O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Pensiya, nafaqa va to’lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

Pensiya, nafaqa va to’lov xarajatlarini moliyalashtirish tartibi. 
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq Pensiya jamg’armasi quyidagi 
yo’nalishlarga xarajat qilinadi
56

1) ishlamaydigan fuqarolarga: 

davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va 
boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari); 

qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
Jamg’arma 
mablag’laridan 
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni to’lash 
uchun; 
56
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori


190 
2) ishlaydigan fuqarolarga: 

davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik va 
boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari); 

dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni moliyalashtirish 2019-
yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 
amalga oshiriladi
57
);

16 yoshgacha bo’lgan nogiron bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, 
homiyga) bir oyda qo’shimcha dam olish kuni uchun to’lovlar; 

qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
Jamg’arma 
mablag’laridan 
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar uchun 
sarflanadi. 
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va 
kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlarni moliyalashtirish uchun 
Jamg’armaning 
hududiy 
bo’linmalari 
tomonidan 
G’aznachilikning 
bo’linmalarida hisob raqamlari ochiladi. Jamg’armaning hududiy boshqarmalari 
to’lov to’lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va ishlaydigan 
fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va boshqa 
to’lovlar to’lash uchun mablag’larga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilaydi hamda 
Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim etadi. 
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati Jamg’arma xarajatlarini O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda: 

joriy to’lov oyining 15-kunigacha — o’tgan oyning ehtiyoji hisob-
kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; 

joriy to’lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning taqdim etilgan 
miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. 
Jamg’armaning tuman (shahar) bo’limlari pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, 
kompensatsiya va boshqa to’lovlar uchun mablag’larni aloqa tashkilotlari va 
banklarning hisob raqamlariga o’tkazadi.
Jamg’armaning 
tuman 
(shahar) 
bo’limlari 
tashkilotlarning 
buyurtmanomalari bo’yicha ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn 
marosimi uchun nafaqalar (mablag’lari davlat byudjetidan qoplanadi), 16 
yoshgacha bo’lgan nogiron bolalarning ota-onalaridan biriga qo’shimcha dam 
olish kunlari uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to’lovlarni 
to’lashga mablag’larni moliyalashtiradi. 
Jamg’armaning hisob raqamlaridan mablag’larni qonun hujjatlarida nazarda 
tutilmagan maqsadlarda o’tkazish va vaqtincha olib qo’yish taqiqlanadi. 
57
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti 
parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086-son 
Qarori 28-band. 


191 
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari har yili 15 iyundan kechikmay 
Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun xarajatlarning kutilayotgan 
ijrosini va kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi 
yilga manbalar va foydalanish yo’nalishlari bo’yicha Jamg’armaning daromadlari 
va xarajatlari prognozlari Jamg’armaning ijro etuvchi apparati tomonidan ishlab 
chiqiladi va Jamg’armaning Kuzatuv kengashiga ko’rib chiqish uchun kiritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti belgilangan tartibda qabul 
qilingandan va kelgusi yilga uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin 
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga — mintaqalar 
bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma daromadlarining tasdiqlangan asosiy 
parametrlarini; 

Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo’limlariga — 
turlar va mintaqalar bo’yicha kelgusi yilga Jamg’arma xarajatlarining 
tasdiqlangan asosiy parametrlarini (yo’nalishlarini) etkazadi. 
Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan ko’rsatkichlarini 
bajarish: 

yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to’lovlar, badallar va boshqa 
to’lovlar tushishining va yig’ilishining to’liqligi yuzasidan — davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan; 

Jamg’arma mablag’larini belgilangan tartibda o’z vaqtida va to’liq 
moliyalashtirish, o’z vaqtida tayinlash, to’lash va manzilli ravishda sarflash, 
shuningdek Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishini 
nazorat qilish yuzasidan — Jamg’armaning hududiy boshqarmalari va tuman 
(shahar) bo’limlari tomonidan ta’minlanadi. 
Jamg’armaning hududiy boshqarmalari Jamg’armaning ijro etuvchi 
apparatiga: 

har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha — hududlar 
bo’yicha to’langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to’lovlari va 
boshqa to’lovlar to’g’risidagi tezkor axborotni; 

tasdiqlangan shakl bo’yicha yuridik shaxslarning choraklik va yillik 
hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida — mablag’lardan 
foydalanish to’g’risidagi hisobotni taqdim etadi. 
Jamg’armaning Kuzatuv kengashi Jamg’armani boshqarishning yuqori 
organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 
bilan tasdiqlanadi. Jamg’armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar 
tegishli bo’ladi: 


192 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 
Jamg’armaning daromadlari va xarajatlari prognoz parametrlarini, shuningdek 
Jamg’arma xarajatlarining har yilgi smetasini ko’rib chiqish va tasdiqlash; 

Jamg’arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining amalga 
oshiriladigan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitish va tasdiqlash; 

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa 
tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg’arma vakolatiga tegishli bo’lgan 
masalalar bo’yicha hisobotlarini eshitish; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining Jamg’armaga 
majburiy ajratmalar, badallar va boshqa to’lovlarning to’liq va o’z vaqtida 
to’lanishini ta’minlash to’g’risidagi axborotini eshitish; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg’armaning ijro 
etuvchi direktorini, uning o’rinbosarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan 
ozod qilish to’g’risida taqdimnoma kiritish; 

Jamg’armaning hududiy boshqarmalari to’g’risidagi namunaviy nizomni 
tasdiqlash; 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasining Pensiyalar tayinlash bo’yicha tuman (shahar) bo’limi 
komissiyalari to’g’risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash; 

Jamg’armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa Jamg’arma 
daromadlarini shakllantirish, uni o’z vaqtida moliyalashtirish va undan maqsadli 
foydalanish yuzasidan nazorat qilish; 

topshiriqlar, vedomostlar va pochta o’tkazmalari bo’yicha to’lanadigan 
pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlar jo’natilishi va 
etkazib berilishi bo’yicha xizmatlarga haq to’lash miqdorlarini tasdiqlash; 

Jamg’arma faoliyati hamda fuqarolarning ijtimoiy ta’minotga va davlat 
ijtimoiy sug’urtasiga bo’lgan davlat tomonidan kafolatlangan huquqlari amalga 
oshirilishi bilan bog’liq boshqa funksiyalarni amalga oshirish. 
Jamg’armaning ijro etuvchi apparatiga Jamg’arma Kuzatuv kengashining 
taqdimnomasi bo’yicha, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan ijro etuvchi direktor 
boshchilik qiladi. Ijro etuvchi direktor Jamg’armaga yuklangan vazifalarning 
bajarilishi va o’z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi. 
Jamg’arma ijro etuvchi direktorining birinchi o’rinbosari va o’rinbosari 
Jamg’arma Kuzatuvchi kengashining taqdimnomasi bo’yicha, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadi. 
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahar boshqarmalari boshliqlari Jamg’arma ijro etuvchi direktorining 


193 
taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining qaroriga 
muvofiq lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. 
Jamg’armaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahridagi boshqarmalari boshliqlarining o’rinbosarlari, Jamg’armaning tuman 
(shahar) bo’limlari boshliqlari Jamg’armaning tegishli hududiy boshqarmalari 
boshliqlarining taqdimnomasi bo’yicha Jamg’armaning ijro etuvchi direktori 
tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. 
Jamg’armaning ijro etuvchi apparati, uning hududiy boshqarmalari va tuman 
(shahar) bo’limlari yagona markazlashtirilgan tizimni tashkil etadi hamda quyi 
boshliqlarning yuqori boshliqlarga hamda Jamg’arma Kuzatuv kengashining 
raisiga bo’ysunishi va hisob berishi asosida ishlaydi. 
Jamg’armaning ijro etuvchi direktori: 

jamg’arma faoliyatiga rahbarlik qiladi; 

o’z vakolatlari doirasida ijro etuvchi direktorning o’rinbosarlari hamda 
hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) bo’limlari rahbarlari Jamg’arma o’rtasida 
lavozim vazifalarini taqsimlaydi; 

o’z vakolatlari doirasida hududiy boshqarmalar va tuman (shahar) 
bo’limlari rahbarlari Jamg’arma tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan 
buyruqlar, yo’riqnomalar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi; 

belgilangan mehnatga haq to’lash fondi va xodimlarning soni doirasida 
ijro etuvchi apparatning shtatlar jadvaliga o’zgartirishlar kiritadi va uni 
tasdiqlaydi, Jamg’armaning tarkibiy boshqarmalari to’g’risidagi nizomni 
tasdiqlaydi; 

jamg’armaning ijro etuvchi apparati xodimlarini, Jamg’armaning 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi, 
viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahridagi 
boshqarmalarining boshliqlari o’rinbosarlarini, Jamg’armaning tuman (shahar) 
bo’limlari boshliqlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi; 

pul mablag’lari va moddiy boyliklarning buxgalteriya hisobi yuritilishini, 
statistika va buxgalteriya hisobotlari tuzilishini va belgilangan tartibda taqdim 
etilishini tashkil qiladi; 

jamg’armaning vaqtincha bo’sh mablag’larini tijorat banklaridagi 
depozitlarga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtiradi; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar va vakolatlarni amalga 
oshiradi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish