ta’minlash chora tadbirlari ko’rilmoqda. Shu jumladan bank ma’lumotlari har doim
turli hil yomon niyatli firibgarlarning diqqat e’tiborini o’ziga tortgan, shuning
uchun hozirgi kunda banklar tehnikaning oxirgi yutuqlari bilan jihozlangan
texnologiyalarning rivojlanishidan ortda qolmayapti. Banklar uchun asosiy havfni
kompyuter jinoyatlari tug’diradi. Avtomatik rejimda aloqa vositalari yordamida
katta miqdorda foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadigan kompyuter smetalarining
ochiq harakterli pul mablag’larining to’planishi va harakatlanishi jinoyatchilikning
476
kompyuter shakli paydo bo’lishiga olib keldi.
Ma’lumotlarga ko’ra bank electron tizimlari faoliyatiga aralashish bilan
bog’liq bo’lgan jinoyatlardan ko’rilgan talofat yiliga 170 mln dollardan 41 mld
dollargacha tashkil qiladi.
Yomon niyatli firibgarlarning harakatlari ko’pchilik banklar ularga yaxshi
ma’lum bo’lgan bir hil standart hisoblash vositalaridan ( IBM - shaxsiy
kompyuterlar,dasturiy ichki tarmoqlar,dasturlashning standart tillarida yozilgan
bank faoliyatini avtomatlashtirish dasturlari) foydalanishi sababli samara beradi.
Bu vositalarning himoya mexanizmlarini yengish qiyin emas. Mijozlarning
kompyuter savodxonligi oshishi ham muammolar tug’diradi.
Xavfsizlik masalalariga ahamiyat bermaslik banklarga katta talofat
keltirishi mumkin. Ma’lumki tijorat banklari o’z mablag’lariga ega emas, ularning
barcha mablag’lari mijozlar tomonidan topshirilgan. Shuning uchun bankka
bo’lgan ishonchga putur yetkazmaslik juda muhimdir. Bank electron tizimining
xavfsizligi bu faqat o’g’irlikdan himoya qilish emas. Chunki bank tizimida
saqlanayotgan muhim ma’lumotni bu tizimning ishlamasligi sababli
foydalanuvchiga o’z vaqtida berolmaslik yoki mijozga xizmat ko’rsata olmaslik
o’z oqibatlari ma’lumot yo’qolishi bilan tengdir. Shu sababli o’z electron
tizimlarini tuzishda banklar ularning xavfsizligiga alohida e’tibor berishlar i
lozim.Zamonaviy texnologiyalar banklarga mahsulotlar va hizmatlar yetkazib
berish tizimini tashkil etishda imtiyozlar tug’diradi. Elektron aloqa vositalaridan
foydalanish quyidagi imkoniyatlarini beradi:
Sotish joylarida electron to’lovlar va hisob-kitob;
Bank bilan bevosita bog’langan mijozlar terminallari;
Shaxsiy kompyuter yoki telefon yordamida uyda bank
hizmatlarini ko’rsatish;
Turli xil hizmatlar tarmog’ida electron ma’lumotlar almashish;
Electron bank kartalari tehnologiyasi , shu jumladan, magnit va
elektron plastic kartalari;
477
Bank xizmatinig muayyan tizimlarida bu va boshqa uslublarini amalga
oshirish
ular faoliyatida tasodifiy yoki qasddan qilingan uzilishlarini oldini olish
uchun qat’iy himoya choralarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Kompyuter jinoyatchiligiga qarshilik ko’rsatish yoki talofatni kamaytirish
uchun ma’lumotlarni atayin buzishdan, o’g’irlashdan va ruxsatsiz egalik qilishdan
himoyalash choralari va vositalarini to’g’ri tanlash zarur.Shuningdek asosiy
qonunlarini ,xavfsizlikning tashkiliy ,iqtisodiy va boshqa choralarini bilish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: