1
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o’tish sharoitida iqtisodiy islohotlarga mos ravishda soliq tizimida chuqur o’ylangan
chora tadbirlar, shu jumladan, jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortishda
qator ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Moliya
vazirligi «Soliq siyosatining 2021-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul
qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
loyihasini tayyorladi.
2021-yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida QQS (15%), foyda solig‘i (15%,
alohida toifalar uchun 20%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12%),
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i (2%), qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i (0,95%), ijtimoiy soliq (xo‘jalik
yurituvchi
sub’ektlar – 12% va byudjet tashkilotlari – 25%), aylanmadan olinadigan soliq
(bazaviy stavka 4%) stavkalarini saqlab qolinishi nazarda tutiladi.
Shu bilan birga, 2021-yilgi soliq siyosati Soliq kodeksining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal
qilishini, eksport qiluvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlashni, soliq yukining adolatli
taqsimlanishini va tabiiy resurslaridan samarali foydalanilishini
oshirilishini
ta’minlashni nazarda tutuvchi soliq islohotlarini davom ettirishga qaratilgan.
Qonun loyihasida Soliq kodeksi tarkibiga aksiz solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq va qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘ining stavkalarini, shuningdek ushbu stavkalarni qo‘llash
bilan bog‘liq ayrim normalar kiritilishi nazarda tutilgan. 2020-yil
uchun ushbu
stavkalar
O‘zbekiston
Respublikasining
“2020-yil
uchun
O‘zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilangan edi.
Bunda, soliq stavkalarining aniq miqdori mahalliy davlat hokimiyati organlari
tomonidan ularning nufuzli tuman va iqtisodiy rivojlanishiga qarab oshiruvchi va
kamaytiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda
Soliq kodeksida belgilangan
stavkalar asosida aniqlanadi.
2
Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-
yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoni bilan 2020-yil 1-apreldan 31-dekabrga qadar
bo‘lgan davrda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga 1 mlrd.
so‘mdan oshmaydigan va elektron hisob-fakturalarni qo‘llaydigan qo‘shilgan qiymat
solig‘i to‘lovchilar ushbu soliqni har choraklik asosida hisoblash va to‘lash huquqiga
ega ekanligi nazarda tutilgan. Ushbu normani kelgusida ham saqlab qolish va uni Soliq
kodeksida doimiy ravishda nazarda tutish taklif etiladi.
Qonun loyihasida valyuta tushumi summasi tushishidan qat’iy nazar haqiqatda
olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanadigan)
QQSni hisobga olish
imkoniyati nazarda tutilmoqda.
Pensiyalarni hisoblash tartibini soddalashtirish maqsadida jismoniy shaxslarning
ayrim toifasi uchun ijtimoiy soliq stavkalarini unifikatsiya qilish taklif etiladi. Shunday
qilib, Qonun loyihasida o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, “Usta-shogird”
maktablari o‘quvchilari – ular 25 yoshga to‘lguniga
qadar ishlagan davri, dehqon
xo‘jaliklari, shuningdek mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan
O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari, shuningdek savdo uylarida, vakolatxonalarda
(shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), O‘zbekiston
Respublikasi davlat
organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan)
tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mehnat stajini
hisoblab chiqarish uchun yiliga kamida 1 bazaviy hisoblash miqdorida ijtimoiy soliq
tulanishini nazarda tutilgan.