O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura qurilish instituti


 Binoning yer osti qismini montaj qilish



Download 6,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/252
Sana15.04.2022
Hajmi6,37 Mb.
#553222
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   252
Bog'liq
Qurilish jarayonlari texnologiyasi. 1 qism. Darslik

9.3.2. Binoning yer osti qismini montaj qilish 
Bino yer osti qismi konstruktsiyalarini montaj qilish ko‘ndalang ichki devor 
panellarini ilgarilab o‘rnatish texnologiyasini qo‘llashga va ularni geometrik 
o‘qlari bo‘yicha kalibrli shtangalar yordamida majburiy qayd qilishga ( fiksatsiya) 
qilishga asoslangan. Montajni qamrov sxemasi bo‘yicha ikkita sektsiyaga teng 
qamrovda bajarish ko‘zda tutiladi. Qamrovda montaj qilish bazaviy panellarni 
o‘rnatish bilan boshlanadi va quyidagi texnologik ketma-ketlik bo‘yicha olib 
boriladi: 

ichki devorlarni sektsiyalar bo‘yicha montaj qilish; 

tsokolning tashqi devor panellarini sektsiyalar bo‘yicha montaj 
qilish; 

lift shaxtalari, zinapoya maydonchalari va marshlari 
elementlarini montaj qilish; 

orayopma panellarini montaj qilish; 

kirish joylari elementlarini montaj qilish. 
Bazaviy panellarni montaj qilishga, ularning geometrik o‘qlari vertikalligini 
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmog‘i lozim, chunki keyingi panellarni montaj 
qilish aniqligi shunga bog‘liqdir. Bazali panellarni vaqtinchalik mahkamlash uchun 
inventar halqalar va teleskopik tirgaklar qo‘llanadi, ularning pastki qismi 
rostverkalarni betonlashtirishda qo‘yiladigan maxsus halqalarga mahkamlanadi. 


449 
Bazaviy panellar to‘g‘irlanib va mahkamlangandan keyin qatorli panellar montaj 
qilinadi.
Kran yordamida o‘rnatilishi zarur bo‘lgan joyga uzatilgan va bu sathdan 30 
sm balandlikgacha tushirilgan devor panelini montajchilar qabul qilishadi va 
burilmasligi uchun uni ushlab turishadi, to‘shalgan qorishma ustiga yetkazmasdan 
3...4 sm balandlikda ushlab turishadi. Shunday holatdagi panelga pastki shtanga 
mahkamlanadi (kommunika-tsiyalarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan teshikka), 
so‘ngra ustidan ikkita shtanga oldin o‘rnatilgan panelbilan fiksatsiyalash uchun 
mahkamlanadi. 
Panelning yon tomonini o‘q belgisi chizig‘iga orientirlab, panel qorishma 
to‘shamasi ustiga tushiriladi. Uchta nuqtada mahkamlangan bu panel mujburiy 
tartibda loyihaviy holatni egallaydi. O‘rnatilgan panel stropdan bo‘shatiladi, 
qorishma bilan to‘liq to‘ldirilib, chiqib turgan ortiqcha qismi olib tashlanadi, yangi 
navbatdagi panelni o‘rnatish uchun joy tayyorlanadi.
Fiksatsiyalashning uchta nuqtasi bo‘yicha qorishma to‘shamasiga panelni 
tushirishda uning bazaviy geometrik o‘qlarga nisbatan paralelligi kafolatlanadi. 
O‘rnatiladigan panellar orasidagi talab etilgan masofa (oraliq)ga erishish har bir 
navbatdagi shtangani oldin o‘rnatilgan shtangaga birlashtirish bilan ta’minlanadi. 
Shtangalarni bir-biriga lyuftsiz va panellar bilan o‘qlar bo‘yicha birlashtirish 
montajning yuqori aniqlikda bajarilishiga imkon beradi. Ichki bo‘ylama panellarni 
montaj qilish ularni oldin o‘rnatilgan ko‘ndalang ichki devorlarga montaj 
bog‘lamalari yordamida vaqtinchalik mahkamlash bilan olib boriladi. 
Ichki yuk ko‘taruvchi panellarni sektsiya chegarasida montaj qilib 
bo‘lgandan keyin tsokol panellari montaj qilinadi. Tashqi (tsokol) paneli kran 
yordamida o‘rnatish joyiga uzatiladi, geodezik rejalashning o‘q belgisi chiziqlari 
bo‘yicha orientirlanib, qorishma to‘shamasi ustiga tushiriladi va panelning pastki 
qismi uzil-kesil o‘rnatiladi. So‘ngra panel montaj bog‘lamalari bilan 
mahkamlanadi. Panelni mahkamlash quyidagi tartibda olib boriladi. Montaj 


450 
bog‘lamasining qamrovchi ilmog‘i montaj qilinadigan tsokol panelining ko‘tarish 
halqasiga, strubtsina esa ichki ko‘ndalang devor panelining yuqori qismiga 
mahkamlanadi. Oldindan himoyalovchi vtulka ilmoq tomon suriladi va u tortish 
gaykasi bilan qisiladi. Shunday tarzda panelni ikkita ichki tutashuvchi panelga 
mahkamlash amalga oshiriladi, bu ishlar maxsus tagliklar yoki so‘rilar yordamida 
olib boriladi.
Vaqtinchalik mahkamlash ishlaridan keyin montaj bog‘lamaning tortqili 
muftasini burash orqali panel qiyaligi o‘zgartirilib panel to‘g‘irlanadi. To‘la-to‘kis 
to‘g‘irlangandan keyin panel stroplardan bo‘shatiladi. Undan keyin panel yengil-
elpi yamaladi, qorishma tanlanadi va navbatdagi tashqi panelni o‘rnatishga 
tayyorgarlik ko‘riladi. 
Qamrovdagi ichki va tashqi devor panellari ishlab bajarish loyihasiga 
muvofiq montaj qilinib va doimiy mahkamlangandan keyin montaj moslamalari 
olib tashlanadi va orayopma panellarini montaj qilinadi. Yerto‘la (podval) ustidagi 
orayopma panellari montaji boshlangunga qadar tayyorgarlik jarayonlari bajariladi 
– devor panellaridagi montaj halqalari kesib olinadi, qorishma yoyiladi, montaj 
uchun moslama va asboblar tayyorlanadi.
Orayopma panellarini ko‘tarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri panel tashiydigan 
avtomobildan (9.25. rasm) yoki ob’ekt oldi omboridagi piramidadan amalga 
oshiriladi. Qo‘llanilayotgan yuk qamrovchi qurilma panelni yotqizish joyiga 
ko‘chirish jarayonida uni vertikal holatdan gorizontal holatga avtomatik o‘tkazish 
imkonini beradi (9.26. rasm). Montaj joyiga uzatilgan panelni montajchilar 30...50 
sm balandlikda qabul qilishadi va ohista yuk ko‘taruvchi devor ustiga tushirishadi. 
Montajchilar tarang tortilgan stroplardagi panelni montaj lomi yordamida 
ko‘chirish bilan loyihaviy holatga to‘g‘irlashadi. Panel uzil-kesil to‘g‘irlangandan 
keyin va u loyihaviy holatdan og‘magan bo‘lsa, u stroplardan bo‘shatiladi. 


451 
9.25-rasm. Orayopma panellarini ilish, ko‘tarish va qirrasi bilan ko‘tarib burib siljitish 
bo‘yicha bajariladigan operatsiyalar ketma-ketligi: 
1 – panelni yuqori ko‘tarish ilmoqlaridan ilish; 2 – panelni transport ehtiyot kanatidan 
bo‘shatish; 3 – panelni pastki ko‘tarish ilmoqlaridan ilish 4 – panelni montaj joyiga ko‘tarishni 
boshlanishi; 5 – panelni qiya holatdan gorizontal holatga avtomatik o‘tkazish; 6 – panelni 
loyihaviy holatga o‘rnatish. 
Orayopmaning birinchi panelini montajchilar qabul qilishadi va uni 
loyihaviy holatiga vertikal proektsiyasi chegarasidan tashqarida uni tayantirish 
joyiga oldindan o‘rnatilgan maxsus tagliklardan o‘rnatishadi.


452 
.
9.26-rasm. Yuk ko‘taruvchanligi 10 t bo‘lgan ilmoqlari distantsion yechiladigan universal 
traversa:
1 – osma ilmoq; 2 – bloklarga ega bo‘lgan halqa; 3 – bog‘lovchi tarmoq; 4 – 
tenglashtiruvchi arqon. 
Birinchi qamrovda konstruktsiyalar montaji yakunlagandan keyin, 
montajchilar zvenosi ikkinchi qamrovga o‘tishadi va u yerda ham xuddi 
yuqoridagidek ketma-ketlikda ishlarni olib borishadi. Bu vaqtda birinchi qamrovda 
yo‘l-yo‘lakay bajariladigan jarayonlar – vertikal tutashmalarni germetiklash va 
yaxlitlash, panellar orasidagi tutashuvlarni tugatish va h.z. ishlarga kirishiladi. 

Download 6,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish