O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 66,14 Kb.
bet4/8
Sana15.04.2022
Hajmi66,14 Kb.
#555208
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Norova Fayyoza

Mavzuning ilmiy-amaliy ahamiyati shundan iboratki, mavzuni yoritish
jarayonida sinfdan tashqari o‘qish darslarining maqsadi va vazifalarini, tizimini, davlat ta’lim standartlari tomonidan sinfdan tashqari o‘qish darslariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik va o‘z ishimizda bayon etdik. Shuningdek, sinfdan tashqari o‘qish darslarida darsliklarda va turli to‘plamlarda berilgan ertaklar yordamida o‘quvchilar ijlbiy fazilatlarni tarbiyalashni bayon etdik. Ishda bayyon etilgan fikrlar qo‘llanma sifatida sinfdan tashqari o‘qish darslarida ishlatilishi mumkin.
Kurs ishining tarkibi. Ishning tarkibi kirish,2 bob va xulosa qismlaridan iborat.
I.BOB . Sinfdan tashqari o’qish jarayonida bolalar adabiyotidan foydalanish.

Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonoda ularni ahloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi-kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og’zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.


Sinfdan tashqari o’qish dasturining mazmuniga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo’lim ajratiladi:
1-bosqichda o’qish doirasi, ya’ni o’qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o’qish bilan tanishtirish yuzasidan o’quvchilarga ko’rsatma beriladi.
2-bosqichda shu o’quv materiallari asosida bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.Umumiy o’rta ta’limning Davlat standartlari va o’quv dasturiga ko’ra 1-sinfda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida savod o’rgatish darslarida hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.Sinfdan tashqari o’qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o’rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg’otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o’quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o’qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o’rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf o’quvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O’qituvchi bolalarning his-tuyg’ularini o’stiradigan kitoblarni o’qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go’zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o’tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg’otadi. 2-sinfda o’quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o’qituvchining yordami va topshirig’i asosida mustaqil o’qishga o’tadilar. Bu sinfda 2 haftada bir marta sinfdan tashqari o’qish darsi o’tkaziladi. Ona – Vatan va ota-bobolar jasorati, o’simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o’qituvchi topib, tanlab o’quvchilarga o’qishga tavsiya etadi.3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlarida o’quvchilarning mustaqil o’qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-ahloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslari ikki haftada bir marta o’tkaziladi. Bu sinflarda o’qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo’lgan o’quvchilar yoshiga mos kitoblarni to’plashni davom ettiradi. Sinfdan tashqari o’qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o’qituvchi va o’quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.Sinfdan tashqari o’qish bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, bog’lanishni, nutqni o’stirish, adabiy – estetik tafakkurni yuksaltirishga xizmat qiladi.Bolalar adabiyoti avvalo o’zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go’zalligi, tilning ifodaliligi, she’riy so’zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ham ko’rsatadi.bolalar adabiyoti o’quvchiga jonajon o’lka tabiatini, kishilarning mehnati, hayoti, ularning qilayotgan ishlari va ko’rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqealarni, bolalarning o’yinlari, ertaliklari, orzu istaklarini hikoya qilib beradi. Bu borada ertaklar katta ahamiyatga ega. Xalqimizning tarixi, uning urf odatlari, moddiy va ma’naviy boyliklari barcha orzu istaklari ming yillar davomida yaratilgan ertaklarda saqlanib kelmoqda. Kishilar o’z orzu havaslariniyosh avlodda o’g’il-qizlarida ko’rishni istaydilar. Shu sababdab ham o’quvchilarga ertaklarni o’qishga tavsiya qilinadi. Ertak o’qigan bola qiyinchilikni yengishga, botir, jasur bo’lishga intiladi. O’quvchi yer yuzidagi barcha insonlarning men bir bo’lagiman, men o’z xalqimga qilayotgan ishlarim bilan ularga munosib bo’lib ulg’ayishim kerak,desagina o’z xalqini munosib farzandi bo’la oladi. Ertaklar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiyalaydigan baynalminal badiiy quroldir. “Uch og’ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Egri va to’g’ri” kabi bir qator ertaklar o’quvchilarning sevimli ertaklaridir. O’quvchilar bu ertaklardan kishi o’z mehnatiga ishonib yashashi kerakligini, birovning boyligiga hasad bilan qaramaslik kerak degan hayotiy xulosalarni o’qituvchi yordamida tushunib yetadilar.“Ur to’qmoq” ertagining bola harakterining shakllanishida alohida o’rni bor: ertak yaxshiga-yaxshi, yomonga yomon bo’lish kerak degan muhim qoidani o’rtaga tashlaydi. Haqiqatan ham xalqning “Qayna xumcha”, “Ochil dasturxon”larini zo’ravonlik bilan tortib oladigan shaxslarga nisbatan “Ur to’qmoq”larni ishlatish zarurligini uqtiradi.Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib boriladi. O’quvchilar o’ituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir nechta kitob bilan tanishsalar, so’ngrabolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab o’qishga o’tadilar. Bunda asosan o’qituvchi o’quvchilarni maktab kutubxonasiga, 3-4 sinflardan boshlab tuman yoki shahar kutubxonasiga sayohat uyushtirib, bolalar adabiyoti bilan muntazam tanishtirib boradi. Shuningdek bolalar gazeta va jurnallari ham o’quvchilarga ertak, hikoyalar o’qishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari o’qish, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usuli. Demak maktab kutubxonasi, bolalar gazeta va jurnallari bilan hamkorlik qilishdir.Sinfda va sinfdan tashqari o’qish boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan barcha predmet dasturlarining bolimlari bilan bevosita bog’liq. O’z navbatida grammatika va to’g’ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san’at, musiqani o’rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko’nikmalar o’qish darslaridan o’qish darslarida foydalaniladi. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o’quvchini ijod qilishga undaydi. Har bir sinfda sinfdan tashqari o’qilgan barcha asrlar o’quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug’at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o’quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o’sadi. Hatto sahnalashtirisho’quvchini har tomonlama yo’naltiradi, ya’ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o’rgata boshlaydi. Asarni sahnalashtirish davrida albatta o’qituvchi rahbarlik qiladi. O’quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to’g’ri bajarishlari, o’qishlari o’quvchilarda zavq-shavq uyg’otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o’qib o’rganishga intilish uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida o’qituvchi o’quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo’min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta’lim muassasasi o’quvchilar o’rtasida turli mavzularda ijod ahli bo’lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o’quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo’lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o’rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go’zalligini idrok etishga o’rgatadi. So’z san’ati badiiy asarda o’z ifodasini topadi. Xalq badiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e’tibor berib kelingan. Badiiy so’z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o’quvchi albatta xalq og’zaki ijodini yaqindan o’qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o’quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo’lishga, topishmoqlar o’qir ekan, topog’on, bilimdon, zukko bo’lishga intiladi.Kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimazni bilgan holda aqlan yetuk, jismonan sog’lom qilib tarbiyalash biz murabbiylar, ustozlar zimmasidadir. Shunday ekan mashaqqatli ammo sharafli kasbimizni sidqidildan bajarishda izlanuvchan ijodkor bo’lishimiz zarurdir. Chunki yurtboshimiz aytganlaridek “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart”.
Mavzu: Inson odobi bilan.
Darsning maqsadi: Odob inson ko’rki ekanligi, odobli bola elga manzur bo’lishini bir so’z bilan aytganda, odob xulq atvorlar yugindisi ekanligini o’quvchilar onggiga cingdirish va shu orqali ularni odobsizlikdan, noo’rin xatti-harakatlardan o’zlarini saqlashdan iborat.
Darsni jihozlanishi:



  1. Alisher Navoiyning rangli rasmi.

  2. Plakat va ko’rgazmalar. Kitob jurnallardagi odobli bolalarning suratlari.

  3. Xalq maqollaridan namunalar.

Darsning borishi:
O’qituvchi:
Odob insonning oily fazilatidir. Xazrat A.Navoiy ham o’z asarlarida shu jumladan “Hayratul abror” dostonida odobni to’la tushuntirib beradi. Yoshi ulug’larga samimiy hurmat-izzat keltirish har kimning holatiga qarab bo’lishi kerak. Agar yosh bolaga tik turib salom berilsa, uni odob demaydilar. Gadoning oldida sajda qilish kerak emas, unga bir tiyin berilsa shu karam bo’ladi. Bolalar Navoiy bobomiz nihoyatda kamtar bo’lganlar.  Hozir sinfdoshlaringiz Alisherning odobi bilan bog’liq bir voqeani namoyish qilishadi. (Oldindan tayyorlangan 7nafar, biri Sh.A.Yazdiy rolida, biri Alisher, qolganlari uning o’rtoqlari qiyofasida chiqishadi) O’qituvchi (izoh beradi): A.Navoiy 1447 yili Taft shahrida mashhur tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashib qolibdi.Sahnada bir mo’ysafid xayolga cho’mib o’tiribdi. Shu payt bir to’da (5-6) nafar bolalar quvalashib o’ynay boshlaydilar. Ularni kuzatib o’tirgan mo’ysafid bolalarni yoniga chorlaydi. -Qani bolalarim buyoqqa kelinglarchi, bolalarning mo’ysafidning ovozini eshitib tarqab ketishadi. Faqat 5-6 yoshlar chamasidagi bola qoladi. Uning boshida oq sallacha, egnida yupqa matodan tikilgan ixcham kamzul, oyog’ida etikcha. U yugurib kelib, qo’llarini ko’ksiga qo’ygancha salom beradi.
- O’g’lim oting nedur?-deb so’radi mo’ysafid. 
-Alisher, dedi bola.
-Maktabga qatnaysanmi?
-Qatnayman. Qur’onning taborak surasigacha o’qiganman.
-Men chaqirganimda o’rtoqlarining qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So’roqlarimga yaxshi javob qilding. Shuning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo’lsin. Olim, fozil bo’lib, yaxshi obro’ga erishgaysan,-mo’ysafid uni duo qiladi.
Bu sahna ko’rinishidan keyin bo’lib o’tgan voqealar bolalar bilan tahlil qilinadi. Alisherning yoshi ulug’ kishilarga salom berishi, o’zini tutish, odobli ekanligi uqtiriladi. 
Shuningdek, insonga xos odatlardan biri kulgu haqida ham A.Navoiyning fikrlaridan foydalanish mumkin. 
O’qituvchi: Kulgu-insonga xos odatlardan biri, boshqacha aytganda, kulgi orqali odamning qanday ekanligini bilish mumkin. Hozir tengdoshlaringiz bu haqda Navoiy ijodidan namunalar keltiradi.
1-o’quvchi: 
Bo’lmas odobsiz kishilar arjumand,
Past etar ul xaylini charxi baland.
O’qituvchi: (izoh beradi) Har bir kishining izzat hurmati odobi orqali keladi.
2-o’quvchi:
Tarki odobdin biri kulgu durur, 
Kulgu odob tarkiga belgu durur.
O’qituvchi: Adabsizlikning bir ko’rinishi noo’rin va beo’xshov 
Kulgudir. Demak, bo`lar-bo`lmasga irjayish yoki bo`lmasa ho`mrayib yurish insonning zebi-ziynati emas.
3-o’quvchi: Izzati haddan kam esa xo`p emas ,
Haddan ortuq dog`I marg`ub emas.
O`qituvchi : O`zga kishilar to`g`risida ,kichikka shavqatda bo`lishi kerak.. O`rta kishilarga esa o`rtacha kishilarga esa o`rtacha muomala qilish lozim deydi. Darvoqe, bolalar, Payg`ambarimiz Rasulolloh Alayhis Salom ‘Hadis’ da ‘Ko`p kulmang, ko`p kulish dilni o`ldiradi’ deb nasihat qilgan ekanlar. 
Endi bolajonlar mana bu rasmga A. Navoiy portretiga ishora qilib. / qaranglar undan qanday ma`noo`qiyapsiz? 
4- o’quvchi: Bobomizning yuzlari tiniq ekan. 
5- o’quvchi: Yuz- ko`zlaridan odobli ekanliklari bilinib turbidi. 
O`qituvchi: Barakallo, juda ham to`g`ri angladinglar. Demak, biz odobni ko`proq kimdan o`rgansak bo`lar ekan? 
O`quvchilar: Navoiy bobomizdan. SHundan so`ng mashg`ulot yakunlanadi. Navbatdagi mavzu e’lon qilinib, o`quvchilarga odob-ahloqqa oid 4-5 maqollarni o`rganib kelish topshiriladi. 

II.BOB. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishning metodik asoslari.


Sinfdan tashqari o‘qishning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.
Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o‘qish darslari tashkil etilgan. Sinqdan tashqari o‘qish darslari 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi3. Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qizi-qishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchii o'qib borilsagina, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengay-tirishga
xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o'qish tanish bo'lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag'i, kirish so'zi. mundarijasi va suratlariga qarab asarning tahminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchida badiiy kitoblarni o'qishga havas uyg'otish, o'qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o'rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.
Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksalti-rish sinfdan tashqari o'qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o'qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to'plangan ma'lumotlarni o'qitish, “Tez aytish”, “Topishmoqlar topish”, “Ifodali o'qish”, “Maqollar aytish musobaqasi”, „Ertak to'qish”, „Bilimdonlar anju-mani” kabi ko'rik tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol-javoblar uyushtirish, o'yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar
o'tkazish, „Kitob hafialigi” tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar
yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari o‘qish sinfda o'qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o'qish STO' uchun zarur bo'lgan o'qish malakalarini shakl-lantiradi, o'quvchilarning o'qigan asarini tushunishga o'rgatadi, lug'atini boyitadi. Sinfdan tashqari o‘qish qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o'qish - hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish esa hayotning o'zidir. Hozirgi paytda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan „Kitobim - oftobim" (l-3-sinflar uchun) nomli qo'llanmalar ham chop etilgan.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni ona tilini puxta o’zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhum vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adaboyoti va xalq o’gzaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklashdan iboratdir. Sinfdan tashqari o‘qishga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan ashqari o‘qish darslaridir. Sinfdan tashqari o’qish darslari erkin dars hisoblanadi; bunday maxsus darslarda bolalarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodi rivojlanadi; faol kitobxonlar ushun zarur ko’nikma va malakalar shakllanadi.
Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning ushun ularning qurilishi juda xilma – xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi bilan o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma – xillikka, hayotiylikka erishilsa, o’qituvchi o’z sinfida shunchalik katta muvaffaqiyatga erishadi. Shularga qaramay, sinfdan tashqari o’qish darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish ushun ma’lum talablarga bo’ysunadi.Sinflan tashqari o‘qishning asosiy vazifalari:
1. O‘quvchilarning o‘qish va nutq o‘stirishdan olgan bilim va hosil qilgan
malakalarini mustahkamlash, takomillashtirish va ularni yuksak axloqiy ruhda tarbiyalash.
2. O‘quvchilarning sinfda olgan bilimlarini kengaytirish.
3. O‘quvchilarni kutubxonadan kerakli kitobni, kitobdan esa kerakli
ma’lumotni topishga o‘rgatish.
4. O‘quvchilarning kitobga va bilim olishga havasini tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning kitob bilan mustaqil ishlash malakasini
takomillashtirish.4 Sinfdan tashqari o‘qish darslari ma’lum talablarga bo‘ysunadi:
1.Har bir darsda bolalar o’qigan kitoblar hisobga olinadi. Ular o’qigan yoki o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’qigan kitoblari haqida qisqacha gapirib beradi. O’qituvchi darsda o’zaro fikr almashish holati yaratadi, darsdan tashqari vaqtda ham fikr almashish davom etishi mumkin.
2.Har bir darsda yangi kitoblar tavsiya qilinadi. Tavsiya shakllari turlicha
bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatib, to’g’ridan – to’g’ri tavsiya qilish, sinfda kishik tematik yoki muallifga tegishli ko’rgazma tashkil etish, o’quvshilarni qiziqtirish ushun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasm ko’rsatish, diapozitiv yoki parchasini namoyish qilishdan iborat.
3.Har bir darsda o’quvchilar hikoya, ertak, she’r o’qiydilar; hajmi kichik
asarni yaxlit, hajmi katta bo‘lsa, ikki – ush dars davomida o’qiydilar, sinfdagi barcha o’quvchilar o’qigan kitobidan biror parchani o’qib beradilar. Ko’proq ovoz chiqarib o’qiydilar, bundan tashqari, darsda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.
4.Har bir darsda o’qilgan asarni suhbat, ya’ni o’qituvshi savoliga javob
berish, erkin hikoyalab tahlil qilish elementi bo’ladi. Erkin hikoya qilish uchun savol umumiy tarzda beriladi: «Senga nimalar juda ham yoqdi?», «Bu kitob haqida sen nimalarni ayta olasan?» kabi tahlil jarayonida bolalarni axloq-odob ruhida tarbiyalashga alohida ahamiyat beriladi.
5.Har bir darsda ma’lum bir yangi kitobxonlik ko’nikmasi hosil qiladi:
mallif haqida ma’lumot topish, kitob nomiga qarab nima haqida ekanini bilish, ko’rgazma tuzish, kitob haqida taqriz yozish yoki kitobxon kundaligi yuritish kabi.
6.Har bir dars kirish suhbati bilan boshlanadi va sinfda o‘qish darslarida
qo‘llanadigan barcha usullardan foydalaniladi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida an’anaviy usullar (qayta hikoyalash, lug’at ishi, suhbat kabi)dan zarur o’rinlardagina foydalanish tavsiya etiladi, lug’at ishi bunday darslarda yordamshi rol o’ynaydi: ayrim qiyin so’zlar tushuntiriladi, o’quvshilar diqqati esda saqlab qolish lozim bo’lgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi. Barsha qiyin so’zlarni tushuntirish imkoni bo’lgani ushun bolalar tegishli bet tagida berilgan ayrim so’zlar izohini o’qishga o’rgatiladi.
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida qayta hikoyalashning ijodiy shakllari bo’lgan o’qilganlarga so’z bilan yoki grafik rasm chizish, aplikatsiya, adabiy – muzikali kompozitsiya, rasmlar, portretlar, diafilmlardan foydalanishga sharoit yaratadi. O’qilganlar asosida insho, gazetaga maqola yozish kabi ijodiy ishlardan ham foydalanish mumkin.
Sinfdan tashqari o’qish darslarida suhbat o’qilgan kitobni muhokama qilishda ham, yangi kitob tavsiya qilishda ham qo’llaniladi; suhbat elementlari o’qilgan asardan asosiy mazmunni ajratish ushun, vokealar izshilligini, bo’lgan vaqti va o’rnini, bog’lanishini belgilashga yordam beradi. Suhbat ushun savol tuzishda o’quvchilarning mustaqilligi, hayotdan, o’qilgan boshqa kitoblardan qo’shimcha javob berishi hisobga olinadi. Boshqa darslardagi kabi, bunday darslarda ham kirish suhbati, umumlashtiruvchi, yakunlovchi suhbatlar bo’ladi. Ko’pgina sinfdan tashqari o’qish darslari umumlashtiruvshi darslar kabi quriladi. Masalan, «Vatan haqidagi kitoblar» mavzusidagi sinfdan tashqari o’qish darsi umumlashtiruvchi dars kabi uyushtiriladi. Odatda, bunday darslarning qurilishida umumlashtirish elementlari bo’ladi. Metodik vositalarni tanlash, dars qurilishi (asosiy mazmunni ajratish, taqqoslash, xulosalash, qo’shimsha materialni qo’shishni talab qiladigan savollar kabi) umumlashtirishning vazifasini belgilaydi. Umumlashtirishga ko’rgazma ham, albom tuzish ham, rasmlarni tatbiq etish ham yordam beradi. Sinfdan tashqari o’qish darslarida qiziqarli mashqlarga alohida o’rin beriladi. Bunday darslarda adabiy musobaqa (bir mavzu ustida savol-javob o’yini), eng yaxshi insholar, rasmlar, topishmoq topish, bellashuvlar o’tkazish, topishmoqlar albomini tuzish, tayyorgarliksiz jamoa bilan yoki yakka ravishda ertak to’qib aytish, o’quvshilar hayoti haqida, yozuvshilarning chuqur ma’noli gap (hikmatli so’z)lari va maqollar, latifalar aytish mumkin. Ba’zan o’qituvchilar bunday darslarda «Hazil minuti», «5 sekund o’ylash ushun», «Topishmoqlarni top», «Bilimdonlar klubi» kabi qiziqarli mashg’ulotlarni doimo o’tkazib turadilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarini o’tqazish rejasini o’quv yilining yarmi
yoki butun o’quv yili ushun tuzib, darslar sistemasini belgilab olish tavsiya etiladi. Bunday planlashtirish darslarni xillashtirishga, ularning izshil va o’zaro bog’liq bo’lishiga, shuningdek darslarda ish turlarini taqsimlashga, bolalarga ta’lim tarbiya berish, bayramlar ulug’ kunlar, fasllarga mos ravishda mavzularni taqsimlashga imkon beradi.
Sinfdan tashqari o’qish darslarining tizimi dasturda belgilab berilgan bilim, ko’nikma va malaka bilan o’quvchilarni qurollantirishga qarab belgilanadi.
Bunday darslar sistemasini ishlab shiqishda kishik yoshdagi o’quvshilarda mustaqil o’qish malakalarini shakllantirish bosqishlarini ajratish muhim ahamiyatga ega. Bu bosqishlar va o’quvchilarning har bir bosqichidagi vazifalarini, sinfdan tashqari o’qish metodikasini metodist olima N.N.Svetlovskaya ishlab bergan.

Download 66,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish