O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/389
Sana26.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#512030
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   389
Bog'liq
Moliya (MMT (2-modul) va boshqalar (1,2- modul))

2.
 
Davlat byudjetining daromadlari 
Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini 
taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, 
ular oraliq xarakterga ega. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan 
daromadlar va jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida 
vujudga keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan 
mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’-lari tashkil etadi. Bu 
moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli 
soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan yalpi ichki 
(milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning 
absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy 
daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga 
muvofiq davlat byudjetida mablag’larni yig’ish miqdori va ularni undirishning 
shakl va usullari aniqlanadi. 
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining quyidagi 
prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 

soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining 
tugashiga olib kelmasligi kerak; 

soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim; 

soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir 
ko’rsatmasligi; 

soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 

davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha kam xarajat bo’lishi 
lozim; 


163 

soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi 
kerak;

subyektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish. Ya’ni, 
subyektlarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat byudjetiga olinishi 
ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Chega-radan 
o’tib ketilganda subyektlarning mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash 
hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab 
chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona 
iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi; 

subyektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda 
vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga olinishi. Ma’lum bir 
xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga 
o’tishi kerak. Bu prinsipning ta’siri ostiga subyektlar ma’muriyatining noto’g’ri, 
noqonuniy harakati natijasida olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim; 

ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning 
rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu prinsip davlat 
byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag’lari hiso-bidan tashkil 
etishda qo’llanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini 
tartibga soladi va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlat-ning 
manfaatlarini ta’minlaydi; 

davlat byudjeti mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. 
Mablag’larni subyektlar ixtiyoridan byudjetga o’tkazilishi ularni samarali faoliyat 
ko’rsatishga rag’batlantirishi kerak. Bunda maqsad faqat davlat byudjeti 
daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu yo’l bilan korxonada 
faoliyat ko’rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular faoliyatining 
sifat ko’rsatkichlariga to’lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirish-dir; 

davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu 
prinsip davlat byudjeti daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda 
qo’llanilib, uning natijasida aholi daromadlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi 
byudjetga o’tkaziladi. 
Kezi kelganda shuni ham alohida qayd etish kerakki, davlat byudjetini adolat 
prinsiplari asosida tashkil etish masalasiga xalqimizning buyuk mutafakkirlari va 
davlat arboblari juda katta hissa qo’shishgan
.
Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manba-lari, ijtimoiy-iqtisodiy 
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi, mablag’larning tushish 
shakli va ularni byudjetga undirish usullariga muvofiq tasniflanishi mumkin. 
Davlat byudjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 

soliq tushumlari (soliq shaklidagi daromadlar); 


164 

soliq bo’lmagan daromadlar; 

tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. 
Davlat byudjetiningsoliq shaklidagi daromadlari tarkibi mam-lakat soliq 
qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va 
yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, 
penya va jarimalardan iborat.
Davlat byudjetining soliq bo’lmagan daromadlari tarkibiga quyidagilar 
kiradi: 

davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daromadlar (soliqlar va 
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan 
so’ng); 

davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan 
kelgan daromadlar (soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq 
to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 

fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash natijasida 
olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to’lashlar va davlat 
subyektlariga yetkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan mablag’lar hamda 
majburiy undirilgan boshqa mablag’lar; 

moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va 
davlat byudjeti kreditlaridan tashqari); 

boshqa soliq bo’lmagan daromadlar. 
Tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham davlat byudjeti daro-madlarining 
tarkibida hisobga olinishi mumkin: 

davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki 
boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar; 

kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mablag’larining 
qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar; 

davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli 
boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar; 

qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy davlatlarga 
yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti mablag’laridan 
foydalanganlik uchun haq; 

davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav kapitalining 
hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha divi-dendlarga to’g’ri keladigan foyda 
ko’rinishidagi daromadlar; 

davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va yig’imlar 
to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 


165 

davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan 
qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar. 
Davlat byudjetiningdaromadlar qismini to’ldirishning manbalaridan biri 
davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan dotatsiyalar, subventsiyalar va 
subsidiyalar yoki mablag’larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa 
shakllarida olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar 
mablag’larni oluvchi davlat byudjetiningdaromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. 
Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar 
hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan-maydigan shaklda o’tkazilayotgan 
mablag’lar ham davlat byudjetiningshunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi tartibda 
tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi): 
1. To’g’ri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning 
foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun 
yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga ajratmalar; yagona soliq to’lovidan 
(mikro-firmalar va kichik korxonalar bilan birgalikda) davlat byudjetiga 
ajratmalar; jismoniy shaxslarning daroma-didan olinadigan soliqlar va 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxs-larning 
daromadidan olinadigan qat’iy soliqlar kiradi. 
2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qo’shilgan qiymat solig’i; 
aksizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi;
transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy 
shaxslardan olinadigan soliqdan iborat. 
3. Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i. Bu guruhga kiruvchi soliqlar va 
to’lovlar mol-mulk solig’i; yyer solig’i; er osti boyliklaridan foydalanganlik 
uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o’z ichiga oladi. 
4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 
5. Boshqa daromadlar. 
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjetining daromadlari 
ikki guruhga bo’linishi mumkin: 

xo’jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar; 

aholidan tushumlar. 
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjetining daro-madlari quyidagi 
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 

nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 

davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar; 

aholidan olinadigan mablag’lar. 
Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab o’tilgan har bir guruhlari 
daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar bo’yicha kichik 


166 
guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat xo’jaliklaridan olinadigan 
daromadlarga davlat korxona va tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini 
sotishdan olinadigan daromadlar, davlat tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan 
xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan 
mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan iborat bo’lishi mumkin. 
O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat byudjetining 
daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari 
tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromad-larning tarkibiga qo’shilgan qiymat 
solig’i, aksizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi.
Shuningdek, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tar-kibi bojxona 
daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan 
yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha davlatga o’tgan mol-
mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari 
va muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga 
davlat avtomobil inspeksiyalari tomonidan undiriladigan yi-g’imlar, tovar 
belgilarini qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat 
tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial 
idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va 
boshqalar kiradi. 
Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda olinishi 
mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal qiluvchi rol 
o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat obligatsiyalarini va pul-buyum 
lotereyalarini realizatsiya qilishdan olingan tushumlar kiradi. Davlat byudjeti 
daromadlarini shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi 
zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof 
etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat 
davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq 
va o’z vaqtida byudjetga jalb etish uchun xizmat qiladi. 
Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulda olinishi 
mumkin: 
1) soliq usulida; 
2) soliq bo’lmagan usulda. 
Soliq usuli uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan 
miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliq-
larning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy 
daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida 
xo’jalik yurituvchi subyektlar va aholiga tegishli bo’lgan mab-lag’larning bir 
qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat 


167 
solig’i, aksizlar, daromad (foyda) solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa 
soliqlar kiradi. 
Soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlar davlatga tegishli bo’lgan 
korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir. 
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarishni talab etmaydigan mablag’lar ham 
davlat byudjetining daromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning 
ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda 
davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, u bu mablag’larni belgilangan muddatlarda 
va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti 
daromadlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini sotishdan olingan 
tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjetining daromadlariga ular shartli ravishda, 
faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin. 
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan 
oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi 
va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi. Byud-jet daromadlarining 
faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning 
tarki-biga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin. 
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning alohida 
shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini 
tashkil etadi. Turli subyektlardan kelib tushadigan davlat byud-jetining daromadlari 
umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. 
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy emas. 
Ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning o’zgarishiga 
muvofiq ravishda o’zgarib boradi. 
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining 
samaradorligi mablag’larning byudjetga tushumini tashkil etishga bevosita 
bog’liq. Bu jarayon o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

byudjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar, ajratmalar va 
boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish; 

mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi; 

daromadlarni (to’lovlarni) byudjetga o’tkazish tartibi; 

byudjetga daromad o’tkazuvchilarni hisobga olish; 

byudjetga daromad o’tkazuvchilarning javobgarligi; 

byudjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini ta’minlashga 
yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi; 

byudjetga daromadlarni undirishda soliq organ-larining huquq va
majburiyatlari. 
Yuqorida bayon etilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat 
va byudjetga daromadlarni to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini 
ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim. 


168 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish