83
holatda harakat qilishi lozim. Chunki bizga ma’lumki kayfiyati yoq, yoki harakteri og‘ir
o‘quvchilarga sizni darsingizning ahamiyati yo‘q, bu holatni ijobiy tomonga o‘zgartirib dars o‘tishni
boshlamasangiz darsingizni o‘zingiz hohlagan darajada o‘taolmasligingiz mumkin.
Maktab chizmachilk darslarida loyihalash bo‘yicha mavzular bor, ammo juda kam soat
berilgan, buning asosiy sabablaridan biri maktablarda chizmachilk fan soatlarining kamligida. Biz
yuqorida keltirib o‘tilgan fikirlarni fanni shunchaki ulug‘vorlik darajasini ko‘rsatish maqsadida
aytmadik, balki aniq bo‘lgan faktlarni keltirib o‘tildi, qarang biz chizmachilk fanini tild barcha
kasblar uchun o‘ta muhm fan deb ayapmizu amalda uning aksi bo‘lyapti, nimaga biz rivojlangan
mamlakatlar qatorida bo‘lishga intilamizu, amalda esa hali ham berilgan chizmani ko‘chirib chizib
berish bilan kifoyalanyapmiz. Chizmachilik fanidan beriladigan vazifalar va grafik topshiriqlar
qatoriga ijodiy loyihalash bandini kiritgan holda o‘quvchilarning chizmachilik fanidan olgan
bilimlarini o‘zlari qiziqan g‘oyalarini ijodiy loyihalashga yo‘naltirishimiz o‘quvchilardagi fanga
bo‘lgan qiziqishni va etiborni kuchaytiradi.
Ijodiy loyihalashni har bitta chizmachilik mavzusida yoki topshiriqlarda qo‘llasak ayni mudao
bo‘lardi. Masalan birgina chizmachilik fanida tutashmalar mavzusi misolida o‘quvchilarga aylana
bilan tog‘ri chiziqni, ikkita aylanani uchunchi aylana yoyi yordamida ichki va tashqi tutashuvi va
h.kazolar bo‘yicha kerakli grafikaviy bilimlarni bergan holda vazifa sifatida esa o‘zlari tasavvuri
orqali tutashuv elemenlari qatnashgan yangi loyiha yaratishni vazifa sifatida berish. Boshqa
mavzularga ham huddi shu tarzda vazifalar berish orqali biz o‘quvchini ham tasavvur, tafakkurini va
albatta faolligini oshiraolishimiz mumkin. Albata bularning barchasi o‘quvchilarga Davlat ta’lim
standarti (DTS) lar bo‘yicha qilinishi borasidagi bilimlarni chuqur o‘rgatilgan holda amalga oshirish
lozim bo‘ladi.
Chizmachilk fani mavzulari doirasida ijodiy loyihalash tushunchalarini o‘quvchilar ongida
tog‘ri tadbiq etaolinsa, nafaqat chizmachilk fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilimini oshirgan, balki
ularni ijodkorlikka, psixologik jixatdan aqlan va ma’nan yetuklikka yetaklay olamiz, faqatgina
barchasini tog‘ri va sitqidildan bajarish lozim. Chizmachilik darslarida ijodiy loyihalash
o‘quvchilarda o‘ziga nisbatan ishonchni, teranlikni va ayniqsa fikirlash qobiliyatlarini
mulohazaliyliklari darajasini oshiradi, bu esa kelajakda yurtimiz xalqimiz uchun yangi bir kasfiyotlar,
g‘oyalar yaratuvchi kadrning yetishib chiqishida ulkan turki bo‘lib hizmat qiladi. Ijodiy loyihalash
o‘quvchini darsda har jixatdan tarbiyalaydi, ya’niy chizmachilik darslariga bo’lgan qiziqishini ortirib
uni harakteridagi og‘ishishlarni joyiga qaytarib yaxshi inson bo‘lishga, qo‘lidan ko‘p narsalar
kelishligiga bo‘lgan o‘zidagi ishonchini ortirib, o‘qishga izlanishga chorlashda chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: