O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tosnkent moliya instituti



Download 8,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/428
Sana25.06.2021
Hajmi8,25 Mb.
#101538
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   428
Bog'liq
Iqtisodiyotda axborot komplekslari

Strategik  axborot  tizimlari.Har  qanday  tashkilotning  istiqboli  va  kelajagi 

qabul  qilingan  strategiyaga  bog‘liq.  Strategiya  deganda  istiqbolli,  uzoq  muddatga 

mo‘ljallangan  masalalarni  yechishga  yo‘naltirilgan  metodlar  va  vositalar  to‘plami 

tushuniladi. 

Ushbu  tushuncha bilan “strategik  metod”, “strategik  vosita”, “strategik  tizim” va 

shu  kabi  tushunchalarni  ishlatish  mumkin.  Hozirgi  vaqtda  firmaning  rivojlanish  va 

istiqbolli  strategiyasi  masalalarida  axborot  tizimlarining  o‘rniga  alohida  e’tibor 

qaratilmoqda.  Bunday  axborot  tizimlari  strategik  muhim  tizim  sifatida  e’tirof  etilib, 

firmaning  ravnaqi,  vazifalari,  metodlari,  mahsulotlari,  xizmatlari  sifatini  oshirishda, 

raqobatchilardan  o‘zib  ketishga,  iste’molchilar  va  ta’minlovchilar  o‘rtasida  yangi 

munosabatlarning  shakllanishiga  ta’sir  ko‘rsatadilar.  Yangi  strategik  axborot  tizimlari 

paydo bo‘ldi. 

Strategik  axborot  tizimi  —  tashkilotning  strategik  istiqbolli  maqsadlarini 

amalga  oshirishga  oid  qarorlar  qabul  qilishni  qo‘llab-quvvatlovchi  kompyuter 

axborot tizimid ir. 

Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning 

mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir 

ko‘rsatgani  haqida  ma’lumotlar  ko‘pgina.  Biroq  shunday  salbiy  holatlar  ham  kelib 

chiqqanki,  axborot tizimi  joriy  etilishi  natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi 

ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan. 

Iste’mol  bozorida  mahsulot  ishlab  chiqarishga  yo‘naltirilgan,  o‘zining 

raqobatchilariga  ega  bo‘lgan  firma  faoliyati  misolida  strategik  axborot 

tizimlarining 

sifatini 

ko‘rib 


chiqaylik. 

Bunday 


sharoitlarda 

firma 


raqobatchilaridan  o‘zib  ketishi  kerak.  Strategik  axborot  tizimidan  foydalanish 

bunday vaziyatlarda nimalarni beradi? 

Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini 

tushunib olish kerak. 

Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

• 

bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar; 




149 

 

• 



tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga 

ega bo‘lgan xaridorlar; 

• 

mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib 



beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati. 

Firma  raqobatda  yutib  chiqib,  bozorda  o‘zining  siyosatini  yuritishi  uchun 

quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur: 

 

bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va 



xizmatlarni yaratish; 

  firmaning  tovar  va  xizmatlari  sifati  boshqa  raqobatchi  firma  tovarlari  va 

xizmatlaridan  tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi 

bozorlarni va sharoitlarni izlab topish; 

 

firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat 



qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va 

ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi; 

  mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish. 

Strategik  bo‘g‘in  axborot  tizimlari  yuqori  zvenodagi  boshqaruvchilar 

uchun  strukturalashtirilmagan  masalalarning  yechimini  olish,  uzoq  muddatli 

rejalashtirish  ishlarini  bajarish  imkonini  beradilar.  Asosiy  masala  –  firmaning 

yoki tashkilotning tashqi muhitdagi  holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida 

ichki  imkoniyatlari  va  zahiralarini  baholash.  Ular  tasodifan  yuzaga  keladigan 

vaziyatlarni  hisobga  olishda,  nostandart  vaziyatlarda  qarorlar  qabul  qilishda 

kompyuter  va  telekommunikasion  qaror    qabul    qilishning  umumiy  muhit 

yaratishlari  kerak.  Eng  so‘nggi  takomillashtirilgan  dasturlardan  foydalanib, 

bunday  tizimlar  ixtiyoriy  vaqtda  ko‘pgina  manbalardan  zarur  axborotlarni 

yetkazib  berishlari  mumkin.  Ba’zi  strategik  axborot  tizimlari  uchun  chekli 

analitik imkoniyatlar mavjud. 

Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va 

ulardan  menejer  tomonidan  qaror  qabul  qilish  uchun  zarur  axborotlarni 

operativ tarzda yetkazib berishda foydalanadilar. 

Hozirgi  strategik  axborot  tizimlaridan  ko‘p  rejalilik,  ko‘p  funksiyaviylik 




150 

 

sharoitida  foydalanilayotgan  bir  paytda  ularni  yaratishning  umumiy  tamoyillari 



hali  ishlab  chiqilmagan.  Bu  masala  borasida  ikki  xil  nuqtai-nazarlar  mavjud: 

birinchisi  -  dastlab  maqsadlar  va  ularga  erishishning  strategik  yo‘llarini  aniqlab 

olish  kerak,  so‘ng  esa  axborot  tizimlarini  unga  moslashtirish  kerak;  ikkinchi 

nuqtai-  nazar  -  tashkilot  strategik  axborot  tizimlaridan  o‘z  maqsadlarini 

aniqlashda  va  strategik  rejalashtirishni  amalga  oshirishda  foydalanishi  mumkin. 

Lekin  kelajakda  bu  ikki  nuqtai-nazarning  umumiy  sintezi  asosida  strategik 

axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda. 


Download 8,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   428




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish