O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kafedrasi


Korxonaning moliyaviy holati tahlili



Download 462,51 Kb.
bet11/13
Sana30.03.2022
Hajmi462,51 Kb.
#519818
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Korxona to‘lov layoqatining tahlili

4. Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Moliyaviy tahlil — korxonalarning ochiq tarzdagi moliyaviy xisobotlarining ma’lumotlariga asoslanib o’tkaziladigan tahlildir. Yuqorida ta’kidlanganidek moliyaviy tahlilni korxonalarning xodimlari o’tkazishi mumkin, lekin moliyaviy xisobot ochiq bo’lganligi uchun bu tahlilni boshqa tashqi organlar, korxonalar va tashkilotlar — soliq, moliya, bank va boshqalar tomonidan o’tkaziladi hamda korxonalarning moliyaviy xolatiga baho beriladi. Boshqaruv tahlili bevosita korxonalar tomonidan o’tkazilib, u ham ochiq, ham yopiq xisobot axborotlariga asoslanadi va bu tahlil yakunlari korxonalar raxbariyati tomonidan boshqaruvlikni takomillashtirish uchun foydalaniladi. Bu tahlilda yopiq ma’lumotlardan foydalanilganligi uchun bu tahlilni asosan tashqi korxona va organlar emas, bevosita korxona xodimlari olib boradilar, chunki bozor munosabatlari davrida xar bir korxona o’zining xisob siyosatiga ega. Shuningdek, uning faoliyatida tijorat sirlari bo’lib, ular moliyaviy xisob va xisobotda emas, boshqarma xisob va xisobotida ifodalanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlil shakllari bir birini inkor qilmaydi, ular bir-biri bilan bog’lik, lekin bajaradigan vazifalari va xususiyatlari xar xil. Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega: - moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo’lib, ulardan hamma foydalanishi mumkin; - moliyaviy tahlilning sub’yektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;
- moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan xisobot ma’lumotlariga asoslanadi; - moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini yechish uchun o’tkaziladi; - moliyaviy tahlilning yo’nalishi moliyaviy xisobot ma’lumotlari bilan cheklangan bo’lib, unda chegaralangan aniq bir vazifalar yechiladi. Bu moliyaviy mustaxkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.
O’z navbatida boshqaruv tahlili quyidagi xususiyatlar bilan ifodalanadi: 1) korxona tijorat sirlarini saqlash maqsadida boshqaruvlik tahlilning yopiqligi; 2) boshqaruv tahlili o’tkazilganda foydalanadigan ma’lumotlar tarkibi chegaralanmaydi. Bu tahlilda ochiq moliyaviy xisobot ma’lumotlaridan tashqari, birlamchi buxgalteriya xisobi ma’lumotlari, maxsus tashkil qilib yig’ilgan ma’lumotlaridan foydalaniladi; 3) boshqaruv tahlilida tahlil yo’nalishlari, foydalanilayotgan ko’rsatkichlar, bajariladigan vazifalar chegaralanmaydi; 4) boshqaruv tahlilining yakunlari ichki maqsadlar xamda moliyaviy holatni yaxshilash uchun foydalaniladi. Ko’rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o’tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an’anaviy, qadimdan qo’llanib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma’lumotlarni yig’ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o’tkazish, mutlaq, nisbiy, o’rtacha, dinamik ko’rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarini aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim. Umuman tahlil qilish usullari, ayniqsa, moliyaviy holatni tahlil qilish usullari bozor munosabatlariga o’tish bilan yanada takomillashtirilishi, korxonalararo taqqoslash, raqobatchi va ilg’or korxonalar bilan taqqoslash hamda korxonalarning istiqbol moliyaviy holatini tahlil qilish usullari katta ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab ish bo’lib, u o’z ichiga korxonalarda shakllangan moliyaviy holatni, uning alohida yo’nalish bo’yicha moliyaviy holatini aniqlovchi shart-sharoit, omillarni, korxonalar moliyaviy holatini kelgusida ko’tarish imkoniyatlarini, zaxiralarini, yo’nalishlarini tahlil qilishni oladi. Demak, moliyaviy tahlilni xar tomonlama tayyorlab, so’ng o’tkazish lozim.
Shu sababli moliyaviy tahlilni tayyorlash va o’tkazish bir qancha bosqichlarni o’ziga olib, ular quyidagilardan iborat: - moliyaviy tahlilni o’tkazishning ishchi dasturini tuzish. Dasturda tahlilning maqsadi va vazifalari aniqlanadi; - tahlilni o’tkazuvchilarning tarkibini aniqlash, ya’ni tahlil qiluvchilarning ro’yxatini tuzish; - tahlil uchun foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarni to’plash; - moliyaviy tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlar tizimini aniqlash; - moliyaviy tahlil ko’rsatkichlarini xisoblash usullarini aniqlash; - tahlilda foydalanadigan ko’rsatkichlarni xisoblash va ularni umumlashtirish; - tahlil yakunlarini jadvallar va chizmalarda shakllantirish; - moliyaviy tahlil natijasida xotima tayyorlab, unda tahlil yakunlari bo’yicha xulosalar chiqarib, kelgusida korxonaning moliyaviy holatini ko’tarishga bag’ishlangan tavsiyalar ishlab chiqish; - moliyaviy tahlil yakunlarini maxsus yig’ilishda muhokama qilish; - tahlil yakunlari bo’yicha muhokama natijalarini e’tiborga olib, korxonaning moliyaviy holatini ko’tarish maqsadida boshqaruv tizimini takomillashtirishga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqib, ularni korxona raxbariyatining maxsus qarorida ifodalash. O’tkazilayotgan moliyaviy tahlilning darajasi va mazmuni foydalanilayotgan ma’lumotlar bazasiga bog’liй iqtisodiy fanlarning rivojlanishi, buxgalteriya xisobi va xisobotlarining takomillashtirilishi bilan ma’lumotlar bazasi ham takomillashib boradi. Demak, foydalaniladigan ma’lumotlar moliyaviy tahlilning manbalari bo’lib xisoblanadi. Bunday manbalar sifatida korxonalarning yillik va boshqa xisobotlarini ko’rish mumkin.
Moliyaviy tahlilning yo’naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o’tkazilishi mumkin: - gorizontal tahlilda xisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’tgan davr bilan taqqoslanadi, ya’ni bu ko’rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi; - vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo’lgan ko’rsatkichlarning tarkibiy-tuzilmasi o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining yoki ularni qoplovchi manbalarining xisobot davridagi tarkibi va uni o’tgan davrga nisbatan o’zgarishi ifodalanadi; - nisbiy ko’rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko’rsatkichlari o’rtasidagi aloqa o’rganiladi. Masalan, korxona mablag’larining va ularning manbalari o’rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o’rtasidagi aloqa ifodalanadi; - taqqoslash tahlilida korxona bo’yicha moliyaviy holat uning alohida bo’limchalari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi; - pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar tahlil etiladi. Yuqorida ko’rsatilgan moliyaviy tahlilning shakllaridan tashqari yana amaliyotda ichki va tashki, moliyaviy va boshqaruvchanlik tahlili shakllari qo’llaniladi. Ichki moliyaviy tahlil korxonalarning xodimlari tomonidan o’tkazilib, shu korxonalarning boshqaruv tizimini kelgusida takomillashtirish va moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida o’tkaziladi.

To’lovga qodirlik ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichni hisoblash usuli


Ko’rsatkichlarning mazmuni


1. Mutlaq to’lovga qodirlik -koeffisiyenti





A1-pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar summasi;


P1- joriy kreditorlik qarzlari
P2-qisqa muddatli kreditlar va qarzlar

2.Oraliq to’lovga qodirlik koeffisiyenti





A2-debitorlik qarzlari


3.Joriy to’lovga qodirlik koeffisiyenti





A3-tovar -moddiy zixiralar (kelgusi davr xarajatlaridan tashqarisi.)


Omilli tahlil usuli orqali to’lovga qodirlik koeffisiyentlari o’zgarishiga omillarning ta’siri hisoblanadi va har birining ta’siriga baho beriladi. Omillar tasirini zanjirli bog’lanish usuli orqali aniqlash zarur. Buni mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining tahlili misolida keltirdik.


Hisobot davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentini bazis davridagi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentiga solishtirib, o’zgarishi aniqlanadi:
Ushbu o’zgarishga omillar tasirini aniqlash: 1.Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga joriy kreditorlik qarzlari o’zgarishining tasiri:
2. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga qisqa muddatli kreditlar va qarzlar o’zgarishining tasiri:
3. Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga pul mablag’lari summasi o’zgarishining tasiri:
Ushbu uch omil tasirlarining yig’indisi mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyentining o’zgarishiga teng kelishi kerak..
Taxlilning asosiy vazifalari quyidagilardir:
1.Korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o’zgarishiga baho berish;
2.Moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
3.Balans likvidligi ko’rsatkichlarini aniqlash va ularning o’zgarishini tahlil qilish;
4.Korxonaning to’lov layoqati koeffisiyentini aniqlash va uning o’zgarishiga baho berish;
5.Moliyaviy koeffisiyentlarni aniqlash va ularning o’zgarishiga baho berish.
6.Aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini o’rganish
7.Debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o’rganish.
8.Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo’yicha tavsiyalar, takliflar berish.


Xulosa
To'lov qobiliyati korxona moliyaviy barqarorligining tashqi ko'rinishi bo'lib, xo'jalik yurituvchi sub'ektning ma'lum vaqt ichida qarz va majburiyatlarini to'lash qobiliyatini aks ettiradi.
To'lov qobiliyati - bu korxonada darhol to'lashni talab qiladigan kreditorlik qarzlarini to'lash uchun etarli bo'lgan pul mablag'lari va ularning ekvivalentlarining mavjudligi.
To'lov qobiliyatining asosiy belgilari:
a) joriy hisobvaraqda etarli miqdordagi mablag'larning mavjudligi;
b) muddati o'tgan kreditorlik qarzlarining yo'qligi.
Kompaniyaning moliyaviy barqarorligi uning moliyaviy holatini o'z kapitalidan foydalanishning etarliligi va samaradorligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi. To'lov qobiliyati ko'rsatkichlari likvidlik ko'rsatkichlari bilan birgalikda firmaning ishonchliligini tavsiflaydi. Agar moliyaviy barqarorlik yo'qolsa, bankrotlik ehtimoli katta, kompaniya moliyaviy nochordir.
Likvidlik - bu kompaniyaning quyidagi qobiliyatidir:
1) kutilmagan moliyaviy muammolar va imkoniyatlarga tezda javob berish;
2) sotish hajmining oshishi bilan aktivlarni ko'paytirish;
3) aktivlarni oddiygina naqd pulga aylantirish orqali qisqa muddatli qarzlarni undirish.
Aktivning likvidligi uni naqd pulga aylantirish qobiliyatidir. Likvidlik darajasi ushbu transformatsiyani amalga oshirish mumkin bo'lgan davrning davomiyligi bilan belgilanadi.
Me'yoriy-huquqiy hujjatlardagi uslubiy yondashuvlarni ko'rib chiqish shuni ko'rsatdiki, korxona faoliyatining alohida jihatlarini o'rganish bilan bog'liq moliyaviy holatni tahlil qilish bankrotlik ehtimolini, kredit berish imkoniyatini aniqlashga imkon beradi. va korxonaning moliyaviy siyosatini shakllantirishning samarali yo'nalishlarini baholash. Biroq, bu turdagi tahlil mahalliy, tematikdir. Normativ hujjatlarda korxonalar (tashkilotlar)ning moliyaviy holatini kompleks tahlil qilish uchun uslubiy yondashuvlar mavjud emas. Bundan tashqari, faoliyat turlari, xalq xo'jaligi tarmoqlari nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy holatini baholash mezonlarini ishlab chiqish masalasi hamon dolzarb bo'lib qolmoqda.
Korxonaning to'lov qobiliyatini quyidagi yo'llar bilan oshirish mumkin:
Mahsulot sifatini yaxshilash,
Kreditlar va kreditlar hajmini oshirish;
Yetkazib beruvchilarga kreditorlik qarzlarini oshirish;
Xodimlar oldidagi qarzni oshirish.
Biznesni qayta tashkil etishning (qayta tashkil etishning) turli shakllarini ishlab chiqish orqali moliyaviy keskinlikni engillashtiradigan manbalarni safarbar qilish.
Shuningdek, biz moliyaviy tahlil nima ekanligini o'zimiz uchun aniqladik va an'anaviy ma'noda moliyaviy tahlil korxonaning moliyaviy holatini uning moliyaviy hisobotlari asosida baholash va bashorat qilish usuli ekanligini aniqladik.
Moliyaviy tahlilning ikki turini ajratish odatiy holdir - ichki va tashqi. Ichki tahlil korxona xodimlari (moliyaviy menejerlar) tomonidan amalga oshiriladi. Tashqi tahlil korxonaga begona bo'lgan tahlilchilar (masalan, auditorlar) tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish bir nechta maqsadlarga ega:
Moliyaviy holatni aniqlash;
Fazoviy-vaqtinchalik kontekstda moliyaviy ahvoldagi o'zgarishlarni aniqlash;
Moliyaviy holatning o'zgarishiga olib keladigan asosiy omillarni aniqlash;
Moliyaviy holatning asosiy tendentsiyalari prognozi
Ishni yakunlab, shuni aytishimiz mumkinki, to'lov qobiliyati va likvidligi korxonaning moliyaviy holatining eng muhim ko'rsatkichlari hisoblanadi. Tahlil asosida korxonaning rivojlanish tendentsiyalari to'g'risida xulosa chiqarish, loyihaning investitsion jozibadorligini o'rganish, shuningdek uning faoliyatini u yoki bu bosqichda o'z vaqtida tuzatish mumkin. Shuningdek, ushbu tahlil kompaniya va investorlar uchun juda muhim bo'lgan bankrotlik ehtimolini ko'rsatishi mumkin, ayniqsa bizning davrimizda bozorda yuzaga kelgan vaziyatda.



Download 462,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish