrorlanib turishi, ohangdorligi, tilining ta’sirchanligi, ifoda vositalarining jonliligi, bolalar uchun juda qiziqarlidir. Ertakda qatnashuvchilar ko‘pincha rahmdil, saxiy, adolatli hamda ularning aksi bo‘lgan yovuz, baxil, ochko‘z obrazlarga bo‘linadi.
Ertakning pedagogik qiymati shundan iboratki, o‘quvchilar unda to‘g‘rilik, halollik g‘alaba qilganidan, kambag‘al kishilar qiyinchilikdan qutilganidan, ya’ni yaxshilik, ezgulik ro‘yobga chiqqanidan va yomonlik, yovuzlik mahkumlikka uchraganidan quvonadilar. Ular hayotda ham doimo shunday bo‘lishini istaydilar.
Masalan, «Halollik» ertagida (3-sinf) asosiy fikr kambag‘allarga yordam ko‘rsatish, o‘z mehnati bilan hayot kechirish bo‘lib, bu hatto butun xalq istagi ekanligi g‘oyasi ilgari surilgan bo‘lsa, «Hiylagarning jazosi» ertagida (4-sinf) soddadilning to‘g‘riligi hiylagarning makri ustidan g‘olib kelishi, xiyonat jazosiz qolmasligi g‘oyasi ilgari surilgan. Har ikki ertak ham to‘g‘riso‘zlilikning g‘alabasi bilan yakunlanadi. Bunday g‘alaba maishiy ertaklardan tashqari, sehrli ertaklarda ham ifodalangan. Ertak bolalarda qahramonlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko‘nikmasini o‘stirishi bilan birga yaxshilikning doimo g‘alaba qozonishiga ishonch uyg‘otadi. O‘quvchilar ertakni tahlil qilish jarayonida «Kishilardagi qanday sifatlar sizga yoqdi? (yoki yoqmadi?) Nima uchun?», «... nima uchun jazolandi? (yoki rag‘batlantirildi?)», «Nima uchun ertakdagi ba’zi qahramonlarga hatto tabiat kuchlari ham yordam beradi? (yoki ba’zilaridan yuz o‘giradi?)» kabi savollarga javob topish jarayonida mushohada qiladilar, muhokama qilib, xulosaga keladilar.
Boshlang‘ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko‘proq o‘qitiladi. «Bo‘rining tabib bo‘lgani haqida ertak» (Anvar Obidjon), «Ko‘zacha bilan tulki», «Olapar, Mosh, Musicha» kabi ertaklar aniq hayotiy hikoyalar tarzida o‘qitiladi va tahlil qilinadi. Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafik tasvirlash kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bunday ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o‘quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-birinikiga mehmonga bormasligini
yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o‘qib tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga,
XULOSA
Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni oittiradi. Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilarni kitobga, badiiy asarlarga qiziqishini uyg‘otish maqsadida, ularni ongli kitobxonlar bo‘lib yetishishlari uchun turli janrdagi asarlar bilan tanishtirib boriladi. Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. o’qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilanm tanishsalar, so’ngra bolalarning qiziqishlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o’tadilar. Bunga asosan o’qituvchi o’quvchilar bilan maktab kutubxonasiga, 3-4- sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boraradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar o’qishga yordam beradi. Xalqimizning tarixi, uning urf-odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari, barcha orzu istaklari yillar davomida yaratilgan ertaklarida saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslarini yosh avlodlarda, izlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdan ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan bolalar qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladilar. O’quvchilar yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak desalargina o’z xalqini munosib farzandlari bo’la oladilar. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.
Ertak matni ustida ishlashda tanlab o‘qish, savollarga javob berish, o‘quvchilarning o‘zlari ertak mazmuniga oid savollar tuzib, javob berishlari, reja tuzish, qayta hikoyalash, ijodiy davom ettirish, ertak aytish, qahramonlarni grafi tasvirlash kabi ish turlaridan oydalaniladi. Ertak bolalarda personajlarning xatti - harakatini muhokama qilib, baholash ko’nikmasini o’stiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijobiy fazilatlarni tarbiyalashda ham ertaklardan foydalanish eng yaxshi usuldir. Chunki bolalar ertaklarni sevadilar, katta qiziqish bilan tinglaydilar, ertak qahramonlariga o‘xshagilari keladi. O‘zlari yoqtirgan qahramonlarga o‘xshashni xohlagan bolajonlar albatta bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli va farosatliligiga, mehnatkash va uddanburonligiga ham ahamiyat beradilar, bu fazilartlarni o‘zlarida tarbiyalashga harakat qiladilar.
Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish,ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asarlarni o’quvchilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nutqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shungdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchilarning diqqatilari oshib xotiralarida saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirish o’quvchini har tomonlama kasbga yo’naltiradi, ya’ni aktiyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suhandonlik, rejissorlik kabi kasblarga nisbatan ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilarni ifodali kitob o’qishlari, o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish
uyg’toadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlar bilan tanishtirib borishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |